Mavzu: ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish. I. Kirish II. Asosiy qism


Download 236 Kb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi236 Kb.
#1466926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ahloqiy tar.maqollardan foydalanish 447

UMUMIY XULOSALAR
Maqol va matallarda tafakkur ifodasi, milliy xususiyatlar yorqinroq namoyon bo‘ladi. Matallarni o‘zi yaratgan tilda bilish sizni begona til muxitida adashmasligingizga ulkan ahamiyat kasb etadi, o‘zaro tushinish va ishonch darvozasini ochadi, o‘quvchini til bilish sohasidagi obro‘-e’tiborini oshiradi.
Maqol, matal, hikmatli so‘zlar va idiomatik ta’birlarni tarjima qilish qiyin ish, chunki ular har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bunday xususiyatlarni boshqa til vositalari bilan ifodalash oson emas albatta, maqol va matallari til xazinasidir.
Kishilar o‘z etika, xulq – atvor dan yoqarash va maslaklariga muvofiq axloq qoidalarning tasdiqlash, hikmat yaratish, yana eng chuqur mantiq va ma’noni berish uchun hayvon va parrandalarning ongsiz, instinktiv harkatlaridan foydalanadilar va ularni hatto “odamlarday” harkat qildiradilar. Ba’zan esa bu asosida hayvonlarning o‘zlari nomida muloxaza yuritiladi.
Maqol va matal – narsa va xodisalarni obrazli ifodalovchi tilda keng ishlatiladigan ibora va nutq iboratlaridir. Matal so‘zlovchining o‘z nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal aytilmoqchi bo‘lgan fikrni tugal bayon qilmay, balki unga ishora qiladi. Matal “u axmok odam” deyish o‘rniga “uning bir kaynovi pats” deydi, “ular bir biriga juda mos” deyish o‘rniga – “ular bir olmaning ikki pallasi” deb aytadi. Maqol bilan matal o‘rtasida umumiylik ko‘zga tashlanadi.
Bu umumiylik shundan iboratki har ikkala kategoriya ham nutqni jonlantirish, jozibador va obrazli qilish, fikrni tayyor nutq qoliplari, formulalari bilan ifodalash, uni mazmundor qilishda ishlatiladi. Lekin shu bilan birga tugal fikrni o‘zida ifodalagan maqollardan matallar jiddiy fark qiladi.
Maqol va matal turmushda sinalganda ma’lum ezgu tugal umumiy ma’no anglatuvchi ixcham bir shakldagi xalq hikmatidir. Maqollar bir uchun asrning sadosi uzoq o‘tmish bilan hamnafaslik xissini uyg‘otuvchi chaqiriq zamonlararo ko‘prikdir.
Maqollar va matallar – noma’lum shoirlarning yurak satrlari, xalq itsedodoning masoqa bilmas shu’lalari, zulm, adovat, xaqsizlik ko‘ksiga sanchiluvchi adolat tig‘idir. Ular – xech bir podsho e’lon qilmagan farmon, xech bir prezident muxrlagan qonun, xech bir davlat tomonidan bitilmagan konstitutsiyadir.
Maqollarda biz ijtimoiy mavjud barcha qoida, qonunlarning in’ikosini ko‘ramiz. Muvofiqlik va ziddiyat; qarama – qarshiliklar, nisbiyat; aloqadorlik, taqozo, vaziyat; harakat; rivojlanish; tariqqiyot; turg‘unlik; miqdor; sifat; shakl; mazmun; va boshqa shu kaba mantiqiy tushunchalar va dialektika kategoriyalarga aloqador eng yaxshi misollarni maqol va matallardan topamiz.
Maqol va matal so‘zining ko‘rki, nutqning o‘tkir quroli, xalqning donishmandligidadir. Har bir xalqning tarixi, tafakkuri va ruhiy holatlari maqol, matallarda o‘z ifodasini topadi. Har bir maqolda shu maqolni yaratgan xalqning timsoli, xalqning milliy madaniy merosi namoyon bo‘ladi. Maqol, matallarda Vatanni sevish, mehnat qilib yashash g‘oyalari maqol mohiyatida salmoqli hissalar qo‘shib keladi.
Xalqimiz ming yillar davomida dono fikrni, o‘tkir haqiqatni, teran mazmunni, so‘z xazinasining gavharlarini o‘zida mujassamlashtirgan son-sanoqsiz maqollar yaratgan. Ularning kishilik jamiyati va har bir inson hayoti uchun naqadar qimmatli ahamiyatga ega ekanligini jahon donishmandlari qadim-qadimdan e’tirof etib kelganlar.



Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling