Mavzu 3: ichki yonuv dvigatellari. Effekli va indikator quvvatlar. Reja


Download 0.99 Mb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1230313
  1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza gid


Mavzu 3: ICHKI YONUV DVIGATELLARI. EFFEKLI VA INDIKATOR QUVVATLAR.
Reja:

  1. Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi.

  2. Ichki yonuv dvigatelining termodinamikaviy sikllari.

  3. Ichki yonuv dvigatellarining indikator quvvati.

  4. Ichki yonuv dvigatellarning effektiv quvvati



Tayanch iboralar: Ish yoqilg’isi, ish aralashmasi, dizel dvigateli, karbyuratorli dvigatel, forsunka, silindrlar bloki, kriviship-shatunli mexanizm, termodinamikaviy sikllar, karno sikli, siqish darajasi, adiabata ko’rsatkichi, PV diagramma, porshen yo’li, indikator quvvat, effektiv quvvat.


Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi. Ish yoqilg’isi maxsus qurilma ichida yonadigan va yonish jarayonida ajralib chiqqan issiqlik miqdorining ma’lum qismini mexanik energiyaga aylantirib bera oladygan issiqlik; mashinasiga ichki yonuv dviga­teli (IYED) deyiladi. Barcha termodinamik jarayonlar sikl davomida silindrning ish hajmida ketma-ket kechadigan porshenli; ish jismi havo kompressorida siqiladigan, maxsus yonish kamerasida yonadigan va yonish mahsuloti gaz turbinasida kengayadigan gaz turbinali va yonish mahsuloti soploda kengayishidan reaktiv kuch vujudga keladigan reaktiv dvigatellar mavjud va ular inson faoliyatining turli sohalarida keng qo’llaniladi.
Ichki yonuv dvigatellari yoqilg’i turiga qarab, gaz yoqilg’isida (gaz dvigateli), suyuq yoqilgida (benzin, solyar moyi, kerosin, ligroin va h.k), binar (suyuq va gaz) yoqilg’ida ishlaydigan dvigatellarga bo’linadi. Ish sikliga qarab ikki va to’rt taktli; yoqilg’ining kameraga kiritilishiga qarab bosimli va bosimsiz; ish aralashmasining tayyorlanishiga ko’ra ish jismi tashqarida va ichkarida tayyorlanadigan dvigatellarga bo’linadi. Ish aralashmasini o’t oldirish usuliga qarab tashqi elektr manbaidan (elektr uchquni, o’t oldirish shari—kaloriza­tor) va silindrda siqilgan havoning qizishi (dizel dvigateli) hisobiga o’t oldiriladigan dvigatellar mav­jud. IYOD lari avtomobil, aviatsiya, gaz turbinali va reaktiv dvigatellarga bo’linadi.
Avtomobil uchun IYOD larining yaratilishi o’tgan asrning 60-yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Lenuar (1860 y.) Fransiyada, N. Otto va E. Lengen (1867 y.) Germaniyada tadqiqotlar olib borgan. N. Ottoning to’rt taktli dvigateli (1867 y.) Bo-de-Rosha tomonidan (1862 y.) taklif etilgan sxema bo’yicha yasaldi. 19- asrda neftni qayta ishlashdan olingan benzin, kerosinlarni elektr uchquni yordamida yoqilishi IYOD larining keng tarqalishiga sabab bo’ldi.
Rossiyada birinchi-marta benzinda ishlaydigan IYOD (Koyetovich dvigateli) 1889 yil yasalgan. Nemis muxandisi R. Dizel tomonidan ixtiro etilgan (1897 y.) siqilish hisobiga qizigan havoga purkalgan yokilg’ining yonishi natijasida ishlaydigan IYOD ning takomillashgan konstruksiyasi 1899 y. Peterburgda yasaladi. Keyinchalik kompressorsiz dizel dvigatelini 1901 yilda G. V. Trinkler va 1910 yilda Ya. V. Mamin yaratadilar. Dizel dvigatellarining nazariyasi to’laroq o’rganilishi davrida, uning konstruksiyalari ham takomillashib bordi.
IYOD ning prinsipial sxemasi 13.1-rasmda keltirilgan. Porshenli IYOD ning asosini silindr 4 va unga kiritilgan porshen 5 tashkil etadi. Porshen krivoship-shatunli mexanizm orqali tirsak valiga yonish mahsuli gazlari vujudga keltirgan bosim kuchini uzatadi. Silindrlar blokining ostki qismiga tirsak vali, ustki qismiga tirsak vali, ustki qismiga kiritish 2 va chiqarish 6 klapanlari joylashtirilgan si­lindr kallagi o’rnatiladi. Silindrlar bloki kallagiga karbyuratorli dvigatellarda svecha 3, dizel dvigatellarida esa forsunkalar o’rnatiladi. Porshen silindrda ilgarilanma-qaytma harakat qiladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling