Mavzu: Akademik litsey, kasb hunar kollejlari matematika o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar
Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar
Download 28.84 Kb.
|
Akademik litseylarda Matematika
Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.
O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarining ruxiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qo‘llay olishi kerak. bugungi kunda an’anaviy ta’limni zamonaviylashtirish yo‘lida birgina texnologiyaga asoslangan o‘qitish uchramaydi. Odatda, o‘qitishda bir necha texnologiyalarning elementlari birdaniga qo‘llaniladi, chunki pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini to‘liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlilik, natija, ya’ni o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir. Pedagokka qo’yiladigan talablar: A’lo xotira Ishchanlik O’z soxasini chuqur bilish So’z ustaligi Ta’lim beruvchi soxasi bo’yicha kamida 2000 ta so’z boyligi bo’lish Audutoriyada ko’chadagi so’zlarni ishlatmasdan adabiy so’zlarni ishlatish Talaffuz Audutoriya bilan bevosita va bilvosita muloqotda bo’lish Nutqning mantiqiy, dialogli, monologik va ko’p qirrali bo’lishi va hokazo… Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o‘qitish metodikalariga doir zarur bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak. SHuning uchun ham, pedagoglarning malakasini oshirishda: - o‘qitish jarayoninig samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish; - ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish; - o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash; - o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi. Akademik litsey va kollejlarda dars 80 minut bo’lib, mavzuningo’quv kalendari rejasida ajratilgan soatiga ko’ra nazariy va amaliy mashg’ulotga bo’linadi. Muvofiq ravishda darsni tashkil qilish shakli ham farq qiladi. Akademik litsey va kollejlarda o’tilgan darslar uch guruhga bo’linadi. 1. Umumta’lim fanlari; chuqurlashtirilib va qo’shimcha guruhlashtirib o’tilayotgan fanlar; 2. Umum kasbiy ta’lim fanlari; 3. Maxsus fanlar. Bu joylarda ta’lim mavjud bilimlarni o’zlashtirishga qaratiladi. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o’qituvchi dars o’tish metodlarini yodda saqlash zarurligini hisobga olgan holda tanlashi zarur. Asosiy tushunchalarni anglab, puxta o’zlashtirishlari barobarida tafakkurnio’stirishga, rivojlantirishga qaratlgan o’quv metodlarini qo’llashga ahamiyat berishi kerak. Dars o’tish jarayonida o’qituvchi dars o’tish metodlarini o’quvchining yoshiga moslab tanlashi, murakkablarini esa soddalashgan variantlarini ishlab chiqishlari vaqo’llashlari zarur bo’ladi. Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda o’qituvchi shaxsiga jiddiy talablar qo’yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o’rganilgan. Quyidagi muhim va doimiy talablar qo’yiladi; Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda o’qituvchi shaxsiga jiddiy talablar qo’yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o’rganilgan. Quyidagi muhim va doimiy talablar qo’yiladi; Jamiyat rivojlanishinig siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo’nalishlarini to’g’ri baxolay olishi, Muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo’lgan bo’lg’usi mutaxassisni shaklllantirish standartlarini egallagan bo’lishi, Pedagogik faoliyatni sevish, O’z soxasi bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lishi, Zakovatli bo’lishi, Pedagogik tuyg’um Yuksak yetuklik, Umumiy madaniyat va ahloqning yuksak darajasi, Pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo’lishi. Pedagok kasbiga qo’yiladigan qo’shimcha talablar; Pedagok kasbiga qo’yiladigan qo’shimcha talablar; Kirishib keta olish; San’atkorlik; Quvnoqlik (me’yor darajasida); Yaxshi did va boshqalar. Yuqorida sanab o’tilganlar, pedagok shaxsiga xos bo’lgan to’la xislatlar emas, balki ular pedagogning o’z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi. Matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar: o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq eta olishiga erishish; o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning qulay yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish; insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish; Matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar: o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq eta olishiga erishish; o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning qulay yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish; insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish; -matematika rivojiga qomusiy olimlarimiz qo’shgan ulkan hissalaridan o’quvchilarni xabardor qilish va ularda vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish hamda rivojlantirish; - jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish; - o’quvchilarda ko’nikmalarni shakllantirish, mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish orqali o’quv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga erishish. Matematik ta’limning maqsadi uning mazmunini tanlashga xizmat qilishi lozim, u quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi: son tushunchasi, ifodalarn i ayniy almashtirish, tenglama va tengsizliklarni, matematik analiz elementlarini, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlarini, geometrik almashtirishlarni , vektorlarni, koordinatalarni, aksiomatik metodlarni, matematik ta’limning mazmuni o’quvchilar tomonidan tafakkur madaniyatini egallashni nazarda tutadi. Albatta, matematik ta’limning mazmuniga nafaqat aksiomalar, teoremalar, ta’riflarni kiritish kerak, balki ularga adekvat bo’lgan xatti-harakatlarni ham, masalalar yechish usullarini ham kiritish lozim. Download 28.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling