Mavzu: Abdulla Oripov she`riyatida badiiy


Download 119.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi119.72 Kb.
#251443
1   2   3   4
Bog'liq
Adabiyot A.Oripov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 


4.  Abdulla Oripovning she'riy uslubida falsafiy-lirik yo'nalish ustunlik qiladi. Olam 

badiiy-falsafiy idrok etiladi. Biroq falsafiy unsurlar aralashishi she'rni falsafiy 

tizimning she'riy bayonidan iborat qilib qo'ymaydi. Falsafiy ruh ustunlik qilgan, vaqt 

va zamon, inson va tabiat munosabatlari zamiriga qurilgan, chaqnab turgan tafakkur 

yog'dularidan bino bo'lgan bu she'r imoratida eng avvalo lirik sub'ektning ichki 

tuyg'ulari izhori, uni to'lqinlantirgan, hayajonlar girdobiga otgan his-tuyg'ularning 

ziddiyatli kechinmalari oldingi o'rinda turadi. Shoirni cheksiz uylarga toldirgan 

azaliy va abadiy muammolar badiiy obraz libosiga burkanadi va badiiy-falsafiy 

umumlashma darajasiga ko'tariladi. Shoir lirik sub'ektning o'y va kechinmalarini 

inson ongi va dunyoqarashining eng umumiy qirralari bilan mutanosib olib qaraydi 

va tasvirlaydi. Mangu muammolar haqida so'z borganda ham hamisha zamon, davr, 

vaqt shoirning ko'z o'ngida turadi, insoniyatni ming yillardan beri o'ylantirib 

kelayotgan muammolar, masalalar, dolzarb zamonaviy hodisalar, muammolar bilan 

uyg'unlashib ketadi. Shoirning umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlar mavzusidagi 

yuksak maqomli tafakkur she'riyatida inson va borliq masalalari aniq maqsad bilan 

o'rtaga qo'yiladi va talqin qilinadi.  

Aniq bir obrazdan falsafiy mushohada tomon borish, odatiy bir holning ichki 

ma'nosini ko'ra bilish Abdulla Oripovning she'riy uslubi uchun xosdir. Maromiga 

yetgan poetik uslub yetuk ijodkorlargagina xos bo'lib, ular ijodining avval-

boshidanoq shakllanadi, bu o'ziga xos she'riy uslub keyinchalik faqat takomillashib, 

muammallashib boradi, xolos.  

Shoirning eng sara she'rlarida oddiy gapdek tuyulgan har bir so'z, hatto tinish belgisi 

she'r oldiga qo'yilgan ijodiy niyatni ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi. Uning 

ko'pchilik she'rlari monolog shaklida, lirik qahramonning ehtirosli, ziddiyatli o'y-

fikrlari asosiga quriladi. Xuddi shunday uslub tovlanishlarini "Uyqu", "Qo'riqxona", 

"Malomat toshlari", "Uchinchi odam" kabi she'rlarda ko'rish mumkin. Shoir "Uyqu" 

she'rini o'n, o'n besh yillab muttasil davom etadigan letargiya uyqusi detalidan 



foydalanib yozgan. Lirik qahramon ko'ngli o'rtangan paytlar uzoq yillar uxlash 

xohishini bayon qiladi. Nima uchun? Buning sababi ehtirosli misralarda ayon bo'la 

boradi:  

Mayliga, olis yil uxlayin, lekin 

Eng qutlug' saharda ko'z ochsam qayta. 

Balki yer yuzida qolmas edi g'am, 

Bundan ham yorug'roq bo'lardi dunyo.  

Shu tariqa satrma-satr "notinch asr"ning jarohatlari, dardlari, ziddiyatlari qog'ozga 

to'kila boshlaydi. Lirik qahramonning yakkayu yolg'iz niyati shu asrning, davrning 

farzandi sifatida uni sof, bokira holda ko'rish. Shoir o'z poetik maqsadini ro'yobga 

chiqarish uchun xilma-xil badiiy vositalardan, chunonchi qarshilantirish, zidlash, 

keskin kolliziyalar yaratish yo'lidan boradi. Mana bu satrlarga e'tibor beraylik:  



Asrim, samolarda yoqolding chiroq, 

Yulduz qilib otding fazoga o'zni. 

Qo'zg'ata olmading o'rnidan biroq 

Askar yelkasida turgan yulduzni.  

Shu birgina to'rt satrda yigirmanchi asrga xos ziddiyatlar lo'nda, obrazli ifodalab 

berilgan. Insoniyat fan-texnika taraqqiyoti sohasida mislsiz yutuqlarga erishib, hatto 

tubsiz osmon qa'riga sayohat qilishga, kosmik kemalarni uchirishga, ne-ne ixtirolar, 

kashfiyotlar qilishga, daryolarning o'zanini sahrolarga burishga muvaffaq bo'ldi. 

Biroq insonlar bir-birlarini tushunib yetishga, do'stlikda, birodarlikda yashashga 

o'rgana olmadilar, hayotda razil kimsalar bo'lmasligining uddasidan chiqa olmadilar. 

Insoniyatning eng zo'r aql egalarining fikri-zikri ommaviy qirg'in qurollari yaratishga 

qaratildi, dunyoning qudratli davlatlarida lak-lak qo'shin dushman hamlasini bartaraf 

etishga shay holda tutib turildi. Mana shunday komillikka da'vat etuvchi, 




ma'naviyatni ulug'lashga yo'naltirilgan, davrning o'tkir muammolarini ko'tarib 

chiqqan she'rlar shoir butun ijodining markaziy mavzularidan birini tashkil etadi.  

"Malomat toshlari" ana shunday she'rlardan biridir. Bu ko'p tarxli intellektual 

she'rning falsafiy qirralarini, ma'no-mazmunini, g'oyasini daf'atan ilg'ab olish oson 

emas. Shoir davr va odamlar haqidagi o'ylarini ifodalashda birmuncha murakkabroq 

yo'ldan boradi. Hayotda har xil toshlar bo'ladi. Ularning ba'zilari toshdek yuragingga 

qadaladi, dilingni vayron qiladi. Ular hasad, g'araz, tuhmat toshlari bo'lishi mumkin 

deydi shoir. Lekin dunyoda shunday toshlar ham borki u har kimning dilida bo'ladi. 

Bular otilmagan toshlar. Lekin uning qalbda qoldirgan jarohati otilgan toshdan ming 

chandon og'irroq bo'ladi. Bu qanday tosh bo'ldi ekan:  



U balki aliksiz qolgan bir salom

U balki avjida bo'lingan kalom, 

U balki do'stingga ochib dil-yurak, 

To'yida aytilmay qolgan bir tilak... 

Insonning to fazlu falokati bor, 

Uning bir-biriga malomati bor. 

Tashrifdan ko'z tikkan bemorlardan to 

Shohlar diligacha malomatdir jo.  

Bu "nechog' shafqatsiz tosh" qadim dunyo yaralibdik, odamzodga ilashib olgan, 

unday ayrilmaydi:  

Hanuz sarhadlardan g'amgin sas kelur, 

Malomat toshlari basma-bas kelur. 

Odamni mahv etar farzandi odam

Odam erur ammo tomoshabin ham.  

Bu g'aflat bosgan inson qo'ynidagi boshqa insonga qaratilgan mehrsizlik, diyonat 

toshimikan, davronning (axir u ham aslida odamlar izmi bilan yuradi-ku) insonlar 



boshiga solgan adadsiz kulfatlarimikin? Nima bo'lganda ham bu tosh bor ekan inson 

mukarram bo'la olmaydi.  

Abdulla Oripov she'riyati uchun o'tkir satirik ruh, inson kamoloti va ma'naviyatga 

qarshi bo'lgan barcha salbiy ko'rinishlarga ayovsiz munosabat xosdir.  



 

 

 

 

 

 

 

Download 119.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling