Mavzu: afrika xalqlari etnologiyasi va etnik tarixi
Download 64 Kb.
|
Afrika xalqlarinig etnogenezi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch So’zlar
MAVZU: AFRIKA XALQLARI ETNOLOGIYASI VA ETNIK TARIXI Reja:
1.Afrika qit'asi aholisining tarixiy-etnografik joylashishi. 2. Etnogenezi, tili va irqi. 3.Yevropaliklar mustamlakachiligining etnik – madaniy oqibatlari. Tayanch So’zlar: Tarixiy – etnografik viloyatlari. Til oilalari va guruxlari. Antropologik tarkibi. Xujalik madaniy tiplar. Antropogenez va Afrika topilmalari. Afrika xalklari kadimgi va urta asrlardagi madaniyati.Yevropa sivilizasiyasi va tropik Afrikadagi davlatlar xamda madaniyatlarning vayron bulishi. Oila-nikox munosabatlari. Ma'naviy madaniyat. Xozirgi zamon etnik madaniy jarayonlar. Afrika (“kora kit'a”) kit'asi maydonning kattaligi jixatidan Osiyodan keyin ikkinchi urinda turadi. Uning xududi 30, 3 mln. kv.km bulib, Yevropadan 3 marta katta. Axolisi soni taxminan 700 mln. kishi. Bu yerda kup millionli millatlar (misrliklar, jazoirliklar, marokashlar, amxara va x.k.), katta xalk va elatlar (xausa, fulbe kabilar) bilan birga mayda terib termachilik va ovchilik bilan kun kechiruvchi daydi ibtidoiy kabilalar xam yashaydi. Xozirda Afrikada taxminan 200-250 xalk mavjud. Shulardan 83 tasi 1 milliondan ortik axoliga ega bulib, butun kit'a axolisining 86 % ini tashkil kiladi. Qit'ani turt tomondan Tinch va Atlantika okeanlari xamda Urta va Kizil dengiz suvlari urab turadi. Uni Yevropadan Gibraltar bugozi ( eni 14 km), Osiyodan Suvaysh kanali ajratib turadi. Qit'ani ekvator chizigi deyarli teng urtasidan kesib utib, uning janubiy va shimoliy kismida subtropik iklimli, serunum, yashash uchun kulay joylardir. Relyefi katta yassi tog shaklida bulib, atroflarida biror toglar mavjud. Uning shimolida Atlas, sharqida Abissin va Sharkiy Afrika yassi tog tismalari joylashgan. Qit'aning 30% xududi baland buyli utlar va savanna bulib, kolgani changalzor, urmon va bepoyon saxrodir.Eng katta daryolardan Nil, Niger, Kongo, Zambezi mavjud. Eng katta kullarikit'a sharkida joylashgan bulib, ular – Viktoriya, Tangonika, Nyasa, Mveru va Markaziy Afrikadagi Chad kulidir.Eng katta saxrolardan Saxroi Kabir, Kalaxari va Namib chullari. O’simlik dunyosi juda boy. Banan, yer yongogi, xurmo, kofe va kauchuk daraxtining vatanidir. Chorvachilikka kulay, yem-xashakka boy savannada molning ashaddiy dushmani sese pashshasini nihoyatda kupligi tufayli bu soxa kam rivojlangan. Ammo xayvonot dunyosi juda boy, fil, karkidon, oxu, tuyakush, yulbars, arslon, maymun, ilon, timsox kabi xayvonlar juda kup. Afrika eng kup olmos, oltin, platina, uran, temir rudasi, mis, alyumin, fosforit, neft, ko’mir kabi foydali kazilmalarga boy. Tabiati singari axolisining etnik kiyofasi joylanishi va zichligi xam turli-tumandir. Qit'aning etnik tuzilishida kadimdan uzok davr mobaynida shakllanib kelgan xalklar muxim urin egallaydi. Antropologik jixatdan Afrika axolisi uchta yirik irk, urta va aralash tiplardan iborat. Kit'aning shimoliyda Saxroi Kabirning janubigacha yevropoid irkiga oid kora kuz, tulkinsimon korasoch, bugdoy rang tanli, uzunchok yuzli, bir oz burgutsimon burunli arablar, barbarlar yashaydi. Afrikaning asosiy axolisi xisoblangan kup sonli asl negroidlar katta xududda tarkalgan. Ular kop-kora tani, kora kuzi va burama sochlari, kalin labi, keng va puchuk burni kabi belgilari bilan ajralib turadi. Katta negroid irki ichida uzun buyli va tanasi nixoyatda kora nilodlar tipi Nil daryosi yukori okimlarida va Buyuk kullar atrofida yashaydi. Kongo voxasining tropik urmonlarida past buyli (urtacha 141-142 sm), bir oz koramtir tanli, sersokolli, puchuk keng burunli pigmentlar yashaydi. Jismoniy tuzilishi jixatidan Afrikaning eng janubiy kismida yashayotgan bushmenlar va gottentotlar maxsus antropologik tipni tashkil kiladilar. Madagaskar axolisi xam negroid va mongoloid irklari aralashmasidan paydo bulgan maxsus tiplardan iborat. Sunggi tasniflashga binoan Afrika tillari turtta katta til oilasini tashkil kiladi: 1.Semit-xamit (Afroosiyo). 2.Niger-kordofa. 3.Nil-saxara. 4.Koyson tillari. Uz navbatida ular xam katta-kichik turkum va guruxlarga bulinadi. Xamit til oilasiga kirgan arab tilida suzlashadigan axoli (misrliklar, jazoirliklar, tunisliklar, liviyaliklar) VII-VII1 asrlarda Arabiston yarim oroliga kuchib kelib, maxalliy tub elat va xalklar bilan aralashib ketishi natijasida paydo bulgan. Eng kadimgi tub axoli avlodlaridan barbarlar fakat Magrib toglarida va Saxroi Kabirda saklanib kolgan.Ammo ularning kupchiligi ( kabillar, tuareglar, rif va boshkalar) xozirda dastlabki tillarini yukotib arab tiliga utganlar. Semit guruxiga kirgan eng yirik xalklardan amxara, tigrai va tigri xozirgi efiopiya millatining negizini xosil kiladi. Niger-kordofa til oilasidagi xalklar beshta turkum – benue-kongo, kva,monde, garb-atlantika va voltadan iborat. Nil-saxara til oilasi uchta yirik guruxga – songai, saxara va shari-nilga bulinadi. Mazkur oilaga uchta uziga xos tilga ega elatlar – maba, fur va koma kiradi. Koyson til oilasiga bushmenlar, gottentotlar va toglik damaralar kiradi. Ular utmishda Janubiy Afrikaning juda keng xududini egallagan. Shuningdek, koyson tillariga Sharkiy Afrikadagi sandave va xatsa elatlari xam kiradi. Madagaskar orolidagi malgashlar tili, antropologik tuzilishi va madaniyati bilan kit'a axolisidan ancha ajralib turadi. Ularning tili avtroneziya til oilasiga oid, antropologik jixatdan esa janubiy mongoloidlarga yakin. Kit'ada yashovchi yevropaliklar butun axolining 2-3 % ini tashkil kiladi. Ular asosan inglizlar, burlar, fransuzlar, ispanlar, italyanlar, portugallardan iborat bulib ozchilikni tashkil kilsada, uz iktisodiyoti va siyosiy tuzumiga egadirlar. Xozirgi afrika xalklarining etnik kiyofasini urganish uchun avvalo uning tarixini bilish zarur. Sunggi un yilliklarda olib borilgan arxeologik izlanishlar Afrika tarixining uzok utmishiga oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Janubiy va Sharkiy Afrikada avstrolopiteklar yashaganligini xam, kit'a eng kadimgi odamlar vatani ekanligi tasdiklandi. Bu yerda 4 million yil mukaddam gominidlar, ya'ni odamsimon mavjudotlar yashaganligi, odamzot esa 2,5-3 million yillar mukaddam paydo bulganligi aniklandi. Ilk paleolit davriga oid ibtidoiy manzilgoxlar Tanzaniyaning Olduvay darasidan topilgan. Neolit davriga kelib, Shimoliy va Markaziy Misrda, Sudan va boshka voxalarda dexkonchilik va chorvachilik shakllanib, axolining utrok xayot tarziga utishi ruy bergan. Mezolit va Neolit davrlarida xozirgi antropolik tiplar shakllanib bulgan, neolit davriga kelib xozirgi tillar xam shakllanib tugagan. Misrliklar kushni elatlar xakida muxim yozma manbalar koldirgan. Ularda ok tanli Liviya kabilalari, jigarrang tanli kushetlar, kora tanli nilodlar va boshka xalklar xakida turli xil ma'lumotlar saklangan. Er.av. 3-2 ming yillikda Saxroi Kabirda kirgokchilik bulgan, kuplab elat va xalklarni kuchishga majbur kilgan. Okibatda Saxroi Kabirning janubida uziga xos yangi nok madaniyati shakllangan. Ular temir va boshka metallarni ishlab chikarishni bilgan va foydalanishgan. Eramizning VII1-1X asrlariga kelib tropik Afrikada ekspluatasiya va sinfiy tuzum munosabatlariga asoslangan bir necha yirik davlatlar shakllanib, XU1 asrgacha rivojlanib kelgan. Ulardan Gana, Mali, Songayi, Dagomeya, Xausan shaxar-davlatlari, Sudandagi Kanem-Bornu, Benin, Gvineya soxilidagi Yoruba davlati, kadimgi Kongo va Efiopiya davlatlari va boshkalarni eslash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab chikarish kuchlariga ega bulgan ijtimoiy mulk va yuksak madaniyat yaratganlar. Afrika kit'asida mustamlaka XU asr oxiridan boshlandi. Bu davrda kelgindi yevropaliklar bilan maxalliy axoli orasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. XU1 asr boshlaridan avj olgan pul savdosi Afrika xalklarining tarixiy tarakkiyotini tuxtatibgina kolmay, balki bir necha asrlarga orkaga tashlagan. Avval portugaliyaliklar, keyin ingliz, golland va fransuz mustamlakachilari kit'ani ochikdan-ochik talaganlar, barcha boyliklarni yuk kilganlar, ogir soliklar solganlar va minglab kishilarni zurlab olib ketib kul kilib sotganlar. Vaxshiy kuldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib ketilgan kishilarning soni 100 milliondan ortik bulgan. Kit'adagi ozodlik uchun urushlar, ichki ziddiyat va kurashlar xam minglab Afrikaliklarni yostigini kuritgan va kadimiy davlatlarning inkirozini kuchaytirgan. Mazkur vokealar axolining madaniy jixatdan Yevropadan orkada kolishining asosiy sababidir. X1X asr urtalarida kul savdosi tugatilib, ullar ozod deb e'lon kilingan edi. Ammo usha davrdan boshlab boskinchi yirik davlatlar Afrikani kaytadan bulib olishga kirishdilar. Kit'a Angliya, Fransiya va Germaniya urtasida talashib buysundirilgan, Kongoni Belgiya egallagan. Birinchi jaxon urushida Germaniya maglubiyatga uchragandan keyin uning mustamlaka kismini golib chikkan Angliya va Fransiya uzaro bulib olishgan. XX asr boshlarida tropik Afrikaning 90,4 % i mustamlaka kilingan edi. Uzok davom etgan ozodlik kurashi natijasida kit'aning kupchilik kismida mustakil va ozod davlatlar karor topdi. Afrika kit'asining etnik tuzilishini kuyidagi tarixiy etnografik viloyatlarga bulib urganish mumkin: Shimoliy Afrika xalklari. Garbiy va Markaziy Afrika xalklari. Sharkiy va Janubiy Afrika xalklari. Ular keng xududda joylashgan bulib, umumiy birlika ega bulgan regionlar xisoblanadi. Butun kit'a axolisining tabiiy sharoiti etnik kiyofasi tarixiy takdiri va ijtimoiy-iktisodiy darajasi jixatidan yukoridagi tarixiy etnografik viloyatlarga bulib o’rganamiz. Antropologik jihatdan Afrika aholisi uchta yirik irq ,aralash va o’rta tiplardan iborat. Qit’aning shimolida saroyi kabirning janubigacha yevropoid irqiga mansub bo’lib qora ko’z, to’lqinsimon qora soch, bug’doy mayiz tanli uzunchoq yuzli bir oz burgutsimon qirraburunli arablar, barbarlar yashaydi. Efiopiya va Somali yarim orolida o’rta irq hisoblangan, biroz qoramtirroq, yuzi kichikroq, labi qalinroq, o’rta yoki novcha bo’yli amxara, gala, tigri va boshqa xalqlar joylashgan. Afrikadagi turli xaqlar (tuarig, fulba, mursi, dogong, masa, tvea, hausa, zulus va bushmen) kabi qabilalar mavjud. Sharqiy Tropik Afrikada va qit’aning janibida katta hududida tarqalgan. Ularni tani qopqora, qora ko’zi va(burma) speral sochlari iyagi biroz oldinga cho’zilgan pragmatizm, qalin labi va puchq burunli ko’sa soqol va kam tukli belgilari bila ajralib turadilar. Xalq ijodi badiiy hunarmandchilik ancha rivojlangan.Janubiy Afrika bantulari chiroyli cho’zma usulda sopol buyumlar ,o’yma naqishli yog’och idishlar, ho’kiz qo’shiladigan ayri shoxli yogo’chdan yasalgan. Jo’shqin raqs va kuylar ularning eng sevimli tomoshalari barcha tantana va marosimlarning eng muhim qismidir. Musiqa asboblari turli xilda ammo katta kichik nog’oralar(“marimbo”), (“nigoma”) doimo jo’r bo’lgan. Fel, karkidon, ilon, ho’kiz,jirafa kabi hayvonlar, ov marosimlari va urush marosimlari bushmen rasmlarida ifodalangan. Shimoliy Afrika xalklarining xujaligi jaxondagi eng kadimiy dexkonchilik va chorvachilik xujaligi bulib, uning ajoyib an'analari xozirgacha yetib kelgan.Nil vodiysi va dengiz soxillaridagi serunum yerlarda asosan dexkonchilik, saxro va dashtlarda yarim kuchmanchilik asosiy xujalik tarmogi bulgan.Bu yerdagi dexkonchilik neolit davrida paydo bulgan va daryo toshkinlaridan foydalanib ekin ekishdan iboratbulgan. Nil vodiysida ilgari bir necha ming gektar maydonni uchastkalarga bulib rosh bilan chek solgan va toshkin suvidan tuldirilib bir yarim oygacha suv saklangan.Suv singib ketgandan keyin Nilning serunum loykasiga urug sochganlar. Odatda bugdoy, arpa, loviya, beda va boshka ekinlar ekilgan va kish buyi usib yozga borib xosil bergan.Oddiy dexkon ( falloxlar ) lar uz yerlarini sodda usulda pakir bilan suv chikarib (shaduf orkali ) yoki maxsus mexanizim – sakiya orkali sugorib dexkonchilik kilganlar. Don, loviya va paxta ekinlaridan tashkari falloxlar sholi, shakarkamish, makka, suli, zigir, turli sabzavot va poliz ekinlari, beda ekkanlar. Yerni xaydashda kadimiy temir uchli omoch ishlatilgan, unga xukiz, kutos, eshak, xachir yoki tuya kushilgan. Yerga ishlov berishda motiga ( ketmon ) dan foydalanilgan, xosil urok bilan urilgan va maxsus yogochga ishchi xayvon kushib yanchishgan.Agar Misrda asosan don ,paxta,sabzavot ekilsa , Marokashda makka, Tunisda zaytun daraxti,Janubiy Magribda xurmo ekilgan , bu yerda uzum , anjir, bodom, sitrus usimliklari va sabzovot ustirilgan. Misr dexkonchiligi an'anaviy uch faslga bulingan: kishki ( shitvi ), yozgi ( sayfi ) va Nilning toshkin davriga tugri keladigan kuzgi ( nili). Kishki ( noyabr – mart ) faslida bugdoy, arpa, piyoz, loviya, beda ekilgan, yozgi ( aprel – avgust ) da paxta, zigir, kandir, shakarkamish, sholi, makka ekishgan, kuzgi faslda ( sentabr – noyabr ) esa asosan sholi, makka va suli ekilgan. Qishlok jamoasi kadimdan turli uy xunarmandchiligi bilan xam shugullanganlar. Ular kulda va charxda sopol buyumlar yasaganlar, buyra,chipta tukiganlar. Chorvachilik bilan shugullanuvchi axoli esa , jundan xar xil mato, gilam tukiganlar, kigiz, teri poyabzal, egar kabi zarur buyumlar yasaganlar. Shaxarlarda yirik xunarmandchilik, ayniksa , temirchilik, misgarlik, zargarlik, kunchilik, kulolchilik ancha rivojlangan. Misr falloxlari kichik kishloklarda Nil vodiysining sugoriladigan joylarida yashaganlar. Ular xom gishtdan yoki guvaladan bir kavatli tekis tomli uy kurganlar. Dexkon uylari bir xujrali oynasiz va tuynuksiz , yarmisini supali pechka egallagan bulib , shunga tushalgan buyrada yotib turganlar. Falloxlar ogir turmush sharoitida tirikchilik utkazadilar. Ularning taomlari asosan makka, suli yoki tarikdan yopilgan chuchuk non va atala, piyoz, kalampir yoki bodring, ba'zan kurt iste'mol kiladilar, dengiz soxili va Nil vodiysidagilar balikkovurib yeganlar, gusht juda kam ishlatilgan. Sabzavot xam iste'mol kilingan. Ovkatlanish uch maxal, issik ovkat odatda kechki payt yeyiladi. Ichimliklardan kandsiz kora kofe, achchik choy, arpadan tayyorlangan pivo. Magribda sabzavot va meva kuprok iste'mol kiligan. Afrika arablarining eng sevimli taomi bugdoy yoki arpa unidan yumalok kilib turli ziravorlar solingan bugda pishirilgan kuskus. Uni tayyorlash uchun katta san'at talab kilingan. Kuchmanchi kabilalarning taomi xurmo, chorva maxsulotlaridan – katik, suzma, pishlok va kisman gushtdan iborat. ADABIYOTLAR: 1. Andrianov B.B. Nеsеlеniе Afriki.M. 1987. 2. Dеvidson B. Afrikantsi. Vvdеniе v istoriyu kulturi. M. 1975. 3. Lvova E.S. Etnografiya Afrika. M.1984. 4. Jabborov I.M. Jahon xalqlari etnografiyasi. T.1985. 5. Narodi Afriki. M., ANS. 1958. 6.O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar. 7..Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkеnt, 2001 Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling