Mavzu; Aftomatik rostlash usullari. Reja. Avtomatik rostlashning vazifasi
Download 147.97 Kb.
|
energiya tejamkorlik mustaqil ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat.
Rostlanuvchi kattalikning qiymati o‘zgarishi bilan ob’ekt sig‘imi o‘zgaradi. Ob’ekt sig‘imining rostlanuvchi kattalikka ko‘rsatgan ta’sirini baholash uchun sig‘im koeffisienti tushunchasi ishlatiladi. Sig‘im koeffisienti rostlanuvchi kattalikni bir o‘lchov birligiga o‘zgartirish uchun ob’ektga qancha modda yoki energiya kiritish yoki undan uzoqlashtirish kerakligini ko‘rsatadi. Umuman, rostlash jarayoni modda yoki energiyani ob’ekt yaqinlashishi va undan uzoqlashishishiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan rostlanuvchi kattalikni ma’lum bir qiymatda ushlab turishdan iborat. Rostlanuvchi ob’ektga kelgan modda yoki energiya qiymati DQ ni ob’ekt tashqi rejimining sonli parametri deb ataymiz. Uning qiymati modda yoki energiyaning yaqinlashish Qя va uzoqlashish qiymatlari ayirmasiga teng.Ob’ektga biror qiymatda modda yoki energiya kirishda ob’ektga ma’lum qarshiliklardan o‘tish kerak (qizitishda ob’ektga berilgan issiqlik oqimi termik qarshilikka uchraydi; apparatga suyuqlik berilganda oqim gidravlik qarshilikka uchraydi). qarshilik o‘lchovi potensiallar farqining bir o‘lchov birligiga teng bo‘lgandagi modda yoki energiyaning ob’ektga berilgan qiymatidan iborat. Ob’ektning inersionligi uning sig‘imi va qarshiligiga bog‘liq. Sig‘im va qarshilik qancha katta bo‘lsa, ob’ektning inersionligi shuncha katta bo‘ladi.Yuklama - ob’ektga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu ta’sirning qiymati apparat ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik ehtiyojlar uchun ob’ektdan olinadigan modda yoki energiya qiymatini ifodalaydi. Rostlanuvchi ob’ektdan modda yoki energiya o‘tishida apparat yuklamasining (ishlab chiqarishi) o‘zgarishi rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishiga olib keladi.Rostlanuvchi ob’ekt yuklamasining o‘zgarishi g‘alayonlanish manbalaridan biridir. Modda yoki energiya sarfini ularning ob’ektga kelishidan avval stabillashtirish mumkin bo‘lsa, berilayotgan xom ashyo tarkibini stabillash birmuncha iyinchiliklar tug‘diradi. SHuning uchun, ob’ektga keladigan modda qiymatining tebranishi g‘alayonlanishining yana bir manbalaridan biridir. Nostasionar ob’ektlarda g‘alayonlanishlar ob’ekt xarakteristikalarining o‘zgarishi sababli ham kelib chiqishi mumkin.Ob’ektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionaligi bilan izohlanadi. Sof (transport) va oraliq (sig‘imli) kechikishlar mavjud. G‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilgan paytdan boshlab rostlanuvchi kattalik ob’ekt chiqishida o‘zgara boshlagan paytgacha o‘tgan vaqt sof kechikish deyiladi.Etiboringiz uchun rahmat.Download 147.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling