Mavzu 2: Harakat tayanch tizimi
Muskullar va ularning funktsiyasi
Download 449.21 Kb.
|
Maruza - 2
Muskullar va ularning funktsiyasi.
Muskullarning turlari. Birinchi bobda muskul to`qimasi bayon etilganda, ular uch turga bo`linishi haqida tushuncha berilgan edi, ya`ni ichki organlar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o`ziga xos tuzilishga ega bo`lgan ko`ndalang yo`lli yurak muskullari va ko`ndalang yo`lli skelet muskullari. Mazkur mavzuda tayanch-harakatlanish sistemasining, tarkibiy qismi bo`lgan ko`ndalang yo`lli skelet muskullari va ularning funktsiyasi haqida tushuncha beriladi. Odam tanasi skelet muskullarining oldingi va orqa tomonidan ko`rinishi 18 va 19-rasmlarda ifodalangan. Skelet muskullari tayanch-harakatlanish sistemasi tayanch harakatlanish sistemasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo`l-oyoklari ma`lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko`tarish, ovqatlanish, so`zlash, yozish va xokazo). Muskullar harakatini nerv sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta`minlovchi nerv hujayralari motoneyron deynladi. Ular harakatlanuvchn nerv hujayralarn bo`lib, orqa miyada hamda bosh miyannng uzunchoq va o`rta miya qismlarnda joylashgan. Miya markazlaridagi motoneyronlarnnng uzun tolalari, ya`ni aksonlarn tanannng turln qismlarndagn muskul tolalarn bilan tutashadn. Bitta nerv hujayrasining uzun o`simtasi bir nechta mayda tolalarga bo`linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog`langan. Ana shu bntta nerv hujayrasi uzun o`simtasnnnng mayda tolalarn bilan tutashgan yuzlab muskul tolalarnnnng jamn nerv-muskul harakat birligi deb ataladi. Muskullar harakatini ta`minlovchi motoneyronlarnnng orqa miya, uzunchoq va o`rta miyadagn markazlarining funktsiyasi bosh miya yarim sharlari po`stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomonndan boshqariladi. Agar bosh miya po`stlog`idagi nerv markazlarining ishi buznlsa, u markaz boshqaradngan muskullarda markaziy shol yuzaga keladi. Bunda ularnnng tarangligi ortadn, shol bo`lgan qo`l-oyoq tarashadek qotib qoladn. Bu bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon quynlganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buznlganda, ular boshqaradngan muskullarda pernfernk shol yuzaga keladn. Bunda ularnnng tonusn pasaynb, shol bo`lgan qo`l yoki oyoq harakatsnzlanib, osilib qoladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo`lnb, ular tana massasnnnng o`rtacha 40% ni tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug`ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo`lib, ular tana massasining 50% ni va undan ko`prog`ini tashkil etadi. U Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tishsimon, duksimon, patsimon va yarim patsimon, ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo`ladi (20-rasm). Uzun muskullar asosan qo`l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg`alar orasida, keng muskullar ko`krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og`iz , ko`z atrofida joylashadi. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qism i bo`ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o`ralgan bo`lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovial suyuqlik bo`ladi. Download 449.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling