Mavzu: 1уcб-67 qirg’ich qurilmasini tuzilishi, ishlash prinsipi
Download 249.35 Kb.
|
Qosimov.kon.mash1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
Qirg‘ich qurilmasi БYC—2 m/67 boshqarish blokida turgan mashinist tomonidan boshqariladi. Boshqarish bloki qirg‘ichni harakatga keltiruvchi bosh qismlardan biriga joylashtiriladi. Ikkinchi bosh qism mashinist yordamchisi tomonidan boshqariladi. Mashinist va uning yordamchisi o‘rtasida telefon aloqasi va yorug‘lik signalizatsiyasi ko‘zda tutiladi. Har bir yoritkich 1S tugma bilan jihozlanib, uning yordamida yorug‘lik signali beriladi. Qirg‘ichning kinematik sxemasi 57-rasmda ko‘rsatilgan. Elektr dvigatelning har biri birxillashtirilgan reduktor bilan jihozlangan, bu reduktor yordamida har bir yuritmaga har birining quvvati 32 kVt dan bo‘lgan bitta yoki ikkita elektr dvigatel o‘rnatilishi mumkin. Elektr dvigateldan aylanma harakat TЛ—32 tipidagi turbomufta orqali reduktorning umumiy o‘qiga konussimon shesterna 1—2 va silindrsimon shesterna 1'—2' orqali uzatiladi. Umumiy o‘qdan harakat ikki silindrik shesterna juftligi S—4 va 5—6 orqali harakatlantiruvchi yulduzchaga, so‘ngra qirg‘ichning tortuvchi zanjiriga uzatiladi.Ko‘mir sanoatida yuqoridagi qirg‘ich qurilmalaridan tashqari YCT—2A, YCH—70, YCB, YCK—1 va boshqa qirg‘ich quril- malari ishlatiladi. Bularning ishlash sxemasi deyarli bir xil bo‘lib, ba'zi konstruktiv va qo‘llanishi mumkin bo‘lgan kon-geologik sharoitlari bilan farq qiladilar.XulosaQirg‘ich qurilmasi bilan foydali qazilmani yerosti usulida qazib olish eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida eng yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan turi tezyurar tishli uzatgichli qirg‘ich qurilmalaridir. Qirg‘ich qurilmalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:ishchi organining konstruksiyasiga qarab qirg‘ichning balandligi bo‘ylab o‘rnatilgan pichoqli (hozir qo‘llanmaydi) va tishli qirg‘ich qurilmalariga bo‘linadi;qirg‘ichning yurish tezligi (qirqish tezligi) bo‘yicha ; yurish usuliga qarab yopiq konturda aylanuvchi uzluksiz ; halqa zanjir yordamida yuruvchi ;uskunalarning kompanovka (o‘zaro joylashishi)si va ishga tayinlashishiga qarab. Bunday qurilmalar yordamida yer osti kon ishlarida katta ish samaradorligiga erishish mumkin.Foydalanilgan adabiyotlar:
Download 249.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling