Mavzu: 4 – sinfda “til” mavzusini o’rganish


Download 223 Kb.
bet11/13
Sana06.02.2023
Hajmi223 Kb.
#1169055
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Valiyeva Saltanat Yuldashevna

DARS ishlanma
Mavzu. Nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar. 194-197-mashqlar
Maqsad. Shaxs (kishi) va narsalarning ish-harakatini bildirgan so‘zlarga (fe'llarga) so‘roq berish ko‘nikmasini o‘stirish; harakat bildirgan so‘zlar (fe'llar) bir kishi bajarayotgan, bajargan ishni (birlikni) va ko‘p (ikki va undan ortiq) kishilar bajargan ishni (ko‘plikni) bildirishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o‘sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;
C) Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: aralash; _______________
Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
— Siz bu darsda so‘zlar nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so‘roqlariga javob bo‘lishini bilib olasiz.
II. Nima qilyapti? vanima qilyaptilar? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning qo‘Uanishi yuzasidan kuzatish. 194- mashq.
Taqqoslang: agar so‘z nima qilyapti?so‘rog'iga javob bo‘lsa, harakat necha kishi (nechta bola) tomonidan bajarilyapti va so‘z nima qildilar? so‘rog'iga javob bo‘lsa, harakat necha kishi (nechta qizcha) tomonidan bajarilyapti? (O‘qituvchi o‘quvchilar javobini umumlashtiradi.)
O‘quvchilar xulosani darslikdan o‘qiydilar. O‘z misollarini aytadilar.
III. Kishilar va narsalar harakatini bildirgan so‘zlarni bilib olish. 195— 196- mashqlar.
IV. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz?
V. Uyga vazifa. 197- mashq.


DARS ISHLANMA
Mavzu. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar. 198-200-mashqlar
Maqsad. O‘quvchilarda so‘zga berilgan so‘roq bilan shu so‘zning umumiy leksik ma'nosini (shaxs va narsalarning) o‘zaro bog'lanishi haqidagi to‘g'ri tasavvurni o‘stirish. Matndagi nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan so‘zlarni farqlash ko‘nikmasini shakllantirish.
B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o‘sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;
C) Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: aralash; _______________
Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.

Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling