Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish
Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimi
Download 0.58 Mb.
|
Mavzu 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSCH
- Mono-Jetronic, L-Jetronic, LH-Jetronic
8.2. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimi
Hozirgi kunda yonilg‘i purkash tizimlari yonilg‘i uzatilish joyiga qarab 3 turga bo‘linadi: marka-ziy bir nuqtali, taqsimlangan ko‘p nuqtali va bevosita yonish kamerasiga purkash tizimlari. Yonilg‘ini bevosita yonish kamerasiga purkash tizimi ishlatiladigan jihozlarni murakkabligi sababli amalda kam ishlatiladi. Zamonaviy avtomobil motorlarida, asosan, bir nuqtali va taqsimlangan ko‘p nuqtali purkash tizimlari ishlatiladi. Har ikkala tizimda ham yonilg‘i motor silindrlarining kirish joyiga purkaladi. Yonilg‘i pureash tizimlari ma’lum rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. 1949-yilda BOSCH (Germaniya) firmasi ishlab chiqargan mexanik purkash tizimi K-Jetronic nomi bilan mashhur bo‘ldi. Keyinchalik bu tizim ancha takomillashtirildi, u qisman elektron blok yordamida boshqarildi (KE-Jetronic). Yonilg‘i tizimlari taraqqiyotining keyingi bosqichlari ularda elektron va mikroprotsessorli boshqarish usullarini juda keng ko‘lamda joriy qilinishi bilan tavsiflanadi. Mono-Jetronic, L-Jetronic, LH-Jetronic rusumli purkash tizimlari shular jumlasidandir. Bu tizimlarda motorning barcha rejimlarida yonilg‘i purkash jarayonlari elektron blok yordamida boshqariladi. Oxirgi vaqtda ko‘pchilik zamonaviy avtomobil motorlari jihozlanayotgan Motronic purkash tizimida yonilg‘i purkash va o‘t oldirish jarayonlari birgalikda boshqariladi. Bu motorda o‘rnatiladigan datchiklar sonini ancha kamaytirish, uning texnik tavsifnomasini yaxshilash, tejamkorligini oshirish, ishga tushirish va sovuq motorni qizdirish jarayonlariniyengillashtirish imkonini beradi. Yonilg‘i purkashni elektron boshqarish tizimi quyidagicha ishlaydi. elektr yonilg‘i nasosi taqsimlash quvurida yonilg‘ini taxminan 0,2 MP doimiy bosim bilan ushlab turganligi sababli, silindrlarga purkaladigan yonilg‘ini miqdori elektromagnit forsunkani ochilib turish vaqti bilan belgilanadi. elektron boshqarish tizimi forsunkalarni ochilib - yopilishini, ya’ni yonilg‘ini silindrlarga majburiy purkash impulsini davomiyligini drossel to‘siqchasini ochilish burchagi, tirsakli valning aylanish chastotasi, sovituvchi suyuqlik harorati va absolyut bosimga bog‘liq ravishda boshqaradi. Purkalishi zarur bo‘lgan yonilg‘i miqdori haqidagi ma’lumot ikki raqamli kodlar ko‘rinishida doimiy xotira qurilmasida (DXQ) saqlanadi. elektron boshqarish tizimi datchiklardan kelayotgan ma’lumotlar asosida, DXQ dan zarur kodni tanlab olib, unga mos keladigan miqdordagi yonilg‘ini dvigatelning kiritish klapanlari atrofiga purkalishini ta’minlaydi. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i purkalishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxemasi 8.1-rasmda ko‘rsatilgan. Taqsimlagich 2 ga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi haqidagi ma’lumotlarni impuls signal sifatida shakllantiradi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) 5 ga uzatiladi va raqamli kod ko‘rinishiga keltiriladi. Drossel to‘siqchasini holatini belgilovchi datchik 1 dan kelgan signal ikkinchi ARO‘ 4 yordamida raqamli kodga aylantiriladi. Takt generatori 3 ARO‘ ishlashi uchun zarur bo‘lgan doimiy chastotali impulslarni shakllantirib beradi. Raqamli kod shaklidagi aylanishlar chastotasi va drossel to‘siqchasini holati haqidagi signallar EBT ning doimiy eslab qolish qurilmasi 6 ga uzatiladi. DXQ da dvigatel aylanish chastotasi va drossel to‘siqchasini ochilish burchagiga bog‘liq ravishda elektromagnit klapan ochilish vaqtini belgilovchi raqamli signal hosil qilinadi va mikroprotsessor 7 ga uzatiladi. Mikroprotsessor 7 DXQ dan kelgan signalni zarur yonilg‘i miqdoriga proportsional bo‘lgan forsunkalarni ochilib turish vaqtining davomiyligi ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Taqsimlagich 2 bilan bog‘liq bo‘lgan sinxronizatsiya moslamasi 10 yonilg‘ini dvigatel ish jarayonining tegishli nuqtasida purkalishini ta’minlaydi va kiritish quvirining devorchalarida o‘tirib qolayotgan yonilg‘i zarrachalari miqdorini kamaytiradi. Dvigatelning issiqlik holati va atrof muhit sharoitlarini hisobga olib forsunkalarni ochilib turish vaqtiga tuzatish kiritish uchun sovitish suyuqligi harorati 11, absolyut bosim 12, so‘rilayotgan havo temperaturasi 13 datchiklaridan mikroprotsessorga qo‘shimcha ma’lumot uzatadi. Yonilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimi o‘t olish va yonish jarayoniga ta’sir qiluvchi ko‘p omillarni hisobga oladi va yonilg‘i uzatilishini murakkab bog‘lanishlar orqali amalga oshiradi. Bu dvigatelni ancha tejamli ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislar zarurligi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yonilg‘i purkashni boshqarish tizimlarida optimal boshqarish prinsipiga asoslangan sistemalar keng joriy qilinmoqda. Bu prinsipning mazmuni shundan iboratki, yonilg‘i purkash jarayoni mikroprotsessor shakllantirayotgan boshqaruv signalini dvigatelning ekspluatatsion tavsifnomasiga ko‘rsatayotgan ta’sirini baholash asosida amalga oshiriladi. Optimallashtiruvchi omillar sifatida, odatda, yonilg‘i sarfi, chiqindi gazlarning zaxarliligi va dvigatelning tortish tavsifnomalari ishlatiladi. Lekin bu parametrlarni bir vaqtning o‘zida optimallashtirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun dvigatelning maksimal quvvati yonilg‘i aralashmasini boyitish, tejamliligi esa suyiltirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Chiqindi gazlarning zaxarliligini eng past qiymati yonilg‘i tarkibi - stexiometrik tarkibga, ya’ni yonilg‘i va havoning nisbati 1:14,7 ga yaqin bo‘lganda ta’minlanadi. Shuning uchun amalda ishlatilayotgan va optimal boshqarish prinsipiga asoslangan yonilg‘i purkash tizimlarida teskari aloqa parametri sifatida chiqindi gazlarning kimyoviy tarkibi olinadi. CHiqindi gazlarning tarkibini aniqlash uchun kislorod datchigi (-zond) ishlatiladi. Bu datchik dvigatelni chiqarish kollektoriga o‘rnatilib, u chiqindi gazlar tarkibidagi kislorodning miqdoridan ta’sirlanadi. Kislorod miqdorini havoning ortiqlik koeffitsientiga proportsionalligidan foydalanib yonilg‘i-havo aralashmasining holati aniqlanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling