Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish
ASR (Automatic Slip Regulation, Acceleration Slip Regulation) - Mercedes, Volkswagen, Audi va boshq. avtomobillarda; ASC
Download 0.58 Mb.
|
Mavzu 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shatasirashga qarshi tizimning ishlash prinsipi
ASR (Automatic Slip Regulation, Acceleration Slip Regulation) - Mercedes, Volkswagen, Audi va boshq. avtomobillarda;
ASC (Anti-Slip Control) – BMW avtomobillarida; A-TRAC (Active Traction Control) – Toyota avtomobillarida; DSA (Dynamic Safety) – Opel avtomobillarida; DTC (Dynamic Traction Control) - BMW avtomobillarida; ETC (Electronic Traction Control) - Range Rover avtomobillarida; ETS ( Electronic Traction System) - Mercedes avtomobillarida; STC (System Traction Control - Volvo avtomobillarida; TCS (Traction Control System) ) - Honda avtomobillarida; TRC (Traking Control) - Toyota avtomobillarida; Tizim turfa nomlar bilan atalishiga qaramasdan ularning ishlash prinsipi deyarli bir xil. Shuning uchun bu tizimning tuzilishi va ishlashini eng keng tatbiq topgan ASR (Automatic Slip Regulation) tizimi misolida ko‘rib chiqamiz. Shataksirashga qarshi tizim antiblokirovka tizimining konstruktiv asosida yaratilgan. ASR tizimida ikkita ish amalga oshirilgan: differensialni elektron blokirovkalash va motorning burovchi momentini boshqarish. Shataksirashga qarshilik ko‘rsatish vazifasini bajarish uchun ABS tizimning gidravlik blokidagi gidronasos va har bir yetakchi g‘ildirakdagi qo‘shimcha elektromagnit klapanlar (almashlab qo‘shuvchi va yuqori bosim klapani) ishlatiladi. ASR tizimni boshqarish ABS ning boshqarish blokiga kiritilgan tegishli dastur hisobiga amalga oshiriladi (8.5-rasm). Ishlash jarayonida ABS/ASR tizimlarining boshqarish bloklari motorni boshqarish tizimi bilan birgalikda ishlaydi. Shatasirashga qarshi tizimning ishlash prinsipi ASR tizimi avtomobilning barcha tezliklar doirasida g‘ildiraklarni shatak-sirashini oldini oladi: Harakat tezligi past bo‘lganda (0 dan 80 km/soat gacha) tizim, burovchi momentni uzatishni,yetakchi g‘ildiraklarni oz-ozdan tormozlash hisobiga amalga oshiradi; Harakat tezligi 80 km/soat dan yuqori bo‘lganda, motordan uzatilayotgan burovchi momentni kamaytirish hisobiga rostlanadi; G‘ildiraklarning burchak tezligi datchigidan uzatilayotgan ma’lumotlar asosida ABS/ASR tizimlarining boshqarish bloklari quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi: yetakchi g‘ildiraklarning burchak tezlanishini; avtomobilning harakat tezligini (yetakchi bo‘lmagan g‘ildiraklarning burchak tezligi asosida); avtomobilning harakat tavsifini - to‘g‘ri chiziqli yoki egri chiziqli (yetakchi bo‘lmagan g‘ildiraklarning burchak tezliklarini solishtirish asosida); yetakchi g‘ildiraklarning sirpanish kattaligi (yetakchi va yetakchi bo‘lmagan g‘ildiraklarning burchak tezliklari farqi asosida) ; Ekspluatatsion tavsifnomalarning joriy ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda tormoz bosimi yoki motorning burovchi momenti boshqariladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling