Mavzu 2: Harakat tayanch tizimi


Tayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda birinchi yordam berish


Download 449.21 Kb.
bet12/13
Sana03.11.2021
Hajmi449.21 Kb.
#170377
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Maruza - 2

Tayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda birinchi yordam berish.

Shikastlanish sabablari. Odam ko`cha harakati qoidalariga amal qilmaganda, bir-biri bilan qo`pol hazillashganda, sport mashg`ulotlarini bajarayotganda e`tiborsizlik va nntizomsizlik, mehnat darslarida, ehtiyotsizlik va hokazolar natijasida tayanch-harakatlanish sistemasining har xil shikastlanishiga sabab bo`ladi.

Muskul va paylarnnng ezilishi, cho`zilishi. Shikastlangan muskul va pay joylashgan joyda oldin ozroq shish paydo bo`ladi, og`riq seziladi. Ba`zida shu joyga qon quyilib, ko`karib ketadi. Bunda quyidagacha birinchi yordam beriladi:

- ro`mol yoki, sochiqni sovuq suvda ho`llab, shikastlangan joyga 5-10 minut quyiladi;

- so`ngra qisib bog`lanadi va bemorni shifoxonaga yuboriladi.

Izoh: shikastlangan joyga issiq buyumlarni bosish, issiq suvga solish, ishqalash, ezish kabilar mumkin emas.

Bo`g`imning chiqishi. Chiqqan bo`g`im atrofida shish paydo bo`ladi va og`riq seziladi. Shu qo`l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi. Bunday vaktda quyidashcha birinchi yordam beriladi:

- chiqqan bo`g`im sovuq suvda ho`llangan sochiq yoki ro`mol bilan 5-10 minut o`rab qo`yiladi.

- qo`l bo`g`imi chiqqan bo`lsa, ho`l ro`mol yordamida bo`yinga osib quyiladi qo`lning kaftidan to tirsagigacha ro`molga osilgan bo`lishi kerak;

- oyoq bo`g`imi chiqqan bo`lsa, shu bo`g`imning ikki tomoniga taxta yoki kardon (hnina) qo`yib, mahkam bog`lanadi (26-rasm).

- yuqoridagi birinchi yordam berilgandan keyin bemor travmatolog-shifokorga yuboriladi.

Izoh: ba`zan shifokor bo`lmagan kishilar, ya`ni tabiblar chiqqan bo`g`imni solishga urinadilar va bu ko`pincha noxush oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun mutaxassis bo`lmagan kishilarning chiqqan suyakni solishga urinishi man etiladi.




Download 449.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling