Mavzu: 3-sinfda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja: Kirish


Download 0.71 Mb.
bet6/10
Sana23.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#182610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-sinfda pedagogik texnologiyalar

3. Qo’shish va ayirish amallarini o’rgatishda «Matematika daftari» bilan ishlash metodikasi

Boshlang’ich sinf vatematika darslarida ta’lim camaradorligini oshirishda matematika daftarlarining ahamiyati juda katta. Endi ular bilan ishlash usullarini ko’rib chiqamiz.1

«Matematika daftari»ning 38-betidagi vazifani bajarish. Songa 3 ni qo'shish va sondan 3 ni ayirish orqali o'quvchilarga arifmetik amallar bajarish, yozuv qoidalarini o'rgatib borish. Daftardagi rasmlar, amallarni bajarishda o'quvchilar qiziqishini oshirish. Tasvirlangan gullarni sanash orqali 1 dan 10 gacha bo'Igan sonlaming hosil bo'lishi haqidagi tushunchalarni mustahkamlab borish. Bo'sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajarish.

Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.



          1. Songa 0, 1, 2, 3, 4 sonlarini qo'shish va ayirish ustida egallagan bilimlarini mustahkamlash, songa 5, 6, 7, 8, 9 sonlarini qo'shish ustida bilim berish.

1. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida og'zaki savol – javob uyushtirish, kartochkalardan unumli foydalanish:

3 + 4 = ?




9 - 4 = ?




5 + 4 = ?




7 - 4 = ?

1-misolni og'zaki va yozma ravishda bajarish. 1-misol:



5 hosil qilish uchun 1 bilan 4; 2 bilan 3; 3 bilan 2; 4 bilan 1 deb olish mumkin. 6 hosil qilish uchun 1 bilan 5; 2 bilan 4; 3 bilan 3; 5 bilan 1 deb olish mumkin...

2. 2-misolni yuqoridagi jadval asosida bajarishga o'rgatish.



Jadvalning qiziqarli tomoni shundaki, birinchi qatordagi mi- solning javobi 6; ikkinchi qatordagi misollarning javobi 7; uchinchi qatordagi misollarning javobi 8; to'rtinchi qatordagi misollarning javobi 9; beshinchi qatordagi misollarning javobi 10 hosil bo'ladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: masalan, to'rtinchi qatordagi misollarni olib ko'raylik, 4 bilan 5 ning yig'indisi; 3 bilan 6 ning yig'indisi; 2 bilan 7 ning yig'indisi, 1 bilan 8 ning yig'indisi ham hammasining javobi 9 ekanligini tushuntirish lozim.

3. 4 – masalaga qarab og'zaki masala tuzdirib, yechish. Uni quyidagicha yechish mumkin: 3 ta olchaga 5 ta olchani qo'shsak, 8 ta olcha bo'lgan:

3 + 5 = 8 ta.

4. 5 – misolni yechish.

3 + 7 = 10 4 + 5 = 9 2 + 5 = 7 3 + 6 = 9

1 + 8 = 9 4 + 6 = 10 1 + 9 = 10 2 + 8 = 10

«Matematika daftari»ning 40-betidagi vazifani bajarish.



9 ga sonni qo'shish va 9 dan sonni ayirish haqida bilim berish, misol va masalalar yechish orqali mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni o'rganish, o'tilganlarni mustah­kamlash.



1. Darsni tashkil etish.

2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.

a) 8 ga sonni qo'shish va 8 dan sonni ayirish ustida mashg'ulot o'tkazib, mustahkamlash. Masalan: «Chaqqon bilimdonlar» o'yinini o'tkazish mumkin.

O'yin davomida o'qituvchi «8 ga 2 ni qo'shish» degan kar- tochkalarni ko'rsatsa, o'quvchilar tezlik bilan oldidagi raqamlardan javobini ko'rsatishlari kerak yoki «8 dan 3 ni ayir» degan kar- tochkani ko'rsatsa, o'quvchilar «5» yozilgan raqamni ko'rsatishlari lozim. O'yin shu tariqa 3—4 marta takrorlanadi.

Yangi mavzu ustida ishlash.



1. Savol – javob orqali 9 soni haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 9 ga sonni qo'shish va 9 dan sonni ayirish amallarini mustahkamlab borish. Darslikdagi topshiriqlarni bajarish.

9 soni bu — 6 bilan 3 sonining yig'indisi yoki uning teskarisi —

3 bilan 6;

9 soni bu — 7 bilan 2 ning yig'indisi yoki uning teskarisi — 2 bilan 7;

9 soni bu — 5 bilan 4 ning yig'indisi yoki uning teskarisi —

4 bilan 5 ekanligini tushuntirish uchun quyidagi qiziqarli topishmoq masaladan foydalanish mumkin:

Oyim berdi 5 ta olma,

O'zimda ham 4 ta bor.

Sanab bo'lsang, ayta qol,

Menda nechta olma bor?

Javob: 5 + 4 = 9 ta olma bor.

O'quvchilarga 9 ga sonni qo'shish va 9 dan sonni ayirishni o'rgatish.

  1. Darslikdagi doirachalar rasmi yordamida bo'sh kataklarni to'ldirish haqida tushuncha beriladi:

9+1 =□ 9 - 7 = □ 9 - 6 = □

10 -1=9 9 = 7 + 2 9 = 6 + 3

10- 9=1 9 = 2 + 7 9 = 3 + 6

2. 3-masalada rasmga qarab masala tuzib, yechishga o'rgatish:

9+1 = 10 10-1=9 10- 9=1

3. 4-misolni tushuntirib yechish:

6-5 = 1 8 + 2= 10 2 + 6 = 8

8+1=9 7-5=2 1+8=9

9-2 = 7 9+1 = 10 9-1 = 8

«Matematika daftari»ning 45-betidagi vazifani bajarish.



Dars davomida faol qatnashgan o'quvchi- larni baholash va rag'batlantirish.

10 dan sonni ayirish haqida tushuncha berish, misol, masala yechish orqali mavzuni mustahkamlash.

1. Darsni tashkil etish. 2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. 9 ga sonni qo'shish va 9 dan sonni ayirish yuzasidan arifmetik amallar bajariladi, qiziqarli matematik daqiqalar o'tkaziladi. «Vagon-vagon» o'yinini o'ynash uchun bir o'quvchi parovoz bo'ladi, u vagonlarni boshqaradi. Qolgan o'quvchilar 8 nafar o'quvchining ko'kragiga osilgan kartochkalardagi misollarning javobini topishlari lozim. Masalan:



3. — 10 sonini hosil qilish uchun nima qilish kerak? — 10 sonini hosil qilish uchun 7 bilan 3 ning yig'indisi; 2 bilan 5 ning yig'indisi; 4 bilan 6 ning yig'indisi; 2 bilan 8 ning yig'indisi; bilan 1 ning yig'indisi; 5 bilan 5 ning yig'indisi, deb olish mumkin.

10 dan sonni ayirish haqida bilim berish uchun qaysi sonlarni ayirish mumkinligini og'zaki savol- javob orqali aniqlanadi. Savol:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling