Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja
Windows OTning foydalanuvchilari doirasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu (2)
Windows OTning foydalanuvchilari doirasi. Windows foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan ko'pgina imkoniyatlarga ega bo'lgan dasturiy muhitdir. Uning imkoniyatlari MSDOSdan sezilarli darajada yuqori. Windows muhitida ishlashda foydalanuvchi ko'p qulayliklarga ega bo'ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko'chirish, qayta nomlash, o'chirish va hokazo amallar tez va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o'zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega. Windows bir paytning o'zida bir necha masalalarni yechish qobiliyatiga ega. Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir. Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini o'ziga tortdi. MS firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Shu bilan birga turli dasturlar ilovalarining yaratilishi Windowsning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu MS Office va hokazolardir. Windows-OT 32 razryadli amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo'ljallangan amaliy dasturlar interfeysi Application Programming Interface (API) hozirda ko'p ishlatiladigan tarmoq operatsion tizimlar- Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi mumkin. Bu esa amaliy va operatsion tizimlarni qo'llaydigan yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini ishlatish va tizim adminstratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga ega bo'ldi. Windows ni ishchi holatida saqlab turish va uni o'rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab amallarni o'zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi muhitini qayta o'zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo'shish) va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Windows operatsion tizimining qo'llanilishida foydalanuvchilarni o'qitish, o'rgatish, tizimni ishchi holda saqlab turish, uni sozlash ishlarini tez va ortiqcha harakatsiz amalga oshirish mumkinligi bu sohada ketadigan xarajatlarni juda kamaytiradi. Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o'rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o'zi o'rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»- ishga tushirish tugmasidan, masalalar panelidan, Provodnik dasturidan, yordam berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi. Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o'rnatish, sozlash Windows 9xning ichki imkoniyatlarida mavjud bo'lib, u bunday ishlarni tez bajaradi. Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayoni ami o'rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo'lishinini talab qiladi xolos. Windows operatsion tizimi turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo'lib, o'zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, ko'chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo'llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Bundan tashqari, Windows operatsion tizimigari MS DOS, Windows tizimlari bilan ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi. Windows operatsion tizimi uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling