Mavzu: 6-7 yoshli bolalarda maktab ta’limiga qiziqishni shakllantirish xususiyatlari kirish


Download 235.41 Kb.
bet7/14
Sana23.04.2023
Hajmi235.41 Kb.
#1388654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
ахмедова мафтуна

Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda kanday ukiysan?

  • Sanashni bilmaysan-u, maktabga kanday borasan?

  • Maktabga borsang, urtoklaring bu qiligingdan qo’lishadi!

  • Xech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!

    Kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan kurkish, undan xavfsirashning shAqllanishiga asos bulishi mumkin. SHunday kurkuv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo’lgan munosabatini o’zgartirish, ularda o’ziga nisbatan ishonch uygotish uchun xaddan ziyod kuch, vakt, mexnat, sabr-tokat, chidam, e’tibor zarur buladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shAqllantirishga karaganda shubxasiz, murakkab jarayondir.
    Bolani birinchi sinfda o’qitishda yuzaga keladigan kiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan buladigan mulokotlari shAqli u yoki bu vaziyatga bog’liq bulmagan xolda, shaxsiy axamiyatga ega bulishi muxim axamiyatga ega. Bunday mulokot bolaning kattalar e’tiboriga va xamdardligiga bo’lgan extiyoj va extiyojlarni kattalar tomonidan kondirilishi bilan xarakterlanadi. Mulokotning bu shAqliga erishgan bolalar uchun kattalarga e’tibor, ular murojatini tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan xam ularga nisbatan shunday e’tibor kursatilishiga bo’lgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (kuchada, uyda, mexmonda, ishxonada) o’zlarini kanday tutishlarini farklay oladilar. Kattalarning bunday xulkni anglash evaziga bolalar xam kattalarga, ukituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon qiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shAqllanmagan bulsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan xam tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi.
    Ota-onalar xar bir bola ruxiy rivojlanishida o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bulishini yodda tutishlari lozim. Ba’zi bolalar endigina birinchi so’zlarni o’zlashtirganlarida ularning tengkurlari allakachon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan buladilar.
    Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bulishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan xam bog’liq dir. Bolalar o’z temperament xususiyatlariga kura xam bir-birlaridan ajralib turadilar:

    • Xushchakchak, sergap, kuvnok, xayotning o’zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar – sangvinnik temperamentga mansub buladilar.

    • Kupincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar – melanxolik temperamentga kiradilar.

    • Xotirjam, befark, kamxarakat, nutki sust bolalar – flegmatiklardir.

    • Jaxldor, betokat, serzarda, xarakatchan bolalar – xolerik hisoblanadilar.

    Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bulishiga karab xam bir-birlaridan fark qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti-xarakatni bajarishni bir necha marta kursatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshka bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba kursatilsa yetarli buladi. SHunday bolalar xam borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar. Bolalar o’zlarini kizikuvchanlik, Aqliy faolliklariga karab xam bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar kup savol beradilar va xarakatchan buladilar, ba’zi bolalarni esa xech narsa kiziktirmaydi. Ota-onalar bolalaridagi o’ziga xosliklarni kanchalik chukur bilsalar, ularga urgatishni muvaffakiyatli tashqil qila oladilar.
    Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo’lib rivojlangan bulishi darkor. Bolalarga kanchalik yaxshi bilim bersak, uylaymanki ular kelajakda Vatanga sadokat ruxida, yetuk inson bo’lib yetishadilar. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axlokiy xis-tuygularni tarbiyalash uchun xamma vosita va metodlarni qo’llasa, yaxshi xulk namunalarini o’rgatish ancha oson kechadi.
    Olti yoshli bolalarni maktab faoliyatidagi kun tartibi juda murakkab vazifa bo’lib, ayrim ota-onalar bu mas’uliyatni ayniqsa bola xayoti va maktabgacha yoshdan o’tish davrida muximligini xis qilmaydi. Uqish davrini birinchi yili 1-sinf o’quvchilariga katta talab qo’yiladi. Bola mexnat tizimiga tayyorlanadi, unda yangi majburiyat va mas’uliyatlar paydo bo’ladi. Unga belgilangandanda ko’proq xarakatlanish to’g’ri keladi.
    Oila tashqil qilib bergan barcha kun tartibi va maxsus shug’ullanish xamda idrok etishga bog’lik mashg’ulot bolani maktabda o’qishga yaxshi tayyorlash mumkin.
    Kun tartibi umumiy ko’rsatkich asosida olinib: kundo’zi va kechki uyqu, gigienik tayyorgarlik, yetarlicha toza xavodagi faol xarakatdan turli mashg’ulotlarni olish bu navbatma navbat almashtirish va ovqat ratsionidan iborat.Me’yoridagi uyqu vaqtida bola organizmi dam oladi uni ishchanlik qobiliyati tiklanadi.
    Sog’lom bolani xar kuni bir vaqtda uxlashga o’rgatsak, tezda ko’nikib, uxlab qoladi. Belgilangan vaqtga bolani uxlashga va uyg’onishga odatlantirish juda muxim.
    Uyqudan oldin asosan kechki uyqudan oldin bola tinch va xotirjam bo’lishi kerak. Uyqudan oldin kattalar bolalarga kiyimlarini va oyoq-kiyimlarini saranjomlashga o’rgatadilar. Keyin bolalar umumiy gigiena qoidalarini amalga oshiradilar.Nafaqat gigiena orqali emas, suv bilan chiniqish asab sistemasiga ta’sir ko’rsatadi.Bu xar kuni bir vaqtda amalga oshirilsa, bola tezda uyquga ketishiga yordam beradi.
    Bola o’rni ozoda, juda qattiq xam yumshoq xam bo’lishi kerak emas.SHu kabi tovushlar, chiroq, radio ovozi, qattiq gaplashish bola uyqusiga xalaqit beradi.
    Bola tez-tez shamollatib boriladigan xonada uxlashi zarur. Sovuq kunlarda xona xarorati +18 gradus bo’lishi kerak. Kechki uyqu 11.5, 12 soatga cho’zilishi mumkin.
    Maktab yoshidagi bola xar kuni kamida 4 soat ochiq xavoda bo’lishi shart. Ochiq xavoda bolani yurishi uni xayotiy jarayonlarini (moddalar almashinuvi, nafas va yurak qon-tomir sistemasiga)chiniqtirish faoliyatini kuchaytiradi.
    Qishda sovuq xavoda bolalarni ochiq xavoda bo’lishi kamaytiriladi, yozda esa bolalar ko’proq kun davomida ochiq xavoda bo’lishlari zarur.
    Bolaning kuni ertalabki badan tarbiyadan boshlanishi kerak.Jismoniy mashq bolalarda kuch va qiziqish uyg’otadi. Badan tarbiyadan keyin bolalarda chiniqish xolatlari: xo’l sochiqqa artinish yoki sovuq suvda yuvinish olib boriladi. So’ngra bola kiyinadi, tishini tozalaydi, yuvinadi. Sochini tartibga soladi. SHaxsiy gigiena qoidalarini kuzatishda bolani sog’ligini saqlashga e’tibor berishi щart. Ayni maktabgacha yoshda bo’lgan bolalar murakkab bo’lmagan yangi madaniy-gigienik bilimlarni juda tez o’zlashtiradi.
    Bolalarga gigienik yangi bilimlarni o’rgatishda ota-onalar shaxsiy xulq-atvorlari, bolalarga namuna bo’lishida katta axamiyatga ega. Bolada yuz va qo’li uchun aloxida oyoq uchun sochig’i, tish chyotkasi, va tish pastasi bo’lishi shart. Tishlarni xar kuni ertalab va kechqurun tozalash kerak.
    Bola xayotining 8-yilida kun tartibida ona tili mashg’uloti, hisoblash, tasviriy faoliyat, loy ishi, qurish-yasash olib boriladi. Maktabdagi pedagog maslaxati ota-onalarga bolalari bilan o’tadigan mashg’ulotlar tarkibini aniqlashga yordam beradi. Bunday mashg’ulotlar 1-sinf ishini o’zlashtirishga tayyorlaydi.
    Amaliyotda tekshirib ko’rilgan va o’zini yoqlagan quyidagi mashg’ulotni o’tish varianti va uning davomiyligi:
    - Birinchi davr – 3 ta mashg’ulot, 20 minutda , ular orasidagi 10 minutni tanaffus bilan.
    - Ikkinchi davr – 3 ta mashg’ulot 25 minutdan, ular orasidagi 10 minutli tanaffus.
    Bu davrlarni 1,5-2 oyga o’zaytirish mumkin. Olimlarni isbotlashicha, 6 yoshli bolalarda faol diqqati davomiyligi 15-20 minut mashg’ulotidayoq bolalar charchaydi, ularning mexnat qobiliyati pasayadi va 10 minut o’tmaguncha xam tiklanmaydi. SHuning uchun xam 2 ta mashg’ulotni savodxonlik va hisobni ketma-ket berish maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi 2-mashg’ulotni xarakatli o’yinlar bilan o’tkazish kerak. Sayrdan keyin tushlik va uyqu oralig’ida yana bitta mashg’ulot o’tkazsa, 3 ta mashg’ulotni sekin-astalik bilan o’tkazish kerak.
    Bola organizmi «ishga chiqishga» sekinlik bilan ta’mirlanadi. Bu davr 5-6 yoshli bolalarning 80% i da 2 dan 7 minutgacha o’zayadi. O’rtacha hisobda 5-6 minut. Keyin ishchanlik qobiliyati yuqori darajada tiklanadi. Bu qobiliyat o’zgarishi sog’lom bolalar uchun belgilangan. Bolalar charchaganida ishchanlik qobiliyati va diqqati tarqoq bo’ladi. Odatda u tashqi ko’rinishda, tez chalg’ishida, xavotirli xarakatlarda seziladi. Kichik «jismoniy daqiqa» o’tkazilishi bolalarni ishchanlik qobiliyati tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Kerak bo’lsa mashg’ulot yana 10-15 minut o’tkazilishi mumkin. Haftani o’tishida bolani ishchanlik qobiliyati xarakterini o’zgarishiga olib keladi. Seshanba kuni 6 yoshli bolalarda markaziy nerv sistemasi funktsional darajasi yaxshi bo’ladi va ishchanlik qobiliyati juda baland ko’rsatkich bo’ladi.
    CHorshanbadan shanbagacha bolalarda qisqa mashg’ulotlarda xam ishchanlik qobiliyati pasaya boshlaganini Kuzatishmumkin.Dushanba ertalabki vaqt ishchanlik qobiliyati past bo’ladi. Bunday ishchanlik qobiliyati o’zgarishini inobatga olgan xolda, bolalarga dushanda va shanba kuni tasviriy faoliyat, loy ishi, applikatsiya, qurish-yasash mashg’ulotlari o’tiladi. Mashg’ulotdan avval xona shamollatiladi. Kattalar bolalarni ish stolini joylashishi va o’lchamlariga e’tibor berish kerak.
    Agar mashg’ulotda odatiy stol mavjud bo’lsa, u yog’ochdan tayyorlangan bo’lishi, qiyaligi 12-15 darajada bo’lishi kerak. Bunday stol o’tirishi va ko’zini tasviriy faoliyat bilan shug’ullanishida charchashidan saqlaydi.Kun tartibida bolani o’z talovi asosida o’yin va mashg’ulot uchun bo’sh vaqt ajratish kerak. Bu vaqtni kundo’zgi uyqudan keyin yoki kundo’zgi mashg’ulotdan so’ng belgilash kerak.Bo’sh vaqtda bolalar radio dastur eshitishlari mumkin va xaftasiga 3 martadan ortiq bo’lmagan bolalar uchun televizion dasturlarni ko’rishlari mumkin.
    Tushlik ovqatlanish bolani me’yordagi jismoniy va aqliy rivojlanishini asosiy shartlaridan biri hisoblanadi va bolani maktabga tayyorlash shartlaridan biri xamdir. Oziqlanish tarkibi bolada energetik quvvatga xayotiy jarayonlarni charchashiga olib keladi.
    Bola 5-6 yoshda 2000 kaloriya sutkada qabul qilishi kerak. Bunda oqsil, yog’ va uglevod, xayvon va o’simliklar yog’i, mineral to’z va vitaminlar bo’lishi kerak. Ovqatlanish 4 maxal, aniq bir vaqtda bo’lishi shart. Oqsil, yog’, uglevod va mineral to’z organizmning asosiy ozig’idir. Ovqat tarkibidagi oqsil va uni sifati organizmni o’sishi va o’sish jarayoniga bog’liqdir. Hayvon oqsilida va bolani ovqatlanishidagi oqsil umumiy tarkibini 60% ga to’g’ri keladi. Hayvon oqsili go’sht, baliq va tuxum tarkibida mavjud. Oqsil yetishmasligi organizmni o’sish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi, turli kasalliklar keltirib chiqaradi. Yog’lar asab va ish uchun asosiy qurilish materialidir. Bolalarga kuchli yog’lar mol va qo’y yog’laridan foydalanish tavsiya etilmaydi. 1 sutkada yog’dan foydalanish 11 g o’simliklar yog’ini tashqil etadi.
    Asosiy energiya manbai – uglevodlardir. Uglevodlar non, kartoshkada mavjud. Bir sutkada qabul qilingan uglevod 60 g toza shakar va 10-15 g qandolat maxsulotiga to’g’ri keladi. Ko’p miqdordagi shakar va shirinliklar bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Normadan ortishi sekretsiya va oshqozon yo’llariga ta’sir ko’rsatadi.
    Ovqatlanish vaqtida stol ustiga suv quyish kerak emas, agar suv quyilsa, bola o’zi xoxlamagan xolda unda ichish istagi xosil bo’ladi.
    Tushlik odidan bolalarni suv ichishga odatlantirish kerak emas. Suv oshqozon suyuqligiga ta’sir ko’rsatadi. Suv va boshqa suyuqliklar oshqozonda ma’lum xajmda turadi va ovqatga bo’lgan extiyojini kamayishiga olib keladi.
    Bolalarga sintetik ranglar quyilgan gazli ichimliklar berish mumkin emas. Bolalar uchun eng yaxshi ichimlik – kuchsiz choy, sutli choy, sutli kofe. Tabiiy sharbat va toza qaynagan suvdir. Yangi o’zilgan mevalar chanqoqni yaxshi bosadi.
    Bolalarga shoshmasdan, chappilamay, ovqatni mayda chaynab yeyish, sanchqi, qoshiq va boshqa buyumlardan to’g’ri foydalanish o’rgatiladi. Sog’lom ishtaha, atrofdagi narsalarni joylashishiga bog’liq. Toza tushlik stoli, dasturxon solingan. Non ozodalik bilan to’g’ralgan, tarelkalar chiroyli joylashtirilgan bo’lishi kerak, Oshxonadagi barcha gigienik talablarni bajarilishi uni kun tartibini to’g’ri tashqil etilishi katta maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashni yengillashtiradi.
    Bolani maktabga tayyorlashda navbatdagi muxim ish uni shifoxonada shifokor tekshiruvidan o’tkazishdir. Bolaning sogligi va jismoniy rivojlanishi xakidagi ma’lumotlar maktab uchun zarur. Maktab shifokori va pedagog bolaning jismoniy rivojlanishi, kurish va eshitish darajasini hisobga olib, uni o’qishning dastlabki kunlaridayok partaga to’g’ri o’tkazishda, unga tegishli jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tavsiya etishda, shuningdek, bolaning xulk-atvorini, axlokini bilib olib, xar kaysisiga xos muomala topishda shu ma’lumotlardan foydalanadi. Bola kanday yukumli kasalliklar bilan ogriganligi, u kanday em-dorilar kabul qilganligi va kasalliklar oldini olish uchun nimalar qilish kerAqligini maktab shifokori bilishi lozim.
    Xar yili 1 yanvardan boshlab, shifoxonaning patronaj xamshirasi shu yili maktabga borishi kerak bo’lgan bolalarning uylariga borib, ota-onalarga bolalarini o’zlari bilan birga olib borib, uchastka bolalar shifokoriga kursatishlari lozimligini aytadi. Ota-onalar xamshiraning tAqlifiga jiddiy karab, paysalga solmay poliklinikaga borilari kerak.
    Poliklinikada mutaxassis shifokorlar bolaning ko’zi, qo’logi, bo’rni, tomogini tekshiradilar, tishini davolaydilar. Nutkida nuksoni bo’lgan (ayrim xarflarni noto’g’ri talaffo’z etadigan, nutki noanik, duduklanadigan va xakozo) bola shifokor-logopedga yuboriladi.
    Bunday atroflicha tekshirishlar natijasida shifokor ota-onalar qo’liga bolaning shifoxonadagi shifokorlar kurigidan utganligi xakida Ma’lumotnoma beradi. Maktab shifokorning surovi bilan shifoxona bolaning shaxsiy ambulatoriya kartochkasini maktabga yuboradi.
    Bolalarini birinchi sinfga beradigan ota-onalar bajaradigan tayyorlov ishlari mana shulardan iborat.
    Mana shularni hisobga olgan xolda bolani uyda kanday qilib sog’lomlashtirish kerAqligi xakida tuxtalib utamiz. SHuning uchun xam zamonaviy sog’lomlashtirish tadbirlarini sanab utamiz:

    1. Avval kirovli, sung korli yerda yalang oyok yurish;

    2. Ochik xavoda badandan suv kuyish;

    3. Saunadan foydalanish;

    4. Kontrastli dush;

    5. Yurish uchun mo’zlatilgan sochikdan foydalanish;

    6. Relaksatsiya va meditatsiya o’tkazish;

    7. Bolaga individual yondoshish, magnit tulkinlar davrida yengillatilgan rejim bilan ta’minlash;

    Biz bolaning sog’lomlashishini kuyidagi vazifalarning amalga oshirilishidan kuramiz. Bolalardagi shamollash kasalligi asosan bolaning kiyimi va poyafzali xarorat rejimiga to’g’ri kelmasligidan kelib chikadi. Demak, xaroratni va kiyimni doimo takkoslab, kichkintoylar badani xaroratning kutarilishi yoki pasayishiga yul kuymaslik kerak. SHuningdek, bolalarning uxlashi va ovkatlanishi uchun sharoitlar yaratish xam muxim.
    Bolalar sogligi uchun u yashayotgan shart-sharoitlar, muxitni shAqllantirish uchun zarur bo’lgan asosiy shartlar hisoblangan musika va xid terapiyasi judayam muxim.
    Bolaning eshitish kobiliyati, kurishi, ichak, jigar foliyati, jinsiy rivojlanishi kanday axvolda ekanligi va xokozo. Fakat diagnostik ma’lumotlargina oilada bolaga anik individual yondoshishni ta’minlaydi.



    Download 235.41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling