Mavzu: 4-sinfda matematika darsligi ustida ijodiy ishlash, darslik tahlilini amalgam oshirish metodikasi
-sinf matematika darsligidagi arifmetik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish
Download 84.5 Kb.
|
4-sinfda matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. 4-sinf matematika darsligidagi geometrik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish
2.2. 4-sinf matematika darsligidagi arifmetik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish
Boshlang‘ich matematika kursining asosiy materiali natural sonlar va asosiy kattaliklar, matematikasidir. Butun boshlang‘ich ta‘lim davomida bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni amaliy qo‘llanishining turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalarning sonlarni ba‘zi xossalarini, o‘nli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan hisoblash usullarini o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan ish bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu ishning natijasida bolalar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi masalalarni ham, o‘rganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va o‘quv masalalarini hal qilishga tatbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda og‘zaki va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak. Bunda nazariya va amaliyot dasturning arifmetik qismi ustida ishlash davomida birgalikda va bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Umumiy maktab ishida dasturni aynan shu muhim talabi ko‘pincha buzilishini ko‘rsatadi. 2.4. 4-sinf matematika darsligidagi geometrik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish Geometrik material dasturda mustaqil bo‘lim sifatida o‘qitish jarayonida ajratib ko‘rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalarni imkon bo‘lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan imkon bo‘lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada doim qarab chiqiladi. Geometrik material bilan tanishishda o‘lchashlarga ancha katta o‘rin beriladi,bolalar kesmaning uzunligini (1 sinf), berilgan ko‘pburchakning perimetrini (2 sinf), to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini (4 sinf) topishni bilishlari kerak. Geometrik mazmunli masalalar asosan qog‘oz varag‘ini bukish, figuralarni chizish va hakozolar bilan bog‘liq amaliy ishlar asosida qarab chiqiladi. Dasturda bolalar qachon chizg‘ichdan foydalanishni o‘rganishlari vaqti ko‘rsatilgan, ular qanday sodda mashqlar va o‘lchashlar bajarishlari kerakligi ko‘rsatilgan. Bular berilgan uzunlikda kesma chizish va o‘lchov chizig‘i yordamida kesmalarni o‘lchash, keyin qog‘ozga to‘g‘ri to‘rtburchak yasash, chiziqsiz qog‘ozda chizmachilik uchburchagi yordamida to‘g‘ri burchak va to‘g‘ri to‘rtburchaklarni yasashni o‘rganishdir. Endi 4-sinf matematika darsligidagi geometrik mazmundagi masalalardan ko‘rib chiqamiz. 1.To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydoncha atrofini simto‘r bilan o‘rab olish kerak. Agar maydonchaning bo‘yi 8 m, eni 7 m bo‘lsa, necha metr simto‘r kerak bo‘ladi? Berilgan: Maydonnng bo’yi – 8 m; Maydonning eni – 7 m; Maydonni o’rash uchun - ? m simto’r. Yechish: 7+8=15 15*2=30 Javob: 30 metr simto’r. Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling