Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi


Ikkinchi qator preparatlari bilan davolash (to‘rt komponentli rezerv sxema)


Download 396.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana16.03.2023
Hajmi396.88 Kb.
#1278023
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)

Ikkinchi qator preparatlari bilan davolash (to‘rt komponentli rezerv sxema): 
Proton pompa ingibitori standart dozada kuniga 2 mahal + 
Vismut salitsilat/subsitrat 120 mg kuniga 4 mahal + 
Metronidazol 500mg kuniga 3 mahal + 
Tetratsiklin 500 mg kuniga 3 mahal. 
Davolashning davomiyligi kamida 7-14 kunni tashkil qiladi va keyinchalik eradikatsiyasi 
yuqorida ko‘rsatilgan usullar yordamida nazorat qilinadi. H. pylori eradikatsiyasi kuzatilmagan 
holatlarda, H. Pylori ning boshqa antibiotiklarga sezgirligini aniqlash yoki H. Pylori bilan 
bog‘liq bo‘lmagan yara kasalligini (simptomatik yara) aniqlash maqsadida, me’da shilliq qavati 
bioptatining bakteriologik tekshiruvini o‘tkazish shart.
N
2
 gistamin retseptorlarning blokatorlari. Bu guruh dori vositalari xlorid kislotaning bazal 
i stimullyasiya qilingan sekretsiyasini susaytiradi. N
2
blokatorlar asoratlangan (qon ketishi) yara 
kasalligida retsidivlarining profilaktikasi maqsadida qo‘llaniladi. YAra chandiqlanishidan so‘ng 


dori vositasining yil davomida yarim dozada qabul qilinishi retsidivlarni 50-70% ga kamayishiga 
sabab bo‘ladi. Vakillari:

simetidin (400 mg kuniga 2 mahal yoki 800 mg kechasiga, nojo‘ya ta’sirlari ko‘p),

ranitidin (150 mg kuniga 2 mahal yoki 300 mg kechasiga, simetidinga nisbatan antiandrogen 
ta’siri yo‘q va jigar mikrosomal fermentlariga kamroq ta’sir qiladi), 

famotidin (40 mg) va nizatidin (300 mg kechasiga), kuchli N
2
blokatorlar ichida eng kuchlisi 
bo‘lib hisoblanadi. Nojo‘ya ta’sirlari kam uchrab, ularga qon yaratilishining susaytirishi
gemolitik anemiya va gepatotoksik ta’siri kiradi. 
Antatsid dori vositalar: almagel, maaloks (alyuminiy gidrooksidi + magniy gidrookidi) 
yaralarning bitishiga sabab bo‘ladi, ammo hozirgi kunda simptomatik davo sifatida 
quyilagilardan foydalaniladi.

Download 396.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling