Mavzu: 3-sinflarda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo’llari reja: kirish I bob. Vokal-xor mashqlarida ovozda kuylashni rivojlantirish


Download 200 Kb.
bet8/8
Sana19.02.2023
Hajmi200 Kb.
#1215085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-sinf ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo\'llari

ХULОSА VА TАKLIFLАR
Vokal-xor malakalari yildan-yilga barcha sinflarida asta-sekin mustahkamlanib, sifati yaxshilanib, murakkab shakldagi qo’shiq repertuarlarini kuylashga, ko‘p ovozda kuylashga imkoniyatlari ortib boradi. Vokal-xor malakalarini hosil qilishda ovoz apparati va ovoz hosil qilish organlarini bir maromda o‘zaro alokada normal ishlashiga erishish zarur, aks xolda ovoz apparatiga ziyon etishi mumkin. O’quvchilarning musiqa savodini bilishlari musiqiy asarlarni ongli ravishda o‘zlashtirishlariga, xotiralarida yaxshi saklab kolishlariga yordam beradi. Musiqa savodi faoliyatida musiqiy tafakkur va musiqiy dunyoqarash, musiqiy xotira, musiqiy idrok shakllanadi. Bu faoliyat turida o’quvchilar musiqaning yaratilishi tarixi, musiqaning ifoda vositalari-ritm, temp, registr, o‘lchov, lad, metr, nota yo‘li va yozuvi, tovushlar uzunligi va balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqida to‘lik bilimga ega bo‘lishbilan birga, musiqiy tafakkurlari shakllana boradi. Bu esa o‘z navbatida o’quvchilarni musiqa olamiga olib kiradi va musiqiy dunyoqarashlarini shakllantiradi.
Qo’shiq kuylash uchun tanlangan ko‘p ovozli asarlar va mashqlar o’quvchilarda garmonik eshitish qobiliyatlarini shakllantiradi. 3- sinflarda ikki ovozda kuylash malakalari avval kanon, aks-sado, so‘ngra tersiya bo‘lib kuylash orqali shakllantirib borilib, musiqiy asarlar yordamida mustahkamlanadi. Asosiy maqsad hamohanglik bilan birga sof ohangdoshlikni xosil qilishdir.
Shu o‘rinda shuni aytish joizki, musiqaning qanday faoliyat turi bo‘lmasin, u shaxsning barcha psixologik komponentlarini shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun biz shuni ta'kidlashimiz kerakki, har bir musiqiy faoliyatlar barcha sanab o‘tilgan psixologik xususiyatlarni shakllanishiga qisman bo‘lsa ham o‘z ta'sirini o‘tkazmay ko‘ymaydi.
O‘zbek xalqi asrlar davomida quvonch, g‘am-alam, armon kabi barcha o‘y-kechinmalari va xis tuyg‘ularini kuy va qo’shiqlar orqali ifodalab kelgan. Xalqimizning ma'naviy boyligini uning qo’shiq va kuylarida, unga bo‘lgan xurmat va munosabatlarida ko‘rish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda kuylash malakalari quyidagi vazifalarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
1. Oddiy elementar kuylashni o‘rgatish. Bunda o’quvchilarni toza, sof, ifodali kuylashga o‘rgatish, sof unisonga erishish, kuylash talaffuzini yaxshilash, yumshok va mayin kuylashga yerishish.
2. Oldin o‘rgatilgan mashq va qo’shiqlarni takrorlash jarayonida to‘g‘ri nafas olish, ansambl, ikki ovozda kuylash kabi malakalarni mustahkamlash.
3. Hosil qilingan ko‘nikma va malakalardan samarali foydalanish, ovoz jarangdorligiga erishish va ovoz diapazonini kengaytirish.Ovoz sozlash mashqlarini o‘rgatilayotgan asar xarakteriga xos tarzda tashkillashtirish. Badiiy ijroga erishish, berilayotgan materialni tahlil qilib berish va mazmunli qilib tinglovchiga yetkazish.
4. O’quvchilarda ko‘p ovozda kuylash jarayonida oxangdoshlikka erishish malakalarini shakllantirish.
Qo’shiq kuylash jarayonida fortepiano cholg‘u asbobi bilan bir qatorda, milliy cholg‘u asboblaridan foydalanish. Milliy cholg‘u asboblari o‘z ijrosi, tovush jarangdorligi bilan o’quvchilarni milliy ruxda tarbiyalashga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti barcha fanlar qatori musiqiy fanlarni o‘qitishga ham ma’lum talablar qo‘ydi. Davlat ta’lim standarti talablari asosida, avvalo ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Musiqa madaniyati” darslari uchun maxsus na’munaviy o‘quv dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq qilindi. Hozirgi davrda musiqiy fanlarni o‘qitish yuzasidan ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun Davlat ta’lim standartlari va na’munaviy o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Lekin, “Musiqa madaniyati” darslarini standart talablari va na’munaviy o‘quv dasturlari asosida o‘tish yo‘lida bir qancha muammolar to‘planib qoldiki, bu muammolarni oqilona hal qilish hamda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun birgina musiqa fani o‘qituvchisining imkoniyati yetmaydi. Avvalo shuni aytish kerakki, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda barcha fanlarning uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlari (maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim va oliy ta’limdan so‘nggi ta’lim) da o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam va uzluksiz ravishda o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun talablariga to‘g‘ri keladi va bir qator muammolar tug‘dirmoqda. Muammolarning birinchisi shundan iboratki, har bir bola yashash va ta’lim olish jarayonida qandaydir fanga yoki sohaga qiziqa boradi.
Shu jumladan, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan musiqa mashg‘ulotlari va darslari, bolalarning ma’lum qismini ushbu sohaga qiziqtiradi. Ularda kelgusi hayotlarida musiqa ilmiy va ijodiyoti sohasi mutaxassisi bo‘lish ishtiyoqini hosil qiladi. Shunday ekan bolalarni o‘z qiziqishlariga ko‘ra tanlash, rag‘batlantirish va kelgusida shu sohada bilimlarini oshirishlari uchun kerakli shart-sharoit yaratish lozim.
FОYDАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI
I. O‘zbekiston Respublikаsi qonunlаri
1.1. O‘zbekiston Respublikаsi Konstitusiyasi. – T., “O‘zbekiston” nаshriyoti, 2012. – 40 b.
1.2. O‘zbekiston Respublikаsi “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi to‘g‘risidа”gi Qonuni. 7 oktabr 2013 yil (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr).
1.3. O‘zbekiston Respublikаsining “Tа’lim to‘g‘risidа”gi qonuni. T.1997.
II. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti fаrmonlаri vа qаrorlаri,
Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrorlаri
2.1. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2017 yil 7 fevrаldаgi “O‘zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi to‘g‘risidа”gi PF-4947-son Fаrmoni.
2.2. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Mаdаniyat vа sаn’аt sohаsini yanаdа rivojlаntirish vа tаkomillаshtirishgа doir chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi Qаrori. 2017 yil 31 mаy №PQ-3022. “Xаlq so‘zi” gаzetаsi, 1 iyun 2017 yil.
2.3. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “O‘zbekistondа musiqа sаn’аtini rivojlаntirishni qo‘llаb-quvvаtlаsh vа rаg‘bаrlаntirish chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi Fаrmoni (1995 yil 20 oktabr) // “O‘zbekiston ovozi”. –Toshkent: 1995, 21 oktabr.
III. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti аsаrlаri
3.1. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi vа inson mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа xаlq fаrovonligining gаrovi. T: “O‘zbekiston”, 2017.
3.2. Mirziyoyev SH.M. Erkin vа fаrovon, demokrаtik O‘zbekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo etаmiz. T:«O‘zbekiston», 2017.
3.3. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelаjаgimizni mаrd vа olijаnob xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. T: “O‘zbekiston”, 2017.
3.4. Kаrimov I.А. Istiqlol vа mа’nаviyat. –T: “O‘zbekiston”, 1994. -160 b.
3.5. Kаrimov I.А. Yuksаk mа’nаviyat – yengilmаs kuch. –T: "O‘zbekiston”, 2008. ‒ 176 b.
3.6. Kаrimov I.А. Onа yurtimiz bаxtu iqboli vа buyuk kelаjаgi yo‘lidа xizmаt qilish – eng oliy sаodаtdir. –T: "O‘zbekiston”, 2015. ‒ 304 b.
IV. Аsosiy аdаbiyotlаr
1. Qahharov N.V. Vokal asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2008. 314 b.
2. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Dasrslik. Toshkent. Yangi avlod asri. 2009. 304 b.
3. Mirzaeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Ma’ruzalar matni. Toshkent. 2008. 48 b.
4. Omonnulaeva D. Estrada xonandaligi. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2007. 110 b.
5. Jalilov M.R; «Qo’shiqlar hrestomatiyasi». O’quv qo’llanma. Toshkent: TDPU, 2002 y.
6. Qahharov N.B., Ayubov K. “Vokal san’ati asoslari” . O’quv qo’llanma. Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2008 y.
7. Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012. www.Completevocalinstitute.com
8. American popular music. Larri Star & Christopher Waterman. Oxford Universite Press. Inc. 2007.
Qo’shimcha adabiyotlar
1.”O’zbekiston Vatanim manim” to’plam I, II, III, IV-qismlar. Toshkent: Mehnat, 1997.
2. Sadirov J.S., , Qahhorov N.B., Abdurashidova N.A. “Qo’shiqlar hrestomatiyasi”. Toshkent: TDPU. 1996.
3.Jalilov M.R, Sadirov J.S: “Qo’shiqlar hrestomatiyasi”. Toshkent: O’qituvchi. 1995.
4.Aden G. “Xrestomatiya vokalno-pedagogicheskogo repertuara (dlya bariton i basa). M. 1966.
5.Turaev Yu., Amanullaeva D. Voprosq metodiki prepodavaniya estradnogo peniya. Uslubiy o’quv qullanma. T., 2004.
Elektron – ta'lim resurslar
www.ziyonet.uz
www.unesco.org/culture/ich
www.ichcap.org
www.nmm.uz
www.natlib.uz
www.etmus.ru
www.ruplace.ru
http://www.ethnomusicology.org
http://www.eduard.alekseyev.org
www.folkinfo.ru
www.classicmusic.uz
Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling