Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja
OS/2 oilasidagi operatsion tizimlar
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- UNIX oilasidagi operatsion tizimlar.
OS/2 oilasidagi operatsion tizimlar. OS/2 OTlari IBM firmasi tomonidan 1987 yilda
ShKlarning yangi RS/2 yaratilishi munosabati bilan ishlab chiqarildi. OS/2 (Operating System/2) ikkinchi avlod ko'p vazifali operatsion tizimidir. U IBM RS - kompyuterlar uchun 32 razryadli grafik ko'p vazifali operatsion tizim sifatida bir necha amaliy dasturlar parallel ishini tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni ikkinchisidan, operatsion tizimni unda ishlayotgan dasturlarni muhofaza qilishni ta’minlaydi. OS/2 dasturi dastur yozish uchun amaliy dasturlashtirish interfeysni ARI (Arrlication Rrogramming Interface)da mavjud tayyor dasturiy modullardan foydalanishi mumkin. OS/2 ОТqulay grafik foydalanuvchi interfeys bo'lib, DOS faylli tizimi bilan mos keladi, bu hoi ma’lumotlardan DOSda ham, OS/2da ham biror bir o'zgarishlarsiz foydalanish imkonini beradi. OS/2ning bir necha modifikatsiyalari mavjud: -OS/2 Warp 3.0 xotiradan foydalanish takomillashgan va grafik interfeysi yaxshilangan; -OS/2 Warp Connect - tarmoqni qo'llab-quvvatlashi yaxshilangan; -OS/2 Warp Server - serverli ОТ sifatida ishlash uchun mo'ljallangan. -OS/2ning asosiy kamchiligi - uning uchun ilovalarning kam sonliligidir, bu hol mazkur tizimni MS-DOS va Windows OTlarga nisbatan kam ommaviylashtiradi. UNIX oilasidagi operatsion tizimlar. Ular 32 razryadli ko'p vazifali ko'p(kishi) foydalanadigan operatsion tizimlardir. UNIXning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o'zi turli kompyuterlarda superkompyuterlardan ShKgacha foydalaniladi, bu hoi tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan o'tkazish imkonini beradi. UNIX taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkonini o'zida birlashtiradi. UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun ko'plab miqdorda ilovalar mavjud. DOC va Windows uchun ko'plab ommaviy bo'lgan ilovalar UNIXda foydalanishini mumkin. UNIX oilasidagi bir nechta OTlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o'z nomiga ega, biroq ular umuman olganda UNIX ОТbazaviy xususiyatlarini takrorlaydi. UNIX OTning faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruxi darajasida fayllarni beruxsat kirishdan muhofaza etishni ta’minlaydi. Korxonalar tarmoqlari uchun mo'ljallangan UNIX Ware 2,0 - 32 razryadli ko'p(kishi) foydalanuvchili ko'p vazifali OTlar UNIX oilasidagi tarmoqli OTlar orasida keng tarqalmoqda. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling