Mavzu: ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish. I. Kirish II. Asosiy qism
Download 236 Kb.
|
Ahloqiy tar.maqollardan foydalanish 447
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS IShINING VAZIFALARI
- KURS IShINING METODLARI
- 1.Matal va maqollar haqida umumiy tushuncha, ularning mazmuni va mohiyati
KURS IShINING MAQSADI: talabalarni axloqiy ruxda tarbiyalashda matal va maqollarning nazariy va amaliy ahamiyatini yoritish, uning yo‘nalishlari hamda zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish.
KURS IShINING OB’YEKTI: matal va maqollar asosida talabalarni axloqiy ruxda tarbiyalash jarayoni. KURS IShINING PREDMETI: matal va maqollar asosida talabalarni axloqiy ruxda tarbiyalash mazmuni va shakllari. KURS IShINING VAZIFALARI: Mavzuni ilmiy, nazariy va falsafiy jihatdan asoslash. Matal va maqollar asosida talabalarni axloqiy ruxda tarbiyalashning dolzarbligini aniqlash. Talabalarni axloqiy ruxda tarbiyalashda matal va maqollarning rolini baholash va mavjud imkoniyatlarini belgilash. Matal va maqollar asosida talabalarni axloqiy ruxda tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini. KURS IShINING METODLARI: adabiyotlarini o‘rganish; pedagogik tahlil; qiyosiy tahlil; so‘rovnomalar, testlar o‘tkazish; natijalarni umumlashtirish. KURS IShINING TUZILIShI VA HAJMI: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, jami 48 sahifani tashkil qiladi. 1.Matal va maqollar haqida umumiy tushuncha, ularning mazmuni va mohiyati Folklor buyuk mutafakkirlarning hurmatli so‘zlari, bitiklari bilan munosib bellashib, milliy tillarga jon bag‘ishlab kelgan. Bundan tashqari mutafakkirlar o‘zlarining fikrlari qanotbaxsh tuyg‘ularga aylanib, butun bir avlodning kundalik muloqotida maqol matallar bilan yonma-yon ishlatilsa, o‘zlarini baxtli hisoblaganlar. Maqol va matallarda tafakkur ifodasi, milliy xususiyatlar yorqinroq namoyon bo‘ladi. Matallarni o‘zi yaratgan tilda bilish sizni begona til muxitida adashmasligingizga ulkan ahamiyat kasb etadi, o‘zaro tushinish va ishonch darvozasini ochadi, o‘quvchini til bilish sohasidagi obro‘-e’tiborini oshiradi. Xar bir milliy tilning boyishi, sayqallanishi asosan o‘sha tilni tashkil etgan resurslar hisobiga sodir bo‘ladi. Xar bir milliy til o‘zining lug‘at sostavi va grammatik qurilishiga ega bo‘lib, asosan o‘zining ichki taraqqiyot qonun-qoidalari asosida rivojlanadi, boyiydi va to‘xtovsiz ravishda kamolotga intiladi. Maqol, matal, hikmatli so‘zlar va idiomatik ta’birlarni tarjima qilish qiyin ish, chunki ular har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bunday xususiyatlarni boshqa til vositalari bilan ifodalash oson emas albatta, maqol va matallari til xazinasidir. Gul – go‘zallik, yoshlik, navqironlik timsoli. eng ulug‘ va hurmatli, yorga, do‘tsga gul taqdim qilinadi. Tikan esa gulning tamom teskarisi sifatlariga ega. Shuning uchun go‘zallik va xunuklik, nafosat va dag‘allik gul va tikan misolida tarannum qilinadi. Qaranki, bir – biriga butunlay qarama – qarshi ma’noni ifodalaydigan ikki narsa gul va tukan o‘rtasidagi ham birlik bor, ularni bir – biridan ajratib bo‘lmaydi. Bir – biriga ma’nosi zid bo‘lgan ikki ob’yektning kontrats qo‘yilishi maqollarning shaklli va mantiqi uchun zaruriy vositalardan biri bo‘lganligidan bu matal turli tillarda uchraydi. Har bir xalq maqoli, matali va idiomasida, asosan o‘sha xalq yashayotgan tabiiy sharoit uchun muvofiq va tipik bo‘lganhayvon yoki parrandlarning nomlari asos bo‘lib keladi. Kishilar o‘z etika, xulq – atvor dan yoqarash va maslaklariga muvofiq axloq qoidalarning tasdiqlash, hikmat yaratish, yana eng chuqur mantiq va ma’noni berish uchun hayvon va parrandalarning ongsiz, insinktiv harkatlaridan foydalanadilar va ularni hatto “odamlarday” harkat qildiradilar. Ba’zan esa bu asosida hayvonlarning o‘zlari nomida muloxaza yuritiladi. N. Esanbatning ko‘rsatishicha, tatar xalq maqollarning faqat birinchi tomidagina it to‘g‘risida 500 tacha maqol keltirilgan. Kishining g‘ayvonot olamidagi eng yaqin do‘tsi bo‘lgan it urushda, ovda, ilmiy ishda, tinch g‘ayotda g‘amkor, qo‘riqchi posbon, datsiyor sifatida uning muhabbatiga sazavor bo‘lgan. Bular maqol va matallarda qisman o‘z aksini topgan. Ammo shunisi borki, har bir foydasi ham, zarari ham tegmaydigan musicha, kaptar hamda boshqa shu kabi bir necha hayvonlar insonning juda katta muhabbatiga sazavor bo‘lgani holda, itning tubanlik va patskashlik, razillik va olchoqliq timsolida bo‘lib qolishi g‘alati tuyuladi. Demak, biron hayvon yoki parranda nomining maqol yoki matal uchun ob’yekt bo‘lishi, uning yaxshi yoki yomon tomondan harakatlanishi, yoki xo‘jalikda tutgan o‘rni, insonga keltirgan foyda – ziyoni bilangina belgilanmaydi. Turli xalqlarda ushbu matal ob’yektining bir – biriga muvofiq kelishiga sabab shuki, deyarli hamma xalqlarda ham qarg‘a – dilsiyoxlik baxtsizlik, urush – janjal timsolida. Shuning uchun “ikki yovuz bir – biriga xilofat qilmaydi” ma’nosida matal yaratar ekanlar, xalqlar qarg‘aning nomini asos qilib qilib olganlar. Masalan: Baliq boshidan chiriydi; Burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirma; Itga it o‘limi. Maqol kundalik xayotda kishilarning bir biri bilan muomalada bo‘lish jarayonida tug‘iladi. Xalq maqoli-xalqning mulkidir. Maqol qayg‘usi esa xalqning qayg‘usidir. Maqol g‘azabi- xalqning g‘azabi Maqol kulgusi-xalq kulgusi va maqol kinoyasi –xalq kinoyasi demakdir deb ko‘rsatadi tatar yozuvchisi Noqiy Esonboy. Maqol xalq orasida kun sayin tugilib turganidek, ota bobolar so‘zi sifatida avlodddan avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Xar bir maqol ham ma’no, max shakl, ham silitsik funktsiya jixatidan o‘ziga xos xususiyatga ega. Maqolda vatanni sevish, mexnat qilib yashash g‘oyalari ilgari suriladi. Maqol – narsa va xodisalarni obrazli ifodalovchi tilda keng ishlatiladigan ibora va nutq iboratlaridir. Matal so‘zlovchining o‘z nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal aytilmoqchi bo‘lgan fikrni tugal bayon qilmay, balki unga ishora qiladi. Matal “u axmok odam” deyish o‘rniga “uning bir kaynovi pats” deydi, “ular bir biriga juda mos” deyish o‘rniga – “ular bir olmaning ikki pallasi” deb aytadi. Maqol bilan matal o‘rtasida umumiylik ko‘zga tashlanadi. Bu umumiylik shundan iboratki xar ikkala kategoriya ham nutqni jonlantirish, jozibador va obrazli qilish, fikrni tayyor nutq qoliplari, formulalari bilan ifodalash, uni mazmundor kilishda ishlatiladi. Lekin shu bilan birga tugal fikrni o‘zida ifodalagan maqollardan matallar jiddiy fark qiladi. Avvalo maqol zaminida xalq hikmati yotadi. Axmoqqa sukut javob deydi o‘zbeklar. Ruslar esa durak boksit umniy myachit deb aytadilar. Bu maqolning qanday hikmati bor? Axir bir axmoq xaqorat qilaversa, bunday paytda jim turib bulmaydimi? – na jim turib bo‘ladi- deydi maqol. Nodon odam bilan aytishish oson, biroq chidam bilan sukut saqlash xar kimning qo‘lidan ham kelavermaydi. Ikkinchidan, axmoqning xaqoratlariga xaqorat bilan javob qilish-sharmanda bo‘lish, ya’ni o‘zing ham axmoq bo‘lding demakdir. Aytuvchi axmoq bo‘lsa, tinglovchi dono kerak-deydi maqol. Binobarin axmoqqa qarshi eng oqilona javob- sukut qilishdir. Yuqoridagi maqolning mazmuni, hikmat ana shunda. O‘zbeklarda nodonga so‘zlagan esiz so‘zim, o‘likka yig‘lagan esiz ko‘zim-degan maqol bor. Ko‘rinadiki, bir qancha oddiy so‘z bilan ta’bir qilinmaydigan chuqur axloqiy g‘oya qisqa, ixcham birqolip shakliga kirgan demak, shakl ixchamligi maqollarga xos ikkinchi belgidir. Maqollar tarkibidagi so‘zlarning bir-biriga qofiyalanib kelishi va alliteratsiya qarama qarshi ma’noli so‘zlarning birikishi ham maqollarning shakl xususiyatlariga xos belgilardandir. Masalan: oy tunda kerak, aql kunda kerak, kun ko‘rmagan kun ko‘rsa kunduz kuni chiroq yokar. Ko‘pgina maqollarga xos uchinchi belgi ularning majoriy ma’nosida ishlatilishdir. Idioma-shaklan bo‘laklarga ajralmaydigan maxrajli birikma tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri va konkret ma’nosi bilan talqin qilinmaydigan ko‘chma ma’no anglatuvchi so‘z birkmasidir. Bir tildagi idomatik iboralarni boshqa tilga birikma tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosini tarjima qilsa ko‘pincha tushunarli bo‘lmaganiday xato aynitimning o‘zida ham ularni to‘g‘ri ma’noda talqin qilish ya’ni idomatik birikmaning erkin so‘z birikmasi deb talqin qilish tushunmovchiliklar sabab bo‘ladi. Maqol bilan idoma ma’nosi shakl tomonidan bir biridan jiddiy farq qilsa ham ammo maqol bilan matal bilan idoma o‘rtasida o‘xshashliklar katta ko‘pincha ularni bir biridan ajratish qiyin. Maqol so‘zining lug‘aviy ma’nosi o‘ta donolik, aql-zakovat bilan oqilona aytilgan muxlat qo‘yiladigan, o‘zgartirib bo‘lmaydigan chuqur ma’noli gap demakdir. Xalq ijodiyotining o‘ziga xos ja’mi og‘zaki nutqdan ham yozma adabiyotdan ham turli atamalar bilan nomlanadi. Maqol, matal, naql, masal, hikmatli so‘zlar aforizmlar, ota-bobolar so‘zi donolar va xakozo. Bular orasida maqol atamasi keng qo‘llaniladi. Maqol xalq orasida kun sayin tug‘ilib turganidek, ota bobolar so‘zi sifatida avlodlardan avlodlarga meros bulib o‘tadi. Bu merosni xalq juda extiyot bilan ko‘z qorachig‘idek saqlaydi. Xalq maqoli xar bir kishi amal qlishi lozim bo‘lgan axloqiy qoidalarning o‘ziga xos kodeksidir. Xar bir makol ham ma’no, ham shakl, ham silitsik funktsiyasi jixatidan o‘ziga xos xususiyatga ega. Lekin shunga karamay hammaa maqollarda xalq hikmati yoddadir. Maqol turmushda sinalganda ma’lum ezgu tugal umumiy ma’no anglatuvchi ixcham bir shakldagi xalq hikmatidir. Maqollar bir uchun asrning sadosi uzoq o‘tmish bilan hamnafaslik xissini uyg‘otuvchi chaqiriq zamonlararo ko‘prikdir. Maqollar-noma’lum shoirlarning yurak satrlari, xalq itsedodoning masoqa bilmas shu’lalari, zulm, adovat, xaqsizlik ko‘ksiga sanchiluvchi adolat tig‘idir. Maqollar – xech bir podsho e’lon qilmagan farmon, xech bir prezident muxrlagan qonun, xech bir davlat tomonidan bitilmagan konsitutsiyadir. Tillarning funksiyasini o‘rgatishda xalq qanday narsalarni nomini kanday voqea xodisalarni timsoli sifatida qabul qilganligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Dunyodagi juda ko‘p xalqlar yaxshilik, yomonlik, yuvoshlik, saxiylik, ayyorlik, vaxshiylik, qo‘pollik timsoli sifatida qabul kilinganligini aniqlash zarurdir. Masalan: yomonlik, zararkunadalik timsoli ilon, chayon, vaxshiylik timsoli-bo‘ri, yuvoshlik timsoli musicha, qo‘y, mexnatsevarlik timsoli – chumoli va asalari; kattalik timsoli-fil; ayyorlik timsoli-tulki; qo‘pollik timsoli-ayiq; befahmlik va befarosatlik timsoli-yeshak, cho‘chqa; tinchlik timsoli-kabutar; go‘zallik timsoli-tovus; xushxonlik-bulbuldir. Hamma xalqlar ham farosatsizlik, ayyorlik va qo‘pollik timsoli sifatida ma’lum biz hayvon va parrandani belgilar ekan, bunda shubhasiz,o‘sha hayvon va parrandaning xulqiga, tashqi ko‘rinishga va hatti – harakatlariga asoslanadilar. Judako‘p xalqlar ayyorlik, mug‘ombirlik timsoli sifatida tulkini oladilar. Xalq nazarida tulki boshqa jonivorlarga qaraganda ancha aqlli va o‘ta ayyor hayvondir. Chunonchi u turli afsonalarda qarg‘ani aldaydi, bo‘rini o‘sal qiladi, itni ko‘zini shamg‘alat qiladi. Ba’zi hayvonlarni muqaddas bilish ularni ilohiylashtirish ob’yekti shu hayvon yoki parrandalarning nomlaridan iborat maqol idiomalarning xarakteri ta’sir qiladi. Maqol va idiomalarning shakl xususiyatlari to‘g‘risida gapirganda qisqagina qilib qisqa deyishning o‘zgina kifoya qilmaydi. Axir har qanday qisqa jumla ba’zan chuqur mazmunli har qanday qisqa jumla ham maqol, matal yoki idioma bo‘lmaydi-ku. Xuddi geometriya qoidalarida munozarali fikrlar – teorema o‘rtaga tashlanib so‘ngra bir qancha vositalarni bevosita va shartli ravishda bir – biriga nisbat berib, va qiyos qilib oxirida xulosa chiqarilganday maqol va matlallar ham tilda muayyan bir shaklga, axloq qoidalariga kirib qolgan go‘yona shunday xulosalardir. Maqollarda biz ijtimoiy mavjud barcha qoida, qonunlarning in’ikosini ko‘ramiz. Muvofiqlik va ziddiyat; qarama – qarshiliklar, nisbiyat; aloqadorlik, taqozo, vaziyat; harakat; rivojlanish; tariqqiyot; turg‘unlik; miqdor; sifat; shakl; mazmun; va boshqa shu kaba mantiqiy tushunchalar va dialektika kategoriyalarga aloqador eng yaxshi misollarni maqol va matallardan topamiz. Maqollar va matallar xalqning tarixiy, og‘zaki va yoza ijodi mahsuli hisoblanib, xalqning ko‘p asrlik tajribalari, turmushidagi turli voqea-hodisalarga munosabatining ifodasidir. Maqol xalq orasida kun sayin tug‘ilib qolganidek, uni badiiy matnda, ya’ni qalam yordamida yoritilayotgan asarda qo‘llash masalalari paydo bo‘ldi. Chunki asarda berilayotgan timsol yoki voqea-hodisani to‘laroq bayon etish uchun albatta maqol va matallarga murojat qilinadi. Maqol so‘zining ko‘rki, nutqning o‘tkir quroli, xalqning donishmandligidadir. Har bir xalqning tarixi, tafakkuri va ruhiy holatlari maqol, matallarda o‘z ifodasini topadi. Har bir maqolda shu maqolni yaratgan xalqning timsoli, xalqning milliy madaniy merosi namoyon bo‘ladi. Maqol, matallarda Vatanni sevish, mehnat qilib yashash g‘oyalari maqol mohiyatida salmoqli hissalar qo‘shib keladi. Badiiy matn matallarda esa maqollar va matallarda o‘girish jarayoni alohida o‘rin egallaydi. Bu erdan tarjimondan o‘tkir ziyraklik va katta matonat talab qilinadi. Chunki aynan maqol va matallarning tarjimasini to‘liq yoritib berolmaslik badiiy asar mazmuniga putur etkazishi mumkin. To‘g‘ri, har bir maqol va matal ham ma’no, ham shakl, ham xususiyatga ega. Lekin bularga umumiylik masalasi ham ahamiyatlidir. Shuni aytib o‘tish kerakki, ko‘plab maqollarning har xil tillardagi shaklllarida ham shaklan, ham ma’no jihatidan yoki umumiy bajarayotgan funktsiyalaridan o‘hshashlik topsa bo‘ladi. Ma’lumki, har bir xalqning o‘z e’tiqodi, psixik va o‘ziga xos xususiyalari bor uning o‘ziga xos fantastik obrazlari turli-tuman ko‘chma ma’noli birikmalari uchun asos qilib olingan timsollar bor. Maqolning chuqur mazmuni uning formasi bilan vobatsadir. Boshqa tilga ko‘chirgan esa formasi emas, balki faqat mazmunigina ko‘chadi xolos. O‘ziga xos formadan so‘z yoki obrazning o‘z tilida anglatgan mazmunidan xolos bo‘lib qolgan maqol va matal boshqa xalq nazarida shu maqollarni yaratgan xalqning donishmandligidan darak berish o‘rniga uning tafakkur taxliti to‘g‘risida aksincha yomon taassurot qoldiradi. Download 236 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling