Mavzu: 3-sinfda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja: Kirish
Download 0.71 Mb.
|
3-sinfda pedagogik texnologiyalar
«Beruniy» guruhiga.
Bu yil nechanchi yil va u qanday nomlanadi? Amalni bajarish: 55+25= Asr qanday o’lchov birligi? 8-dekabr sanasida qaysi bayramni nishonlaymiz? 58 sonida nechta o’nlik va nechta birlik bor? «Al-Xorazmiy» guruhiga: 1. 14-yanvar qanday sana? Geometrik shakllarni sanab bering? 3. 76 sonida nechta o'nlik va nechta birlik bor? 4. «Тоnnа» qanday o'lchov birligi? 5. Misolni yeching: 62+38= Yangi mavzuning bayoni: Masala yechish ketma-ketligida quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:
Masala tinglashni oYganish va uni mustaqil o'qiy olish. Masala shartini tahlil qilish, ma'lumni noma'lumdan, muhimini nomuhimidan ajratish, berilgan raqamlar bilan izlanayotganlar o'rtasida bog'lanishni o’rnatish. Masala shartiga ko’ra qisqacha yozuvini hosil qilish. Masalani yechish va uni tekshira olish. Masalalar. Maktab kutubxonasidagi ta'mirlanishi kerak bo’lgan 96 ta kitobdan, 1-guruh 32 ta, 2-guruh esa 27 tasini ta'mirlashdi. Yana nechta kitob ta'mirlanishi kerak? Ta'mirlashdi: – guruh - 32 ta – guruh - 27 ta Hammasi - 96 ta Qoldi: ……….? Yechish:
Ifoda tuziladi: 96-(32+27)=96-59=37 (ta)
– guruh: Madinaning 8 ta qizil va undan 3 ta ko'p ko'k qalami bor. Madinaning hammasi bolib nechta qalami bor? Xotira o'yini. (O'quvchilarga o'yin shartiga ko’ra aytilgan sonlarni qaytarish topshirig’i beriladi). - «Beruniy» guruhiga: 18, 26, 35, 43, 29, 24, 22. 2 - «Al-Xorazmiy» guruhiga: 7, 18, 72, 96, 35, 48, 45. Matematik topishmoqlar. 1-guruh uchun: 1. To'rtta o'rtoq zo’r ishi, Odam, olam tashvishi. Har biri xursand etar, Izma-iz kelib, ketar. O'zi - bitta, ko'zi - mingta. Ikkita bir xil onasi, O'nta har xil bolasi. 2-guruh uchun: 1. Ikki aka-uka bir-birini ko’rmaydi. 2. O’zi bitta, tishi mingta. 3. To'rtdir uning оуоg’i, Temir tishli tuyog'i. Manzilga yetishtirar, Toshdan qattiq tuyog'i. (Quvnoq daqiqalar o’tkaziladi. Bolalar tana a'zolariga dam beruvchi mashqlar bajarishadi). - Ko'p yozdi qo'llarimiz, Ham charchab ko'zlarimiz. Bir, ikki, uch, To'plab oldik kuch, Endi yozamiz yana, Harflarimizdir sara. Matematik maqollar. (Bolalar maqol mazmunini izohlab berishadi.) – guruh uchun: Bilagi zo’r - birni yiqar, Bilimi zo’r mingni. 2. Bir yigitga qirq hunar ham oz. 3. Bir yil tut ekkan kishi, Ming yil gavhar teradi. – guruh uchun: 1. Oyning o'n beshi qorong'i bo’lsa, O'n beshi yorug’u 2. Birni kessang, o'nni ek. 3. Yetti o’lchab, bir kes. Koptok o’yin. Ushbu o'yindan maqsad o'quvchilarning matematik nutqini o'stirish. Guruh o'quvchilari koptokni bir-biriga uzata turib, matematika faniga oid bo’lgan terminlarni navbat bilan aytadilar. Masalan: «kub», «ayirish», «son», «to’rtburchak», «misol», «masala» va h.k. kabi. Shuningdek, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha ham o'yin shartiga iqtisodga oid terminlarniaytish topshirig'i kiritiladi. Bolalar «mulk», «mulkdor», «bank», «iste'molchi», «pul», «soliq», «bozor», «foyda», «daromad» kabi terminlar bilan tanishib boradilar va ulami ongli ravishda so'zlashuv jarayonida qo'llashga harakat qilishadi. Boshqotirma. Qimmatbaho qog'oz. 2. Daromaddan to'lanadigan to'дov. 3. Muayyan muddatga, ma'tum bir foiz evaziga qarz berish. 4. Doimiy iste'molchi, xaridor. 5. O'zbek milliy vaдyutasi. 6. Aholi uchun zarur bo'igan iste'mol tovariarning odi-sotdisi. 7. Olingan foyda. Guruhlarni rag'batlantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning faolligiga qaratiladi. Estatma: Ushbu seminar – trenning usulida yozilgan dars ishlanmasi 2007-2008 - «Ta'lim muassasalarida iqtisodiy ta'lim va moliyaviy savodxonlik samaradorligini oshirish» o'quv yilining maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo'yicha loyihalashtirildi. Kerakli o’yinlarda o'qituvchi tomonidan qo'shimcha ma'lumotlar ham kiritilishi mumkin. Uyga vazifa: 16 + (16-2) = ifodasiga qarab masala tuzing va yeching. Songa 3 ni qo'shish va sondan 3 ni ayirish haqida bilim berish, misol, masala yechish orqali mavzuni o'quvchilar ongiga singdirib borish. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling