Mavzu: 3-sinflarda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo’llari reja: kirish I bob. Vokal-xor mashqlarida ovozda kuylashni rivojlantirish


Download 200 Kb.
bet1/8
Sana19.02.2023
Hajmi200 Kb.
#1215085
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-sinf ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo\'llari


MAVZU: 3-SINFLARDA IKKI OVOZDA KUYLASHNING AHAMIYATI VA YO’LLARI
REJA:
KIRISH
I BOB. Vokal-xor mashqlarida ovozda kuylashni rivojlantirish.

  1. Vokal-xor mashqlari

  2. O’quvchilarni qo’shiq kuylash jarayoni bilan tanishtirish

II BOB. 3- sinflarda qo’shiq kuylashni o’rgatish metodlari
3. Kuylash va uning yo’llari.
4. Ko’p ovozda kuylashning ahamiyati
Umumiy xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
Ilovalar


KIRISH
Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya’ni insonlarni ruhiy hamda ma’naviy tarbiyasiga asos bo‘la oladigan omil sifatida qaraladi. O‘quv-ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e’tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir.
Qolaversa, ta’limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada o‘qitish mezonida qo‘llanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yahlit bir o‘quv adabiyoti ko‘rinishiga keltirib takomiliashtirish taqozo etilmoqda.
Zamonaviy jarayonda o‘tmish an’analariga yangicha qarash, ilg‘or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, ma’naviy, barkamol, estetik va badiiy dunyoqarashi shakllangan, madaniyatli insonlar qilib tarbiyalash bugungi kunda ta’lim-tarbiya muassasalari oldida turgan dolzarb masalalardandir.
Respublikamiz mustaqillika erishgan dastlabki yillardan boshlab, har tomonlama rivojlangan, maʼnaviy va axloqiy salohiyati yuksak barkamol inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor yoʼnalishlari qatoridan oʼrin olib kelmoqda.
Kurs ishining dolzarbligi:
Vokal-xor malakalarini shakllantirish esa uzoq va uzluksiz, tizimli yo’lga qo’yilgan o’quv va ijodiy jarayonni talab qilishi tufayli, fanga ajratilgan o’quv soatlarini g’oyat cheklanganligi ushbu jarayonni sinfdan tashqari faoliyatlar uyg’unligida yo’lga qo’yishni taqozo etadi. Bu esa jiddiy pedagogik muammo sifatida musiqiy ta’lim jarayonida o’quvchi-yoshlarni musiqiy qobiliyat va ehtiyojlarini shu jumladan ularni vokal-xor malakalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim jarayonining pedagogik va metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga keng tadbiq etishni dolzarb vazifa qilib qo’yadi. Umumta’lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo‘yiladigan umumiy talablar, uning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, lekin musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib, uni samarali tashkil etish yo‘llarini aniqlash alohida muammo sifatida o‘rganilganicha yo‘q. Amaliyotda ham ushbu muammo, musiqa tarbiyasining boshqa ko‘plab muammolari qatori o‘zining to‘laqonli yechimini topmagan bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Shu o’rinda maktab musiqa ta’limidagi “jamoa bo’lib kuylash” faoliyati oldiga qo’yilgan maqsad, vazifalar mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tsak. Maktab musiqa ta’limidagi “jamoa bo’lib qo’shiq kuylash” faoliyati juda serqirra va keng diapazondagi o’quv-tarbiyaviy ishlarni qamrab oladiki, ulardan eng asosiylari, bu – o’quvchilarning vokal-xor malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida vokal ovoz hosil qilish, tovushni yo’llash, nafas olish, uni tejamli sarflash, nafasni qanday olish, qanday sarflash (tovush hujumi), musiqiy eshituv (tovushni o’z balandligida eshitish, his qilish, sof intonatsiya (tovushni o’z balandligida kuylash), diksiya (sof talaffuz), artikulyatsiya (ovoz apparatini to’g’ri ishlata bilish), ansambillik (jo’rnavozlikda kuylashga erishish), soz (musiqa tonalligiga, o’qituvchi ovoziga sozlanish), notaga qarab kuylash (varaqdan o’qish), kuylashda dirijorlik ishoralarini tushunib, unga rioya qilib kuylash, ohang matnini “solfedjiolash”, dinamik belgilarga rioya qilib kuylash, ko’p ovozli kuylash ko’nikma va malakalarini egallash kabilarni o’z ichiga oladi. Ko’rinadiki, bunday keng diapazonda ishlarni birgina dars jarayonida muvaffaqqiyatli amalga oshirish imkoniyati juda ham cheklangan.
Chunki 1 soatlik musiqa darsi bundan tashqari ham bir qator o’quv vazifalarini amalga oshirishni (nazariy savodxinlik, musiqa tinglash va tahlil qilish, musiqaga mos ritmik va raqs harakatlarini bajarish, bolalar cholg’u asbobida jo’r bo’lish) taqozo etadikim, aynan mana shu sabablar “jamoaviy ijrochilik” faoliyatini (maktab musiqa ta’limida bir sinf bir jamoa sanaladi) sinfdan tashqari xor to’garagi faoliyati bilan muvaffaqlashtirish maqsadga erishishning eng to’g’ri, samarali yo’li ekanligini kafolatlaydi.

Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling