Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish


Tormoz bosimini boshqarish


Download 0.58 Mb.
bet10/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1353973
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu 8

Tormoz bosimini boshqarish davriy ravishda amalga oshiriladi. Ishchi davr uchta fazaga ega – bosimni oshirish, bosimni ushlab turish va bosimni pasaytirish. Konturdagi tormoz suyuqlik bosimini oshirilishini yetakchi g‘ildirakni tormozlanishi yuzaga keltiradi. U, teskari uzatish nasosini ishga tushirish, alamashlab ulash klapanini yopish va yuqori bosim klapanini ochilishi hisobiga amalga oshiriladi. Bosimni ushlab turishga teskari uzatish nasosini o‘chirish yo‘li bilan erishiladi. Bosimni pasaytirish g‘ildiraklarni sirpanishi tugagandan keyin kiritish va almashlab ulash klapanlarining ochiq holatida amalga oshiriladi. Zarurat bo‘yicha davr qaytariladi.

Motorning burovchi momentini boshqarish dvigatelni boshqarish tizimi bilan birgalikda amalga oshiriladi. G‘ildiraklarning burchak tezligi datchiklaridan yetakchi g‘ildiraklarni sirpanishi to‘g‘risidagi ma’lumot va motorning boshqarish blokidan olingan burovchi momentning haqiqiy qiymati asosida shataksirashga qarshi tizimning boshqarish bloki burovchi momentni zarur qiymatini hisoblaydi. Bu ma’lumot motorning boshqarish blokiga uzatiladi va turli harakatlar yordamida amalga oshiriladi:

  • drossel to‘siqchasini holatini o‘zgartirish;

  • purkash tizimida yonilg‘i purkashni o‘tkazib yuborish;

  • o‘t oldirish impulsini o‘tkazib yuborish yoki o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini o‘zgartirish;

  • avtomat uzatish qutili avtomobillarda uzatmalarni almashlab qo‘shishni bekor qilish.

Shataksirashga qarshi tizimni boshqarishning bir nechta turlari mavjud : motor yordamida, motor-tormoz yordamida va motor yordamida differensialni blokirovka qilish yo‘li bilan.
Birinchi boshqarish usulida tormoz ishlatilmaydi va antiblokirovkali tormoz tizimini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Tezlanish keskin ortganda, tizimning ishlash tezligini oshirish uchun, nafaqat drossel to‘siqchasini bir oz yopiladi, balki o‘t oldirish ilgarilatish burchagi va purkalanayotgan yonilg‘i miqdori ham kamaytiriladi. Bu choralar avtomobilning harakat barqarorligini oshirishga yordam beradi. Bu tizim bilan birga differensialni blokirovka qilish moslamasini ishlatilishi, tezlanish jarayonida avtomobilning harakat barqarorligini yanada oshiradi. Tortish kuchini boshqarishning bunday usuli odatda orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan avtomo-billarda ishlatiladi.
Ikkinchi holatda, aniblokirovkali tormoz tizimi elektron boshqarish blokidan tortish kuchini boshqarish elementi sifatida foydalanadi. Yonilg‘i uzatish tepkisi bilan drossel to‘siqchasi orasidagi mexanik aloqa elektron boshqarish tizimiga almashtirilgan. Yonilg‘i uzatishni boshqarish tepkisi potensiometrga ta’sir qiladi, u esa o‘z navbatida tepki holati haqidagi signalni elektron boshqarish bloki (EBB) ga uzatadi. G‘ildiraklarning burchak tezligi datchiklari yetakchi g‘ildiraklarning shataksirashini aniqlash imkonini beradi. Shataksirash yuzaga kelganda EBB drossel to‘siqchasini yopish zarurligi signalni yuboradi. Agar, shataksirash faqat bitta g‘ildirakda boshlansa, u antiblokirovkali tormoz tizimi tomonidan oz-ozdan tormozlanadi va shu bilan bir vaqtda drossel to‘siqchasi ham qisman yopiladi. Bloklanadigan differensiallarni ishlatish samarali usul bo‘liib, bunda zarurat bo‘yicha ikkala yetakchi g‘ildiraklar oz-ozdan tormozlanadi. Bu usuldan foydalanish uchun avtomobilda ABS dan tashqari qo‘shimcha gidravlik tizim mavjud bo‘lishi talab qilinadi.
Shataksirashga qarshi tizim ishga tushganda asboblar panelida nazorat lampasi yonadi. Zarurat bo‘lmaganda tizimni o‘chirib qo‘yish imkoniyati mavjud.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling