Mavzu: 6-7 yoshli bolalarda maktab ta’limiga qiziqishni shakllantirish xususiyatlari kirish
Download 235.41 Kb.
|
ахмедова мафтуна
Birinchidan bilish jarayonining o’sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma’no jixatdan ixtiyoriy eslab kolish va takror ifodalash, narsa va xodisalarni rejali idrok etish, kuyilgan bilish va amaliy masalalarni maksadga muvofiq xal etish kobiliyati va shu kabilar;
Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning anikligi, idrokning tulik va tabakalashtirilganligi, eslab kolish va takror ifodalashning tez va anikligi; Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o’qishga intilishning mavjudligi muxim axamiyat kasb etadi. Maktabga Aqliy tayyorlikni shAqllantirishda bulajak o’quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muxim axamiyatga ega. Bolalar bogchasining bolalarni Aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maksadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning kup tomonlama taxlil qilish kobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan xamda xodisalar xususiyat va sifatlarini tadkik qilishda foydalana bilish narsa va xodisalardagi asosiy aloka, bog’liq lik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish kobiliyati, uxshashlik va farklanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni kiyoslashni amalga oshirish ko’nikmasi tarkib toptiriladi. Bulajak o’quvchilarda Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: o’z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko’nikmasi, oddiy bilish vazifasini kuyish va uni xal etish ko’nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi. Maktabda Aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan o’quv faoliyati elementlarini egallab olinishini xam o’z ichiga oladi. Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o’quv faoliyatining asosiy tarkibiy kismlarini: tushunarli o’quv vazifasini kabul qilish, tarbiyachining kursatmalarini tushunish va anik bajarishni ishni kattalar tomonidan kursatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o’z faoliyati, xulk-atvori, topshiriklarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko’nikmasini, o’zining va boshka bolalarning ishlariga tankidiy baxo berish kobiliyatini, egallab olishlari kerak. Nuthni hanchalik yukori darajada rivojlangan bulishi bolanimaktabga Aqliy tayyorgarligining muxim tarkibiy kismi hisoblanadi. Tovushni anik talaffo’z qilish, lugatning boyligi, o’z fikrini mantikiy grammatik to’g’ri bayon qila bilish, madaniy nutk muomalasi-bularning barchasi maktabda muvaffakiyatli o’qishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlangich asoslari oddiy matematik tasavvurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, ko’nikma va malakalar doirasi xam kiradi. SHunday qilib, maktabdagi o’qishga Aqliy tayyorlik bolalarni Aqliy va nutkiy rivojlantirishning o’zaro boglangan tarkibiy kismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish kizikishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo xakidagi anglangan sistemalashtirilgan tasavvurlar xamda elementlar tasavvurlar, nutk va elementar o’quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o’quv materialini egallashga Aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi. Download 235.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling