Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi


Download 396.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana16.03.2023
Hajmi396.88 Kb.
#1278023
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)

M-xolinoblokatorlar (atropin) bilan davolash N
2
blokatorlaga nisbatan samarasi past 
bo‘lib, ko‘pgina nojo‘ya ta’sirlarga (og‘iz qurishi, ko‘rishning susayishi, aritmiyalar keltirib 
chiqarishi, siydik tutilishi) ega.
Pirenzepin - bu selektiv M – xolinoblokator bo‘lib, xlorid kislotanining sekretsiyasiga 
tanlab ta’sir qiladi, va nojo‘ya ta’sirlari boshqa M-xolinoblokatorlarga nisbatan kam.
Qamrab oluvchi dori vositalar. YAra kasalligida xlorid kislotasining ishlab chiqarilishini 
kamamaytirish yoki uni neytrallash bilan bog‘liq bo‘lmagan bir qator preparatlar qo‘llaniladi.. 
Bularga sukralfat - oktasulfat saxarozaning asosiy alyumin tuzi kiradi. Kislotali muxitda 
sukralfat kuchli qutubli bo‘lib, shilliq qavat bilan deyarli bog‘lanmaydi va yara yuzasida 12 soat 
davomida saqlanib turadigan ximoya pardasini xosil qiladi. Sukrolfat granulyasion to‘qima bilan 
birikib vadorod ionini yara tubiga diffuziyasini qiyinlashtiradi deb xisoblanadi. U o‘t kislotalari 
va pepsinni bog‘lab, ularning jaroxatlovchi ta’sirini oldini oladi. Sukrolfat ovqatdan bir soat 
oldin va kechasiga 1 g dan qabul qilinadi. 
Vismut preparatlari kuchsiz antatsid ta’siriga ega bo‘lib, xlorid kislota sekretsiyasini 
kamaytirmaydi. Ular pepsin faooligini susaytiradi, vodorod ionlarining diffuziyasiga qarshilik 
qiladi va prostaglandinlar sekretsiyasini kuchaytiradi. Ammo uning asosiy ta’siri H. pylori ga 
nisbatan belgilanadi. Vismut antibakterial ta’sirga ega bo‘lib. Uning monoterapiyasi natijasida 
20 % holatlarida, antibakterial dori vositalar bilan birgalikda qo‘llanganda esa 95% bemorlarida 
H. pylori yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan. 
N+ ,K+ ATFaza ingibitorlari yoki proton pompa blokatorlari: dori vosita N+ ,K+ 
ATFaza bilan bog‘lanib, uni qaytmas darajada bloklaydi. Omeprazol va lansoprazol 12 b.i. yara 
kasallingini, eroziv ezofagit va giperxlorgidriyalarni (shuningdek Zollinger-Ellison sindromini) 
davolashda qo‘llaniladi. Omeprazolning odatiy dozasi - 20 mg kuniga 2 mahal. N+, K+ ATFaza 
ingibitorlari bilan davolashda me’daning kislotaligi bir muncha pasayadi va qon zardobidagi 
gastrin miqdorini ozgina oshiradi. Bu holat dori vositasi to‘xtatilgandan so‘ng 2 hafta mobaynida 
saqlanib turadi.

Download 396.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling