Mavzu: Abiotik, biotik, antropogen omillar

Download 2.33 Mb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1797539
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Abiotik, biotik, antropogen omillar

Ekologiyada muhit deb, tirik organizmni o’rab turgan fizik qamrov e’tiborga olinadi. Aniqroq so`z borganda muhit tevarak atrofdagi o`zaro bog’lanishlardagi shart sharoit ta’sirlar majmuasidir. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiy muhitni suv, quyosh , shamol, havo, yer o`simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo`lib insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir biri bilan chambarchas bog’liq. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. 

Tirik organizmlarga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillarning ayrim organizmlarga ko‘rsatgan ta’siri natijasi esa xilma - xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi - optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qo‘yi darajasi minimum bo‘ladi (1-rasm). Tabiiyki har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning o‘z maksimumi, minimumi va optimumi bo‘ladi. Chunonchi, uy pashshasi 7°C dan 50°C gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36-40°C ni tashkil etadi.

Muhit omillarining tirik organizmlarga ta’siri

Muhit omillarining tirik organizmlarga ta’siri

Shuni ham ta’kidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks ta’sir etgandagina ular yuqori natija beradi. Bu omillarning birortasi o‘z vaqtida bo‘lmasa yoki yetishmasa organizmlarning normal o‘sishi va rivojlanishi tugal o‘tmaydi. Demak, ekologik omillarning har biri organizm uchun zarur bo‘lib, ularning birini ikkinchisi almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar organizm hayotida bir xil ahamiyatga egadir. Chunonchi, o‘simliklar hayotidan misol keltirsak, g‘o‘zani o‘stirish va parvarish qilishda o‘g‘it bermasdan faqat suv berish bilan g‘o‘zani to‘la rivojlantirib bo‘lmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shunday natijalarga olib keladi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling