Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Справка menyusi  ?  Dastur haqida ma’lumot olish  Kompyuter viruslari haqida ma’lumot


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana23.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1223355
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2-Mavzu (2)

Справка menyusi 

Dastur haqida ma’lumot olish 
Kompyuter viruslari haqida ma’lumot.
Kompyuter virusi- bu maxsus yozilgan dastur bo'lib, u boshqa dasturlarga qo'shilishi (ya’ni 
uni zararlashi) shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi ham mumkin. 
Virus mavjud bo'lgan dasturlar «zararlangan» deyiladi. Mavjud bo'lgan viruslarning ko'pchiligi 
yadro tizimli fayllarni afzal ko'radilar, chunki ko'p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir 
xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda, 
Command.com
 fayliga birlashadilar va «Dir» 


buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladilar. Ko’p hollarda tizimning zararlanishi 
kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi.
Kompyuterda viruslarning tarqalishi zararlangan biror fayl yoki dasturning ishlashi 
jarayonida yuzaga keladi. Kompyuterda ishlashdan avval xotiradagi ma’lumotlarning 
zararlanmaganligini tekshirish zarur bo’ladi.
Kompyuterning viruslar bilan kasallanishi quyidagi hollarda ro'y beradi:
- kompyuterdagi virus bilan kasallangan dasturlar yuklanishi(com, bat yoki exe fayllar); 
- moduli zararlangan dasturni ishlatilishi; 
- kompyuterga virusli disketalarning yuklanishi
- kompyuterga zararlangan ОТ yoki qurilmaning zararlangan drayverlarini o'rnatilishi va 
h.k. Kompyuter zararlanganda, birqancha g'aroyib hodisalar yuz beradi: 
- ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi
- ekranga boshqa xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi
- kompyuter ishlashi sekinlashadi; 
- ba’zi bir fayllar buziladi
- fayllarning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo'shish hisobiga o'zgaradi; 
- operativ (tezkor) xotiraning bo'sh joyi qisqaradi
- tizimli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi va 
h.k. Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin: 
- Bajariluvchi fayllar: COM va EXE ko'rinishidagi fayllar. 
Fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllaridagi viruslar, shu 
fayl tegishli bo'lgan dastur ishlaganda o'z faoliyatini boshlaydi.
- Operatsion tizimning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchisini zararlaydigan 
viruslar yuklovchi yoki but viruslar deyiladi. Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay 
boshlaydi va u rezidentlik holatiga o'tadi, ya’ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling