Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish


Avtomobillarning tormoz tizimidagi blokirovka bo’lish shartlari


Download 0.58 Mb.
bet6/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1353973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 8

Avtomobillarning tormoz tizimidagi blokirovka bo’lish shartlari. Tormoz tizimida avtomobil-ni ishchi tormozlashning samarasi ikki tormoz kuchi hisobiga erishiladi:
Rishq tormoz ustquymalari va tormoz disklari orasidagi ishqalanish kuchi;
Ry – shina va yo’l orasidagi ishqalanish kuchi.
Agar Rishq < Ry bo’lsa, tormozlanish jarayoni barqaror bo’ladi;
Agar Rishq > Ry bo’lsa (agar tormoz pedali keskin bosilsa) g’ildiraklar bloki-rovka bo’lishi – avtomobil kuzovi inersiya bo’yicha harakatlanishida davom etgan holda g’ildiraklarni aylanishdan to’la to’xtashidir. G’ildiraklarni blokirovka bo’lishi avtomobilni sirpanishiga va har xil tomonga surilib ketishiga olib keladi va yo’lda o’ta xavfli vaziyatini yuzaga keltiradi.
G’ildarakning blokirovkasini quyidagi turlari mavjud:

  • Oldingi g’ildiraklarni blokirovka bo’lishi. Bu holda avtomobilning rul mexa-nizmining boshqarilishi yo’qoladi;

  • Orqa g’ildiraklarni blokirovka bo’lishi. Bunda agar Ro’ng–Rchap>0 bo’lsa avtomobil o’ngga, agar Ro’ng –Rchap<0 bo’lsa chapga suririb ketadi (Ro‘ng va Rchap mos ravishda avtomobilning o‘ng va chap g‘ildiraklarning yo‘l bilan ishqalanishga qarshiligi);

  • Avtomobilning baravariga 4 ta g’ildiragi blokirovka bo’lishi, Bu holda avtomobilni boshqarish to’la yo’qotiladi.

Avtomobilning antiblokirovkali gidravlik tormoz tizimi. Antiblokirovkali tormoz tizimini har bir g’ildiragi alohida boshqariladigan gidravlik konturga ega bo’lgan avtomobil misolida ko’rish mumkin. Bu holda bosh tormoz silindridan (BTS) uzatilgan tormoz suyuqligi 4 ta oqimga bo’linadi va avtomobilning har bir g’ildiragi alohida tormozlanadi.
Avtomatik boshqariladigan 4 konturli tormoz tizimini amalga oshirish uchun har bir kanalga elektromagnitli klapanlar o’rnatiladi va ular yordamida g’ildirak tormoz silindrlaridagi (G’TS) tormoz suyuqligining bosimi rostlanadi.
Elektromagnit klapanlar konstruktiv ravishda gidromodulyator deb ataluvchi qurilmaga birlashtirilib, u ABTT ning elektron boshqarish bloki (EBB) tomonidan uzatilgan elektr signallar yordamida boshqariladi. G’ildirak datchigidan uzatilgan g’ildirakning aylanish tezligi haqidagi ma’lumot asosida EBB tegishli ijro impulslarini yuboradi. Elektroklapanlarni avtomatik boshqarish algoritmi, g’ildiraklarning aylanish tezligini avtomobil kuzovining keltirilgan harakat tezligi bilan solishtirish yo’li bilan hosil qilinadi. EBB da to’rtta g’ildirakning hammasini aylanish tezligi solishtiriladi, signallar farqi aniqlanadi va gidromodulatordagi tegishli elektroklapanga uzatiladi. Shu tarzda g’ildirak tormoz silindrlardagi suyuqlik bosimi avtomatik ravishda o’zgartiriladi va g’ildiraklarni blokirovka bo’lishi istisno qilinadi. G’ildiraklar avtomatik antiblokirovka tizimiga ega bo’lgan zamonaviy tormoz tizimining asosiy tamoyili shundan iborat.
Antiblokirovkali tormoz tizimini ishlashining nazariy asoslari quyidagilardan iborat:
Tormozlanish jarayonida avtomobil g’ildiraklarining erkin g’ildirash holatini saqlab turish uchun g’ildirakka ta’sir qilayotgan tormoz momenti yo’lning reaktiv momenti bilan muvozanatga keltirilishi kerak. Reaktiv moment g’ildirakka ta’sir qilayotgan normal yuklama Pz va yo’l bilan bo’ylama tishlashish koeffitsienti b larni ko’paytmasiga teng. Tishlashish koeffitsienti b ning kattaligi yo’lning holati, shina protektori shakli va uning ichki bosimiga bog’liq. Shu bilan birga, b ga g’ildirakni yo’l yuziga nisbatan sirpanish darajasi ham katta ta’sir ko’rsatadi. G’ildirakni sirpanish darajasi o’lchamsiz koeffitsient S bilan baholanadi va u quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

Bunda: Va–avtomobil tezligi, V-g’ildirakning yo’l bilan tutashgan nuqtasidagi tezligi.
Sirpanish darajasi S ni 0 dan Skr. qiymatgacha oshganda b ham ma’lum maksimum qiymatigacha ortib boradi (8.3-rasm). S qiymatini keyingi o’sishi b qiymatini kamayishiga olib keladi.
Avtomobilni optimal tormozlash, ya’ni uni maksimal sekinlashishi va mini-mal tormozlanish masofasini ta’minlash uchun tormozlanish vaqtidagi g’ildiraklar-ning sirpanish darajasi S bo’ylama tishla-shish koeffitsienti b ning maksimal qiy-matiga mos kelishini ta’minlash zarur. Bu murakkab masalani antiblokirovkali tor-mozlash tizimlari hal qiladi.
Avtomobil shoshilinch tarzda tormoz-langanda oddiy tormoz tizimi g’ildiraklarni blokirovka chegarasigacha tormozlanishini ta’minlaydi. Antiblokirovkali tormozlash tizimlari yordamida amalga oshiriladigan optimal tormozlash, g’ildiraklarni bloki-rovka chegarasigacha tormozlash usuliga nisbatan avtomobilning tormozlanish masofasini quruq yo’lda 20% gacha, ho’l va muz bilan qoplangan yo’llarda 50...60% gacha kamaytiradi va bu ko’p yo’l-transport hodisalarini oldini olish imkoniyatini beradi. Optimal tormozlashda yo’l bilan ko’ndalang yo’nalishdagi tishlashish koeffitsienti k ham ancha katta qiymatlarga ega bo’lib (8.3-rasm), bu tormozlanish jarayonida avtomobilni turg’unlik va boshqarish darajasini oshiradi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling