Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana23.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1223355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2-Mavzu (2)

AMD64, PowerPC, ARM va boshqa platformalarda ishlaydi.
Boshqa operatsion tizimlardan farqli ravishda GNU/Linux ning bitta rasmiy standart 
komplekti mavjud emas. Buning o'rniga GNU/Linux Linux yadroga GNU dasturlari qo'shilgan 
ko'plab distributivlarni yetkazib beradi.


Bizning mamlakatimizda Mandriva Linux 2007.1 asosida erkin tarqatiladigan Doppix 
2008.0 Edu ochiq operatsion tizim distributivi yaratilgan. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish 
agentligi hamda “Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab quvvatlash” markazi loyihasi asosida 
tayyorlangan bu operatsion tizim ta’lim muassasalarida ishlatishga mo'ljallangan bo'lib, o'zbek, 
rus, ingliz tillaridagi interfeysga ega. Dastur distributivini 
http://www.doppix.uz/
internet 
manzilidan ko'chirib olish mumkin.
DOS oilasidagi operatsion tizimlar. Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimi 
(Microsoft Disk Operating System-Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi) 1981 yilda IBM 
PC paydo bo'lishi munosobati bilan chiqarilgan.
DOS oilasining OTlari bir vazifali bo'lib, quyigi o'ziga xos xususiyatlarga ega:
-EHMH interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi;
-tizimni EHMning boshqa turlariga o'tishini soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;
-operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt).
DOS operatsion tizim oilalarining jiddiy kamchiligi ShK va ОТzahiralariga beruxsat 
kirishdan muhofaza vositalarining yo'qligidir.
Windows operatsion tizimi haqida ma’lumot.
Windows nima? Bu operatsion tizim (ОТ). Ya’ni inson bilan kompyuterni o'zaro bog'lash 
uchun qo'llaniladigan vositalardan bin. OTning turlari juda ko'p bo'lib, ulardan MS DOS, OS/2, 
UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko'p tarqalgani MS kompaniyasining Windows operatsion 
tizimlaridir.
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda 
foydalanish uchun ko'rinib turishidir.
Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. MS (MS) firmasining dastur mahsuli bo'lib, 
maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan 
operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va 
o'rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish 
holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 9x operatsion tizimi 1990 
yildan ishlatila boshlangan.
MS Windows ОТmurakkab dasturlar majmui bo'lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay 
operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS 
DOSni qabul qilgan bo'lsa, Windows 9x, Windows 2000 o'zi mustaqil bo'lib, kompyuterda boshqa 
bir operatsion tizimning bo'lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va 
Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling