Mavzu: 1уcб-67 qirg’ich qurilmasini tuzilishi, ishlash prinsipi


Download 249.35 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi249.35 Kb.
#1053528
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qosimov.kon.mash1

Qirg‘ich qurilmasi ko‘mir qatlamini 0,6—0,9 m qalinlikda yuqorigi qismining o‘zi qulashini hisobga olib qazib oladi. Qirg‘ichni zaboyga yaqinlashtirish, har bir yurishdan keyin sidirgichni ham zaboy tomonga surish gidrodomkrat 12 lar yordamida bajariladi. Domkratlar orasidagi masofa 5,4 m, harakatga keltiruvchi bosh qismi 9 va 15, tayanch balkalar 8 gidrodomkratlar 11 yordamida suriladi. Gidrodomkratlarga moy moyyurituvchilar orqali CHY1C nasos stansiyalardan keltiriladi.

Nasos stansiyasi konveyerga zanjir orqali o‘rnatiladi yoki shtrekka joylashtiriladi. Tayanch balkalari 1 va 8 ni zaboy chizig‘iga perpendikular yo‘nalishda 25˚ burchakka burish mumkin, bu harakat beruvchi bosh qismni surilishi vaqtida yuqoriga va pastga ko‘tarish hamda tushirish imkoniyatini beradi. Konveyer tagidagi qirg‘ich plitasi- ning chetiga to‘rtta magnit o‘rnatilgan, ular qirg‘ichning oxirgi nuqtasidagi o‘chirgichlarni ishlatishga yordam beradi.

1YCБ—67 qirg‘ich qurilmasining kinematik sxemasi

Qirg‘ich qurilmasi БYC—2 m/67 boshqarish blokida turgan mashinist tomonidan boshqariladi. Boshqarish bloki qirg‘ichni harakatga keltiruvchi bosh qismlardan biriga joylashtiriladi. Ikkinchi bosh qism mashinist yordamchisi tomonidan boshqariladi. Mashinist va uning yordamchisi o‘rtasida telefon aloqasi va yorug‘lik signalizatsiyasi ko‘zda tutiladi. Har bir yoritkich 1S tugma bilan jihozlanib, uning yordamida yorug‘lik signali beriladi. Qirg‘ichning kinematik sxemasi 57-rasmda ko‘rsatilgan. Elektr dvigatelning har biri birxillashtirilgan reduktor bilan jihozlangan, bu reduktor yordamida har bir yuritmaga har birining quvvati 32 kVt dan bo‘lgan bitta yoki ikkita elektr dvigatel o‘rnatilishi mumkin. Elektr dvigateldan aylanma harakat TЛ—32 tipidagi turbomufta orqali reduktorning umumiy o‘qiga konussimon shesterna 1—2 va silindrsimon shesterna 1'—2' orqali uzatiladi. Umumiy o‘qdan harakat ikki silindrik shesterna juftligi S—4 va 5—6 orqali harakatlantiruvchi yulduzchaga, so‘ngra qirg‘ichning tortuvchi zanjiriga uzatiladi.


Download 249.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling