Mavzu-22: Quyosh radiatsiyasi Reja


Download 490.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi490.99 Kb.
#1035816
1   2   3
Bog'liq
22-MA\'RUZA

R= Q (1-

) – Eef 
R- radiatsion muvozanat, Q- yalpi radiatsiya, 

- albedo, eef- effektiv nurlanish. 
Agar geografik qobiqqa kelgan radiatsiya qaytgan radiatsiyadan ortiq bo’lsa, radiatsion 
muvozanat musbat bo’ladi, agar kam bo’lsa manfiy bo’ladi. Tunda hamma kengliklarda 
radiatsion muvozanat manfiy bo’ladi, kunduzi esa musbat bo’ladi. Sutka davomida 
radiatsion muvozanat musbat ham, manfiy ham bo’lishi mumkin. Muz zonasini istesno 
qilganda, Yer shari yuzasida yillik radiatsiya balansi musbatdir. Radiatsiya balansi sutka 
davomida o’zgarib turadi: kechqurun hamma kengliklarda radiatsiya balansi manfiy 
bo’ladi, kunduzi esa (qishda qutblarni hisobga olmaganda) tushgacha hamma erda 
musbat, tushdan keyin esa manfiy bo’ladi. Radiatsiya balansi Yer yuzasiga issiqlik olib 
keladi va u ekvatordan qutbga qarab o’zgarib boradi. Shu sababli, radiatsiya balansi 
issiqlik balansini vujudga keltiradi.O’rtacha ko’p yillik issiqlik balansi sayyoramiz 
yuzasida ham va atmosferada ham 0 ga teng. Buni quyidagi misoldan yaxshi bilish 
mumkin. 
Yer yuzasiga kelgan yalpi radiatsiyaning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Yer 
yuzasidan qaytarilgan radiatsiyani Yerga tushgan radiatsiyaga nisbati albedo deb ataladi. 
Albedo har qanday yuzani Quyosh nurlarini qaytarish qobiliyatini ifodalaydi va foizda 
yoki kasr sonlarda ifodalanadi. Yer yuzasida o’rtacha al’bedo 0,35 ga teng.
Al’bedo yer yuzasining xususiyati va holatiga bog’liq. Yangi yoqqan qorning 
nurni qaytarish qobiliyati juda yuqori bo’ladi. Uning yuzasi tushgan nurni 90%ni 
qaytaradi, bargli o’rmonlar esa 16-27%, igna bargli o’rmonlar 6-19%, shudgorlangan 
yuzalar 7-10%, cho’llar 9-34% nurni qaytaradi. Suv yuzasi 2% nurni qaytaradi, 98%ni 
esa yutadi.
Yer yuzasi qisqa to’lqinli Quyosh nurlarini yutib o’zi ham issiqlik tarata 
boshlaydi. Yerning harorati yuqori bo’lmaganligi uchun uzun to’lqinlarda issiqlik 
taratadi. Atmosfera ham o’zidan o’tayotgan Quyosh nurlarini bir qismini yutib, fazoga va 
yerga tomon issiqlik taratadi. Atmosferadan Yerni issiqlik taratishiga qarshi 
yo’naltirilgan issiqlik qarshi nurlanish deb ataladi, mazkur nurlar ham uzun to’lqinli 
hisoblanadi. Atmosferaning yuqori qismida Quyosh nuriga perpendikulyar bo’lgan har 
bir kv.sm yuzaga yiliga 250 kkal issiqlik tushadi. Agar biz buni 100% deb olsak, shuning 
38% bulutlarga urilib qaytadi va atmosferaning yuqori chegarasida atrofga tarqaydi, 14%i 
esa atmosferada yutiladi. 48%i to’g’ri radiatsiya sifatida Er yuziga etib keladi. Yer 
yuzasiga etib kelgan 48 % Quyosh radiatsiyasining 44 % i yutilsa, 4 %i yana qaytib 
ketadi. Shunday qilib, Yerning albedosi 42 % (38%+4%=42%) ni tashkil etadi. 
Demak, atmosfera 14 % issiqlikni quyoshdan, 24 % issiqlikni Yer yuzasidan 
hamda Yer yuzasining samarali (uzun to’lqinli) nur sochishiga ketgan 20 % issiqlikni 
(14+24+20=58) olib dunyo bo’shlig’iga tarqatib yuboradi. 
Shunday qilib, Yer yuzasiga atmosfera orqali kelayotgan issiqlik miqdori unda 
sarflanayotgan issiqlik miqdoriga teng. Lekin Yer yuzasidagi issiqlik balansi turli 
geografik kengliklarda turlicha. 
Shimoliy yarim sharda Quyosh iyul oyi oxirida gorizont ustida eng baland turadi, 
bu vaqtda Quyoshdan kelayotgan issiqlik sarflanadigan (Yerning sovishiga va Yerdan 
dunyo bo’shlig’iga ketayotgan) issiqlik miqdoriga nisbatan ortiqdir. Shu sababli, 
shimoliy yarim shardagi materiklarda iyul oyida, dengizlarda esa avgustda harorat eng 


yuqori bo’ladi. Aksincha, yanvar oyida Quyoshdan kelayotgan issiqlik miqdori shimoliy 
yarim sharda eng kam va natijada harorat yanvar oyida (dengizlarda fevralda) eng past 
bo’ladi.
Demak, atmosferada uzun to’lqinli radiatsiyaning ikki oqimi mavjud ekan, ya’ni 
Yerni va atmosferani nurlanishi. Ularning orasidagi farq effektiv nurlanish deb ataladi. 
Effektiv nurlanishning miqdori tropik kengliklarda yuqori, yiliga bir kvadrat santimetr 
yuzaga 80 kkal issiqlik to’g’ri keladi. Buning asosiy sababi tropik kengliklarda Yer 
yuzasi haroratining yuqoriligi havoning quruqligi va osmonni tiniqligidir. Ekvator 
kengliklarida esa havoning namligi yuqori bo’lganligi uchun effektiv nurlanish yiliga 
maydon birligiga 30 kkal.ni tashkil qiladi. Yer yuzasi uchun o’rtacha effektiv nurlanish 
46 kkal.ni tashkil qiladi. Atmosferani Quyoshdan kelayotgan qisqa to’lqinli radiatsiyani 
o’zidan o’tkazib yuborishi va Yerdan kelayotgan uzun to’lqinli radiatsiyani ushlab 
qolishi issiqxona samarasi deb ataladi. 


Download 490.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling