Mavzu: 6-7 yoshli bolalarda maktab ta’limiga qiziqishni shakllantirish xususiyatlari kirish
Bolani maktabga tayyorgarligini aniqlash
Download 235.41 Kb.
|
ахмедова мафтуна
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kern-Irasek uslubi bo’yicha tashxis o’tkazish
- Xulosa va tavsiyalar
2.2 Bolani maktabga tayyorgarligini aniqlash
Bolaning maktabga yetukligi aniqlash uchun bir nechta psixologik tashxislar mavjud. Bolalarning tevarak –atrofdagi umumiy yo’nalishi va maishiy bilimlar boyligi”ni o’rganish metodikasida Javoblar tahlili, baholar chiqarish, shu asosda taraqqiyot darajasini belgilash o’rtasida ham o’xshashlik mavjud. Maktabga endi qabul qilinayotgan bolalar uchun savollar beriladi. (to’g’ri javob - 3 tadan kam bo’lmagan kiyimlar va 3 tadan kam bo’lmagan har xil oshxona jihozlari aytilishi kerak) Har bir savolga berilgap to’g’ri javob uchun bola 1 balldan oladi. Maksimal ball, bola barcha savolga to’g’ri javob bersa 10 ballni tashqil etadi. Har bir savolga javob berish uchun 30 sekund vaqt ajratiladi. SHu vaqt ichida javob bermasa, xato deb hisoblanadi va 0 ball bilan baholanadi. Barcha savollarga to’g’ri javob - berib, 10 ballni qo’lga kiritgai bola maktabda o’qish uchun to’liq psixologik tayyor hisoblanadi. SHu vaqt ichida bolaga qo’shimcha savollar ham berish mumkin, ammo aytib berish kerak emas. MASALAN:
Metodika bo’yicha maksimal ball – 10ball bo’lib, barcha savollarga javob bergan bola maktabda o’qish uchun to’liq psixologik tayyor hisoblanadi. Kern-Irasek uslubi bo’yicha tashxis o’tkazish Bolalarni tekshiruvdan o’tkazish 4 topshiriqdan iborat bo’lib, undan ko’zlangan maqsad ulardagi maktab uchun zarur bo’lan faoliyatlari rivojidagi, jumladan, bosh miya chanog’ini analitik va sintetik vazifalari, motorikalaridagi yetishmovchilikni aniqlash. Kern-Irasek metodi bo’yicha bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligi darajasini aniqlash alohida yoki 10-15 boladan iborat guruh bilan bir vaqtning o’zida olib borilishi mumkin. To’rtinchi topshiriq esa har bir bola bilan alohida, maxsus ajratilgan xonalarda ajratiladi. Bolaga (yoki guruhdagi 10-15 bolaga) oddiy qog’ozdan toza bir varoq beriladi. Qog’ozning yuqoridan o’ng burchagiga bolaning ismi, familiyasi, yoshi hamda tekshirish o’tkazilayotgan sana yozib quyiladi. Ish qog’ozi tagiga qattiq qog’oz quyiladi. Qalam bolaning oldiga shunday qo’yilishi kerakki, unga o’ng va chap qo’l bilan ham olish o’ng’ay bo’lsin. 3- jadval
Metodika bo’yicha har bir topshiriqga ball ajratilgan bo’lib, savollarga javob berish darajasiga ko’ra ball beriladi. Xulosa va tavsiyalar Kurs ishimizni ilmiy va amaliy jihatdan o’rganilgan darajasiga ko’ra quyidagi xulosaga keldik. 1. Bolalarning maktabga yetukligi deganda uning jismoniy, shaxsiy (ruxiy), Aqliy, maxsus tayyorgarlikgi inobatga olinadi. 2. Maktabgacha ta’lim muassasalarimizda xorijiy tillarga, kompьyuterga o’rgatish, jismoniy va musiqa tarbiyasini chuqur o’rganish samarali natija beradi. 3. Bolaning maktabga yetukligini o’z vaqtida aniqlash hamda rivojlantiruvchi korrektsion ishlar olib borish lozim. 5. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning maktab ta’limiga jismoniy tomondan tayyorgarligini aniqlashni to’g’ri tashqil etish. 6. Oilada bolani maktab ta’limiga psixologik tayyorlash asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Ota-onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga uta ma’suliyat bilan karashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashklarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to’g’ri va vitaminlashtirilgan ovkat berish, dam olishni, uykuni to’g’ri tashqil etish vaktida shifokor nazoratidan o’tkazishlari zarur. 7. Bola 5-6 yoshdan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash uchun Aqliy rivojlantirish yetarli bulishini ta’minlash tarbiyachidan katta mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib boradi, boyib boradi. Nutk shAqllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy Aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Bolalarda Aqliy faoliyatni dastlab muomala orkali, sung mashg’ulotlar, bilish berish orkali amalga oshiriladi.. Tavsiyalar Kurs ishimiz xulosasiga ko’ra quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik. - Bola uchun mas’ul bo’lgan har bir shaxs maktab ta’limiga yetuklik tushunchasining mohiyatini to’liq bilishi zarur. - Bolalarni maktabga tayyorlashda salomatligi va jismoniy rivojlanganligining axamiyati muhimligini anglash. - Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlash - Bolaning maktabga yetukligini tashxislash usullarini har bir amaliyotchi psixologlar bilishi zarur. - Bolalarning maktabga yetukligida Aqliy tayyorgarlikning muhimligi, bunda mashg’ulotni to’g’ri tashqillashtirish, tizimli va samarali olib borish joiz. Download 235.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling