Shu tarmoqdagi av qutblardagi salt ishlash kuchlanishini Uab.xx deb belgilaymiz. - Shu tarmoqdagi av qutblardagi salt ishlash kuchlanishini Uab.xx deb belgilaymiz.
- Bundan, agar Uab.xx =E1 ,deb tanlasak, u vaqtda I΄ =0. I = I΄ + I΄΄ bo`lgani uchun I΄ =0 da I tok I =I΄΄ bo`ladi. Lekin I΄΄ tok 36 g -rasmdagi sxemaga asosan quyidagicha aniqlanadi
- I ΄΄= E2 / (R + Rkir ) = Uab.xx / (R + Rkir ) (m)
- bu yerda Rkir - av qutblarga nisbatan ikki qutblikning kirish qarshiligi. R - av tarmoqning qarshiligi
- (m) tenglamani 37 a -rasmdagi ekvivalent sxema tasdiqlaydi, bu yerda ikki qutblik o`rniga qarshiligi R bo`lgan E2 = Uab.xx EYUK tasvirlangan.
(Gelmgolts-Tevenen sxemasi) EYUK E2 = Uab.xx va Rkir kuchlanishi xuddi ekvivalent generator kabi qarash mumkin. (Rkir -uni kirish qarshiligi, Uab.xx -esa uni EYUK). - (Gelmgolts-Tevenen sxemasi) EYUK E2 = Uab.xx va Rkir kuchlanishi xuddi ekvivalent generator kabi qarash mumkin. (Rkir -uni kirish qarshiligi, Uab.xx -esa uni EYUK).
- Shunday qilib, ajratilgan tarmoqqa nisbatan (36 a –rasmdagi av tarmoq) sxemani to`liq qolgan qismini parametrlari bo`lgan ekvivalent generator bilan almashtirish mumkin.
- Ajratilgan tarmoqdagi tokni hisoblash usuli aktiv ikkiqutblik ekvivalent generatorga almashtirishga asoslangan usul, ekvivalent generator usulini, aktiv ikki qutblik usuli yoki salt ishlash va qisqa tutashuv usuli deb nomlash qabul qilingan.
- v) Ekvivalent generator usulida hisoblash tartibi.
- Aktiv ikki qutblikni kattaliklarini topish undan keyin tekshirilayotgan tarmoqdagi tokni aniqlash bu usulni asosiy maqsadidir. Bu usul ayniqsa, tekshirilayotgan tarmoqni qarshiligi o`zgaruvchan bo`lganda juda qo`l keladi.
- Bu usulda hisoblash tartibining ketma-ketligi quyidagicha;
- 1) ochik av tarmoqdagi kuchlanishni aniqlash;
- 2) sxemada EYUK lar qisqa tutashtirilib (ichki qarshiligi sxemada qoladi) av qutblarga nisbatan butun sxemani kirish qarshiligi Rkir aniqlash;
- 3) izlanayotgan tokni quyidagi formula bilan hisoblash
- I = Uab.xx / (R + Rkir ) (n)
- Agar av tarmok qarshiligi (R q 0) nol bo`lsa, u vaqtda qisqa tutashuv rejimi bo`ladi, shu tarmoqdan o`tayotgan tok qisqa tutashuv ( Ik.t ) tokidir. (n) formuladan R = 0 da
- Ik.t = Uab.xx / Rkir
- yoki
- Rkir = Uab.xx / Ik.t (1)
- (1) formula yordamida Rkir qarshilikni oddiy tajriba yo`li bilan aniqlash mumkin, bu uchun ochiq qutblardagi salt ishlash kuchlanishi (Uab.xx ) va qisqa tutashuv (Ik.t ) o`lchash kifoyadir.
- Salt ishlash usuli va qisqa tutashuv usuli deb nomlanishi quyidagicha tushuntiriladi, ya'ni Uab.xx aniqlashda av tarmoqni salt ishlashidan va kirish qarshiligini aniqlashda av tarmoqni qisqa tutashuvidan foydalanganligi uchundir.
Do'stlaringiz bilan baham: |