Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Operasion tizimlar va ularning turlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana23.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1223355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2-Mavzu (2)

Operasion tizimlar va ularning turlari.
Operatsion tizim (ОТ) - bu EHM zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va 
ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o'zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek
foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig'indisidir.
EHMning istalgan konponentiari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy muharrir
tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar zahira bo'lib xizmat qiladi.
ОТ foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini) taqdim etadi. 
Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo'lishi mumkin.
Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o'zaro tasirini 
ta’minlovchi vositalar yig'indisidir.
O'z navbatida foydalanuvchi interfeys buyruqli yoki obyektli-yo'naltiriigan bo'lishi 
mumkin. Buyruqli interfeys kompyuter zahiralarini boshqarish bo'yicha harakatlarni bajarishda 
foydalanuvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni ko'zda tutadi.
Obyektli-yo'naltiriigan interfeys - fayliar, kataloglar (papkalar), diskovodlar, dasturlar, 
hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi obyektiar ustidan operatsiyalarni amalga oshirish 
vositasida hisoblash tizimlari zahiralarini boshqarishdir.
Har bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumida ega bo'ladi, ularning har biri uchun 
amaliy dasturlarning (ilovalarning) o'z turkumi yaratiladi.
Ko'pgina operatsion tizimlar xatolarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni kiritish yo'nalishda 
modifikatsiyashadi va takoniiliashadi. Vorislikni saqlash maqsadiarida operatsion tizimning yangi 
modifikatsiyasi qayta nomlanrnaydi, balki versiyalar (taxmin) nomini oladi. ОТversiyalari 
(odatda) 6.00, 2.1, 3,5 va hokazolar ko'rinishida «o'nli kasr»ni anglatadi. Bunda raqamning 
nuqtagacha oshib borishi operatsion tizimiga kiritiladigan jiddiy o'zgarishlarni, nuqtadan keyin 
turuvchi raqamning oshib borishi esa - uncha ahamiyatsiz o'zgarishlarni aks ettiradi (masalan, 
xatolarni to'g'rilash). Versiyaning tartib nomeri qancha oshiq bo'lsa, tizim shunchalik ko'p 
imkoniyatlarga ega bo'ladi.
Operatsion tizimlar quyidagi omillar bo'yicha tasniflanadi;
- bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar: bir (kishi) foydalanuvchi, ko'p (kishi) 
foydalanuvchilar soniga ko'ra;
- tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalanuvchi jarayonlar: bir vazifali, ko'p vazifalilar 
soniga ko'ra,
-qo'llab-quvvatlovchi jarayonlar: bir prossesorli, ko'p prossesorlilar soniga ko'ra;
-ОТ kodi razryadliligi: 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli, 64 razryadliligiga ko'ra;
-interfeys turi: buyruq (matnli) va obyektli-yo'naltirilgan (grafik)ligiga ko'ra;
-foydalanuvchining EHMga kirishi turi: paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo'linishi, real 
vaqtga ko'ra;
-zahiralardan foydalanish turi: tarmoqli, lokalligiga ko'ra.
Tasnifning birinchi belgisiga muvofik, ko'p (kishi) foydalanuvchi operatsion tizimlar 
bir(kishi) foydalanuvchidan farqli ravishda turli terminallardagi bir necha foydalanuvchilar 


EHMning bir vaqtdagi ishini qo'llab-quvvatlaydi.
Ikkinchi belgi OTni ko'p vazifali va bir vazifaliga bo'lishni ko'zda tutadi. Ko'p vazifalik 
tushunchasi bir hisoblash tizimi doirasida, bir vaqtning o'zida mavjud bir necha dasturlarni parallel 
bajarishni qo'llab-quvvatlashni anglatadi. Bir vazifali OTlar alohida vaqt lahzasida faqat bir 
dasturni bajarish rejimini qo'llab-quvvatlaydi.
Uchinichi belgiga muvofiq, ko'p prossesorli OTlar bir prossesorlidan farqli ravishda u yoki 
bu vazifani hal etish uchun bir necha muharrirlar zahiralari rejimini taqsimlashni qo'llab-
quvvatlaydi.
To'rtinchi belgi operatsion tizimlarni 8, 16, 32 va 64 razryadlilarga bo'ladi. Bunda operatsion 
tizim razryadliligi muharrir razryadliligi dan oshib ketmasligi tushuniladi.
Beshinchi belgiga muvofiq, ОТ foydalanuvchi interfeys turiga ko'ra obyektli yo'naltirilgan 
(odatda grafik interfeys bilan) va buyruqli (matnli interfeys bilan)ga bo'linadi.
Oltinchi belgiga ko'ra, ОТquyidagi tizimlarga ajratiladi:
-paketli qayta ishlash, ularda bajarishga tegishli dasturlardan EHMga kiritiladigan va 
navbatchilik tartibida ustivorlik hisobga olingan holda bajariladigan paketlar (turkumlar) 
shakllantiradi;
-vaqtni bo'lish (TSR), unda EHMga bir necha foydalanuvchilarning turli terminallarida 
kirishning bir-vaqtli muloqotli (interaktiv) rejimi ta’minlaydi, ularga navbati bilan mashina 
zahiralari ajratiladi, bu ishlar xizmat ko'rsatish intizomiga muvofik operatsion tizimga 
muvofiqlashtiradi.
Yettinchi belgiga muvofik, ОТ tarmoqli va lokalga bo'linadi. Tarmoqli ОТma’lumotlardan 
birgalikda foydalanish maqsadida tarmoqlarga birlashtirilgan kompyuterlar zahiralarini 
boshqarish uchun mo'ljallangan va butunligi hamda saqlanganligini ta’minlash doirasida 
ma’lumotlarga kirishni cheklashning kuchli vositalari, shuningdek, tarmoq vositalaridan 
foydalanishning ko'plab servis imkoniyatlarini o'zida namoyon etadi.
Ko'pgina hollarda tarmoq operatsion tizimlari fakat tarmoqqa xizmat ko'rsatish va birgalikda 
foydalanadigan zahiralar uchun ajratiladigan bir va undan ortiq ancha kuchli kompyuter-serverlarga 
o'rnatiladi. Barcha qolgan OTlar lokal hisoblanadi va istalgan shaxsiy kompyuterda, shuningdek, 
ishchi stantsiya yoki mijoz sifatida tarmoqqa ulangan alohida kompyuterda foydalanilishi 
mumkin. hozirgi paytda operatsion tizimlarning DOS; OS/2; UNIX; Windows oilalari keng 
tarqalgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling