Mavzu: 3-sinflarda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo’llari reja: kirish I bob. Vokal-xor mashqlarida ovozda kuylashni rivojlantirish


Download 200 Kb.
bet2/8
Sana19.02.2023
Hajmi200 Kb.
#1215085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-sinf ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo\'llari

Kurs ishining maqsadi:
Respublikamiz prezidenti Sh.Mirziyoyev musiqa madaniyati o’qituvchilarini ya’ni shu kasb egalarining imkoniyatlarini chuqur his qilgan holda, yosh avlodga musiqiy ta’lim berish zarurligiga alohida e’tibor qaratib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida maxsus farmon chiqardi.O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda musiqа darslari va musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada musiqa muallimlari asosiy e’tibor boshlabg’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy va ma’rifiy jihatdan yetuk bo’lishlariga qaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi, ayniqsa qo’shiq o’rgatish jarayonida badiiy ijodkorlikni tarbiyalashga e’tiborni qaratish o’ta muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblaiadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarorida “umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi[1]”. Olib borilayotgan islohatlar shuni ko‘rsatib turibdiki, o‘zbek milliy musiqa san'atining kelajagi porloqdir.
Kurs ishining vazifasi:
Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san’at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir. Musiqa madaniyati fani o’qituvchilari boshlang’ich sinflardan qo’shiq kuylash malakalarini shakllantira olsagina bolalarda to’gri kuylash ko’nikmasi xosil bo’ladi. Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo‘lib, musiqa tarbiya eng asosiy o‘rinni egallaydi. Boshlang’ich sinf o’qituchilarida qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish musiqa darsi oldida turgan muhim masalalardan biridir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq kuylash - musiqaviy qobilyatning rivojlanishida, kuylash malakalarining shakllantirishda, shu jumladan, bo’lajak musiqashunoslarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi.

Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling