Mavzu: 3-sinflarda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo’llari reja: kirish I bob. Vokal-xor mashqlarida ovozda kuylashni rivojlantirish
I BOB. Vokal-xor mashqlarida ovozda kuylashni rivojlantirish
Download 200 Kb.
|
3-sinf ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo\'llari
I BOB. Vokal-xor mashqlarida ovozda kuylashni rivojlantirish.
Vokal-xor mashqlari O'qituvchi qo'shiq aytish malakasini rivojlantirish uchun vokal-xor mashqlaridan ham keng foydalanadi. Mashq kuylashni har darsda muntazam holda olib borish kerak. Bu ma'lum ma'noda ertalabki badan tarbiyaga o'xshaydi. Ertalabki badan tarbiyaning turli xil mashqlari tanani «yayratib», kun bo'yi bardamlik bag'ishlasa, vokal-xor mashqlari ovozni tobora ochib borib, butun mashg'ulotni baland ruhda o'tkazadi. Ijro malakasini egallashda vokal-xor mashqlari katta rol o'ynaydi. Bu mashqlar turlicha bo'lib, har xil maqsadlami ko'zda tutadi: nafasni mustahkamlash, ovozni rivojlantirish, uning ravonligini, harakatchanligini ta'minlash, diapozonini kengaytirish, tovush hosil qilishda yagona usulni qo'llash, sof intonatsiyani yuzaga keltirish, 56 garmonik uquvini o'stirish, diksiyaning aniqligiga erishish va boshqalar. Vokal-xor mashqlari bolalarga ifodali ijroning texnik va badiiy usullarini egallashga yordam beradi. Ayrim mashqlar kompleks xarakterga ega bo'lib, turli malakalami baravariga rivojlantiradi. Kundalik mashqlar bilan shug'ullanilmasa asar ijro etishni o'rganish jarayoni cho'zilib ketadi. O'quv yili boshlanishida vokal-xor mashqlari tanlanib, asta-sekin murakkabiga o'ta borishi kerak. Mashqlar o'rta dinamikada (sekin) erkin nafas almashinishida ijro etiladi. Vokalxor mashqlari o'quvchilami ma'lum darajada faollashtiradi, ulaming diqqatini bir joyga to'playdi. Agar mashqlardan asaming murakkab joylarini intonatsiya qilishni yengillashtirish maqsadi ko'zlanadigan bo'lsa, qo'shiq aytish mashqini dars o'rtasida qo'shiq o'rganishdan aw al kuylatish ma'qul. Har qanday vaziyatda ham vokal-xor mashqlariga 5-7 daqiqa ajratsa bo'ladi. Vokal-xor mashqlari goh-goh va tizimli ravishda o'tkazilishi mumkin. Goh-goh o'tkaziladigan mashqlar, asosan, o'rganilayotgan qo'shiqning intonatsiya, zarb usuli kabi birorta qiyin tomonini yaxshilab o'zlashtirib olish uchun xizmat qiladi. Bunday mashqlar odatda bir-ikki darsda o'tkaziladi. Keyinchalik qo'shiqning o'rganilishiga qarab mashqlarga ehtiyoj qolmaydi va o'qituvchi bunday mashqlami kuylashni to'xtatadi. Sinfda zarur bo'lgan muayyan vokal-xor malakalarini egallash uchun tovush yo'nalashi, nafas olish, diksiya kabi mashqlar har darsda, chorak, yarim yil va yil davomida tizimli ravishda kuylanadi. Mashqlaming ko'pchiligi kompleksli mashqlar bo'lib, faqat bitta malakaning rivojlanishigagina emas, balki bir necha malakaning, masalan, nafas olish bilan tovush hosil qilishning, diksiya bilan tovush hosil qilishning, soz bilan ansambl «jo'r ovozligi» va hokazolaming bir yo'la rivoj topishiga yordamlashadi. Bunda o'qituvchi har bir mashqdan kuzatilgan asosiy maqsadni va ikkinchi darajali maqsadini anglab olishi kerak. Masalan, qo'shiq aytishdagi diksiyani rivojlantirish mashqida bolalaming asosiy diqqati so'zlami to'g'ri va aniq talaffuz etishga qaratiladi. Shu bilan bir vaqtda o'qituvchi to'g'ri nafas olishni, to'g'ri tovush hosil qilishni, sof talaffuz va yaxshi jo'rovozlik hosil bo'lishini talab etib, kuzatib boradi. Vokal-xor mashqlarining foydali va maqsadga muvofiq bo'lishi uchun o'qituvchi uni o'tkazish metodikasini yaxshi bilishi, majburiy pauzalarga yo'l qo'ymaslik uchun mashqlami oldindan tanlab, uning izchil bo'lishiga erishishni, darsda bir xil mashqlami doimiy takrorlayvermay, mashqlaming ham rang-barang bo'lishini o'ylab qo'yishi kerak. O'qituvchining o'zi har bir mashqni yaxshi bilishi, cholg'u asboblarida erkin ijro etib kuylay olishi shart. Musiqa o'qituvchisining shaxsan mashq qilishi-shu mashqning bolalar tomonidan to'g'ri ijro etilishining garovidir. Asosan vokal-xor mashqlari uch to'rt mashqdan iborat bo'ladi. O'quvchilami ayrim malakalami egallashlariga qarab mashqlar qisman yoki butunlay yangi, ancha murakkab mashqlar bilan almashtirib borilaveradi. Mashq aytish uchun o'qituvchi turli xarakterdagi: mayin, uzib-uzib aytiladigan, so'zli va so'zsiz mashqlami nota nomlari bilan yoki biror bir «Lya», «Du», «Мо», «О», «Yo» kabi unlilar bilan kuylanadigan mashqlami qo'llashi zarur. Mashqlami nota bilan o'rganishni tavsiya etish mumkin. Bolalar har bir mashqni avvaiiga nota nomlari bilan aytib, so'ngra so'zlari bo'lsa, so'zlari bilan kuylab chiqishlari mumkin. Bu-nota bilan qo'shiq aytish malakasini rivojlantirishga yordam beradi. O'quvchilarning solfedjio malakalari yetarli bo'lmaganligi va hali notalami tugal bilmaganliklari tufayli I va П sinflarda ko'pgina mashqlar o'qituvchining ovozini eshitish, o'qib olish yo'li bilan o'zlashtiriladi. Mashqlaming ko'pchiligi qo'shiqni sekventsiya shaklidagi bir ovozli (keyinroq iki ovozli) melodik yarim tonlar bo'ylab yuqoriga va pasta qarata kuylashdan iborat. Bir ovozli ya'ni unisonli mashqlami kuylaganda Ш-IV sinflardan boshlab birinchi va ikkinchi ovozlaming diapozoni hisobga olinishi shart. Mashqlami yolg'iz ikkinchi ovozlaming o'zi bir muncha past tovushdan boshlaydi, keyin ularga birinchi ovozlar qo'shiladi. Vokalxor mashqlarini yuqorilama harakatda kuylaganda ikkinchi ovozlar kuylashni ikkinchi oktavadagi Do - Re tovushida tugatadilar, birinchi ovozlar kuylashni ikkiehi oktava Mi - Fa tovushigacha davom ettiradilar. Orqaga qaytishda ikkinchi ovozlar birinchilarga Re2 tovushida qo'shiladilar. Keyin birinchi ovozlar Do tovushigacha borib, kuylashni to'xtatadilar, ikkinchi ovozlar esa kuylashni kichik oktava Lya tovushigacha davom ettirishadi. va xokaxo. I va П ovorlar faqftt I ovoz *) I vа II ovozi ar Boshlang'ich sinflarda vokal -xor mashqlarini kuylatishda «и» unlisi bilan mashq qilish ancha yengil bo'ladi. Buning sababi shuki, «и» unlisi zo'riqishsiz, ohista talaffuz etiladi, uning shakliy tuzilishi har doim bir xil bo'ladi. Boshqa «а», «е», «i» unlilarining shakli esa o'zgarib turishi mumkin. Bolalar bu unlini o'zlashtirganlaridan keyin, uning sifati shubhasiz, boshqa unlilarga o'tib, yengil, osoyishta eshitiladi. «U» unlisi bilan o'tkaziladigan mashqlam stakkato uslubida yengil va ohista kuylash tavsiya etiladi, keyinchalik bir mashqda «U» unlisi boshqa unlilarga birlashtiriladi. Yuqori sinflarda turli bo'g'inda aytiladigan, vokaliz deb ataladigan ovoz mashqlarini ko'proq berish mumkin. Vokal-xor mashqlarining barchasini o'rtacha tempda o'rganish zarur. Agar mashqni jadalroq ijro etiladigan bo'lsa, temp (sur'at) darsdan darsga o'tgan say in o'quvchilaming o'zlashtirishlariga qarab asta-sekin tezlashtirib boriladi. Mashqlami jumovozlik bilan va jo'rsiz kuylash mumkin. Jamoa bo'lib qo'shiq kuylashning eng qiyin turi bo'lgan a capella qo'shiqni aniqroq ohangda va jo'rsiz aytish malakalarin hosil qilishga yordam beradi. Shuni aytish lozimki, yarim tonli sekventsiya mashqlarini kuylash, ayniqsa, boshlang'ich sinf bolalari uchun bir muncha qiyinchilik tug'diradi. Shuning uchun bu mashqlami kuylashga cholg'u asbobida juda oddiy garmoniyalash yo'li bilan yordam berish mumkin. Ikki va uch ovozli mashqlaming birinchi, ikkinchi va uchinchi ovozlari nota bilan avval alohida-alohida o'rganilib, keyin ular turli xilda (birinchi ovoz bilan ikkinchi ovoz, birinchi ovoz bilan uchinchi ovoz, ikkinchi ovoz bilan uchinchi ovoz) birlashtirilib mashq qilinadi. Har bir ovoz (xor partiyasi) o'zining partiyasini mukammal bilgandan so'ng, bu mashqlar bilashtiriladi. Bu mashqlarda jo'rovozlikka - hamma tovushlami tekis eshitilishiga va sozga- hosil bo'layotgan akkordlami aniq-ravshan chiqishiga ayniqsa katta e'tibor berish kerak. Dars oldidan qo'llaniladigan vokal-xor mashqlari ovozlami kuylashga tayyorlash deyiladi. Bunday mashqiar ovoz apparatlarini ishga tushirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ovozlarni kuylashga tayyorlash mashqlari o'qituvchi belgilagan vazifaga ko'ra 5-7 daqiqa 59 davom etadi. Ovozlami kuylashga tayyorlashni cholg'u asbob jo'rligida va jo'rsiz o'tkaziladi. Cholg'u asbob qo'llanilganda bolalar uchun tovush sozligini tekshirib turishga imkoniyat yaratiladi. Ovozlarni kuylashga tayyorlash a capella usulida o'tkazilsa, bolalaming icbki uquvi o'tkirlashadi. Ikki va uch ovozli mashqlar musiqa uquvini va ko'p ovozli qo'shiq aytish malakalarini o'stirish uchun juda foydalidir. Qo'shiq aytganda birinchi ovozlarga, ikkinchi yoki uchinchi ovozlar partiyasini kuylashni topshirish, yoki, aksincha, ikkinchi va uchinchi ovozlar partiyasini kuylashni birinchi ovozlarga topshirish yo'li bilan ovozlaming kuylash tartibini o'zgartirish tavsiya qilinadi. Shunisi ma'qulki, bunday o'zgartish paytida tessitura qiyinchiliklari ro'y bermaydigan mashqlardagina bu usulni qo'llash mumkin. Ko'p ovozli mashqlami jo'rsiz kuylash afzalroqdir. Bolalar tetik ko’tarinki ruh kayfiyatida bo’lsalar, ularning fikrlash qobiliyati aktivlashadi. SHu bilan bolaning musiqani idrok qilishida ham chuqur, emotsional his - tuyg’u holati paydo bo’ladi. Bu holat kuylash jarayonida ijobiy natijalar hosil bo’lishiga olib keladi. Ma’lum bir qo’shiqni kuylash oldidan va kuylash davomida bir qancha vazifalarni amalga oshirishi kerak bo’ladi. 3-sinf o‘quvchilarining kuylash malakalarini rivojlantirishda musiqa darsiga xos faoliyat turlaridan biri bo‘lgan jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash muhim o‘rin tutadi. Jamoali kuylash jarayonida barcha o‘quvchilar birdan kuylash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘quvchilarga olam jahon zavq bag‘ishlaydi. Barcha sinfdoshlari bilan birgalikda hamjihat bo‘lib kuylaganlarida o‘quvchilar bu birlashishda qanchalik katta kuch borligini chuqur his qiladilar. Zero, xor jamoasida qo‘shiq kuylash barcha yoshdagi kishilar uchun ham zavq bag‘ishlay oladi. Afsuski, kattalar bunday baxtni his qilish baxtidan benasib bo‘lib qoladilar. Chunki, kattalarni birlashtiruvchi xor jamoalari bizning xalqimiz uchun odat bo‘lmagan. Xususan, ko‘pchilikni birlashtiruvchi pensionerlar xori yoki katta yoshdagi kishilar xori deyarlik uchramaydi. Vaholanki, yevropalik qariyalardan tuzilgan xorlarda keksalar ham cheksiz zavq-shavq bilan kuylaydilar va o‘zlarining yolg‘iz ekanliklarini his qiladilar. Barcha insonlar singari bolalar ovozi ham har doim birday qo‘shilavermaydi. Ko‘pincha bu o‘quvchilarning kayfiyatiga, salomatligiga va o‘quvchiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham ma’lum bir notani kuylaganlarida birisi sezilar-sezilmas darajada pastroq, ba’zisi balandroq va ba’zisi barqaror kuylaydilar. Bunda talaffuzlar majmuisi tabiiy soz deyiladi. Fortepianoda ma’lum agarda jaranglaydigan notaga ega pasaytirishga ham, yuqorilatishga ham moyillik ko‘rsatmaydi. Shuning uchun ham bu cholg‘u asbobining sozini tekkis soz deb yuritiladi. Bolalar ovozi ham kattalar singari tabiiy sozga ega bo‘lganligi uchun intervallar talaffuzida ba’zi kamchiliklar mavjud bo‘ladi. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xor mutaxassislari intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ayrim intonatsion xususiyatlardan foydalanish zarurligini isbotlaganlar. Kuylash jarayonida intervallarni bu qonun-qoidalarga amal qilgan holda ularning aniq talaffuziga erishish mumkin bo‘lishini isbotlashgan. Melodik intervallarni to‘g‘ri kuylash uchun ularning bosqichlarini quyidagicha kuylash tavsiya etiladi: 1. Barcha sof intervallar sof-1, sof-4, sof-kvinta va sof-oktavalarning har ikki bosqichini (ya’ni pastga va yuqoriga notalarini) barqaror kuylash lozim. 2. Barcha kichik intervallar kichik-2, kichik-3, kichik-6, kichik-7 intervallarning 1-bosqichi barqaror, ikkinchi bosqichi esa pasaytirish, ya’ni past tomonga intiltirib kuylanadi. 3. Barcha katta intervallar katta-2, katta-3, katta-6 va katta-7 intervallarining 1-bosqichi barqaror va 2-bosqichlari esa yuqorilatish yo‘li bilan kuylanadi. Major va minor gammalari ham asosan yuqoridagi qonun-qoidalardan kelib chiqqan holda kuylanadi. Xorga xos muhim elementlardan biri bu ansambl bo‘lib, u fransuz tilidan olingan va barcha xor qatnashchilarining birgalikda, hamjihat kuylashlarini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti barcha fanlar qatori musiqiy fanlarni o‘qitishga ham ma’lum talablar qo‘ydi. Davlat ta’lim standarti talablari asosida, avvalo ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Musiqa madaniyati” darslari uchun maxsus na’munaviy o‘quv dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq qilindi. Hozirgi davrda musiqiy fanlarni o‘qitish yuzasidan ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun Davlat ta’lim standartlari va na’munaviy o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Lekin, “Musiqa madaniyati” darslarini standart talablari va na’munaviy o‘quv dasturlari asosida o‘tish yo‘lida bir qancha muammolar to‘planib qoldiki, bu muammolarni oqilona hal qilish hamda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun birgina musiqa fani o‘qituvchisining imkoniyati yetmaydi. Avvalo shuni aytish kerakki, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda barcha fanlarning uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlari (maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim va oliy ta’limdan so‘nggi ta’lim) da o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam va uzluksiz ravishda o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun talablariga to‘g‘ri keladi va bir qator muammolar tug‘dirmoqda. Muammolarning birinchisi shundan iboratki, har bir bola yashash va ta’lim olish jarayonida qandaydir fanga yoki sohaga qiziqa boradi. Shu jumladan, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan musiqa mashg‘ulotlari va darslari, bolalarning ma’lum qismini ushbu sohaga qiziqtiradi. Ularda kelgusi hayotlarida musiqa ilmiy va ijodiyoti sohasi mutaxassisi bo‘lish ishtiyoqini hosil qiladi. Shunday ekan bolalarni o‘z qiziqishlariga ko‘ra tanlash, rag‘batlantirish va kelgusida shu sohada bilimlarini oshirishlari uchun kerakli shart-sharoit yaratish lozim. Musiqa janrlari ichida eng “demokratik va ommaviy xususiyatga” ega bo‘lgan tur — bu xor san’atidir. U kishilarimizning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni g‘oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi. Mashhur musiqa nazariyotchisi, faylasuf, bastakor va musiqa madaniyati shakllanish davrining asoschilaridan biri B. Asafyev fikricha, xor san’ati musiqani tushuna bilish vositasidir. Xor san’ati ommani «estetik ruhda tarbiyalash bilan birga, kishilarni xalq qo‘shiqlari ijodiyoti durdonalari, o‘zbek, rus va chet el klassik vokal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy dunyosini boyitadi. Xor san’ati ommani musiqaviy tarbiyalashda kishilarni loqayd eshituvchi emas, balki faol qatnashchilarga aylantiradi. Ba’zi bir ijtimoiy kuzatishlarga qaraganda, havaskorlik xor kollektivlarida astoydil qatnashgan kishilar hayotda ham, ishlab chiqarishda ham serg‘ayrat bo‘ladilar. Xor shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot o‘zaro uyg‘unlashib, yaxlit badiiy obraz yaratiladi. Bu san’at doimo xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, o‘zbek , rus va ayrim boshqa qardosh xalqlar milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynab kelgan. Xor san’ati ijodiy rivojlandi, u ko‘p millatli xarakterga ega bo‘ldi.. O‘tmishda professional xor ijrochiligiga ega bo‘lmagan qator qardosh respublikalarda yangi xor san’ati o‘ziga xos yo‘llar bilan shakllana bordi. Mazkur xalqlar o‘zlarining milliy an’analariga tayangan holda musiqa madaniyatlarini yarata boshladilar. Bu muhim ishni amalga oshirishda ilg‘or rus musiqa madaniyati va xor ijrochilik tajribasi ham katta rol o‘ynadi. Tarix o‘tmishida xalqlar hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlar bilan birga, musiqa olamida ham, xususan, xor san’atida ham yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, xor san’ati keng tarqalgan va ko‘p turlarga ega bo‘lgan janr.Ta’kidlaganimizdek, umumestetik tarbiyaning muhim tomonlaridan biri, musiqiy tarbiya hisoblanib, xor san’ati esa musiqa madaniyatining tarkibiy va eng xalqchil qismini tashkil qiladi. Xor san’ati madaniy hayotimizda keng o‘rinni tutgan, inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Xor musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. O‘quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. O‘quvchilar nafosat hissini, san’at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san’atdan bahramand bo‘lishni, avvalo maktablarda o‘rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati darslari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, xor musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi O‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go‘zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni xis eta oladigan bo‘lishi kerak. Olimlardan birlari: «Odam shaxs bo‘lishi uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i kerak» - degan edi. Dirijyor asarni har tomonlama o‘rganib bo‘lgach, o‘zining tuzgan ish rejasi asosida uni xonandalarga o‘rgatishga kirishadi. Asar ustida olib boriladigan ishning asosiy qismi asarni xorga o‘rgatish jarayonida bajariladi va xor ishining asosini ham shu asarni o‘rganish protsessi tashkil qiladi. Chunki asarni o‘rganish bilan birga, xorda vokal-xor ishlari olib boriladi.. Xonandalarga qo‘shiq o‘rgatish paytida ular yaxshi muzika namunalari bilan tanishadilar. Ularning muzikaviy ongi, madaniyati, didi o‘saveradi. Ijro malakalari osha boradi, vokal ko‘nikmalari shakllana boradi. Xonandalarning melodik va garmonik eshitish, hamohang (ansambl) bo‘lib kuylash va notani tez o‘qish va to‘g‘ri intonatsiya qilish qobiliyati takomillasha boradi. Xorga asar o‘rgatishning turli usul va metodlari ijrochilik tajribasida ma’lum. Oddiy qilib aytganda, asar, avvalo texnik tomondan o‘rganiladi. Keyin uning badiiy ijrosi (sayqallash) ustida ish olib boriladi. Umuman, asarni o‘rganishdan oldin uni eshittirish ham muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, asar o‘rgatish jarayonini shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin: — asarni xonandalarga eshittirish; — o‘rgatish; — mustahkamlash va badiiy ifodali qilib aytishga o‘rgatish ishlarini tugallash. Asarni xonandalarga eshittirishdan oldin uning mualliflari (so‘z va musiqa) haqida va asar mazmuni to‘g‘risida tushuncha berish lozim. Ijrochilarni asar bilan tanishtirishda ularga asarning asosiy mazmunini tushuntirish kifoya. Shundan so‘ng asarning badiiy, ta’sirchan ijrosi eshittiriladi. Dirijyor shuni esda tutishi kerakki, asarni xonandalarga ta-nishtirishida ijro yaxshi bo‘lmasa, zng yaxshi yozilgan qo‘shiq ham xor qatnashchilarida yaxshi taassurot qoldirmasligi va ularda asarga nisbatan qiziqish uyg‘otmasligi mumkin. Asar, albatta, ma’lum bo‘laklarga bo‘lingan holda o‘rgatiladi. Ma’lumki, ko‘pchilik hollarda qo‘shiqlar shaklan ikki qismdan iborat bo‘ladi. Qo‘shiqning kirish qismi — daromad va ikkinchi qismi naqoratni tashkil qiladi. O‘z navbatida, har ikkala qismi ham jumlalarga bo‘linadi. Qo‘shiqni mana shu frazalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Qo‘shiq har bir xor partiyasiga alohida o‘rgatilib, keyin birgalikda kuylanadi. Aytganimizdek, boshda asar texnik tomondan, ya’ni uning adabiy teksti, ritmik tuzilishi o‘rganiladi va solfedjio qilinadi. Asar texnik tomondan o‘rganilayotgan davrda xonandalarning taktdagi hissalarni dirijyorlik (taktirovaniye) qilib borishi yaxshi foyda beradi. Buning uchun ular dirijyorlik shakllarini (sxemalarni) bilishlari kerak. O‘rgatiladigan asar shaklan har xil (bir, ikki, uch, to‘rt va h. k.) qismlarda bo‘lishi mumkin. Lekin ularni xorga o‘rgatish metodn yuqorida qayd qi-linganidek bo‘ladi. Asar o‘rganishni asarning melodik-intonatsion tuzilishiga qarab , har xil ovozdan boshlash mumkin. Masalan, ancha tajribaga ega bo‘lgan xorlar uchun avval birinchi ovozni (asosiy kuyni) eshitish va o‘rganishdan boshlash qolgan ovozlarni o‘rganishga birmuncha qulaylik tug‘diradi. Chunki tajribali xonandalar asosiy kuyni anglamay, o‘z partiyalaridagi kuyni hamohanglikda ayta olmaydilar. Ular uchun asosiy kuyni eshitib, o‘z kuylarini aytishi partiyalarni bir-biriga moslashtiradi, shunda partiyalar bir butunlikda yangraydi. Asosiy kuy xonandalarga kuylash, eshitish va nazorat qilib borish imkonini beradi. Aksincha, tajribasizlik xorlarda avval asosiy (yuqoridagi) kuy birinchi ovozda o‘rgatilsa, uni boshqa ovozdagi xonandalar ham eshitib, o‘z partiyalaridagi kuyni aytishda adashishlari mumkin. Shuning uchun har bir asarni o‘rgatishda uning melodik-intonatsion tuzilishiga qarab ish tutish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish jaryoni. Qo’shiq kuylash faoliyati o’quvchilarining ijrochilik mahoratlarini, ovoz ijrosini boshqarishni, aytim yo‘llarini yo‘lga qo‘yadi. Qo’shiq kuylashda o’quvchilarining individual xususiyatlarini, ovoz diapazonlarini hisobga olish zarur. Mazmun va g‘oyaviy jihatdan bu yoshdagi bolalarga mos keladigan lekin diapozon jihatdan to‘g‘ri kelmaydigan asarlar tranpozitsiya qilinib, repertuarlarda qo’llash mumkin. Qo’shiq kuylash faoliyati asar bilan tanishtirish vaqtida musiqa tinglash kabi to‘rt bosqichda tashkil qilinishi maqsadga muvofiq. Download 200 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling