Mavzu: Akademik litsey, kasb hunar kollejlari matematika o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar
Kompyuter bilan ishlash davomida teskari aloqani va oraliq nazorat qilishni bir vaqtda amalga oshirish mumkin
Download 28.84 Kb.
|
Akademik litseylarda Matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunda ayniqsa
- Kim matematikani bilmasa, haqiatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi.
Kompyuter bilan ishlash davomida teskari aloqani va oraliq nazorat qilishni bir vaqtda amalga oshirish mumkin;
- Kompyuterda o’qitish faol harakterga ega; - Ta’limni individuallashtirish imkoniyati; - Dasturlashtirilgan teskari aloqani amalga oshirish orqali, o’quvchilarning u yoki bu qadamini baholash va korrektsiyalash mumkin; - Kompyuter bilan ishlaganda o’quvchi uchun qulay o’quv muhiti yaratiladi, hamda o’qish tempini o’quvchining o’zi aniqlaydi; - Nazorat ishlarining mazmunini kengaytirish mumkin; - Har qanday masala oxirgacha olib boriladi; - Kompyuter o’quvchilarda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirishda qiziqtirish, uyg’otish vositasini bajaradi; - Tezkorlik bilan tekshirish mumkin; - Barcha o’quvchilarni bir paytda baholash mumkin; - Bilimlar nazorati ishonchli bo’ladi; - Kompyuter individual nazoratchi rolini bajaradi. O’quvchilar bilimini nazorat qilishning tamoyillari O’quvchilar bilimini nazorat qilishning tamoyillari 1. Ko’rgazmalilik tamoyili. 2. Sistemalilik tamoyili. 3. Ommaviylik tamoyili. 4. Tezkorlik tamoyili. 5. Zamonaviylik tamoyili. 6. Ishonchlilik tamoyili. 7. Axborotlilik tamoyili. 8. Individual yondashuv tamoyili. 9. Ta’limning rivojlantiruvchi harakterda bo’lishi(tamoyili). 10. Tashxislash tamoyili. 11. Ta’limning motivatsiyasini ta’minlash tamoyili. 12. O’quvchilarning ijodiy faolligini ta’minlash tamoyili. 13. O’z – o’zini tekshirish, o’zaro tekshirish tamoyili. Yuqorida keltirilgan tamoyillar umumdidaktik harakterga ega ekanligi hammamizga ayon, ammo o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishda yuqorida keltirilgan tamoyillar bir necha marta kuchayishiga imkon yaratadi. Akademik litsey o’quvchilarining matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va korrektsiyalash metodikasini shakllantirishning boshlang’ich va asosiy shartlaridan biri DTS ga asoslangan o’quvchilar bilimining modelini shakllantirishdan iborat. Bunda ayniqsa: 1. O’quvchilarning matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarini kompyuterga moslashtirilgan test nazorati orqali amalga oshirish o’quvchilar bilimini katta aniqlikda tezkor aniqlash imkonini beradi. Bu esa ta’lim jarayonini samarali boshqarishga asos bo’lib xizmat qiladi. 2. O’quvchilarning matematikadan bilimlarini kompyuter yordamida aniqlash, o’qituvchiga o’quvchilar individual faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish imkoniyatini yaratadi. Bunday imkoniyatdan foydalanmasdan turib matematika ta’limi samaradorligini amalga oshirib bo’lmaydi. 3. Faqat yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarini, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash asosidagina kutilayotgan natijaga kafolatli erishishni ta’minlash mumkin. 4. Matematika ta’limi jarayonida o’quvchilar bilimini nazorat qilish yangi axborot texnologiyalari va har bir o’quvchiga individual hamda tabaqalashgan yondashuvni birgalikda qo’shib olib borish mumkin Quyidagi kompetentsiyaga ega bo’lishi shart: O’quv - o’rganish kompetentsiyasi - o’quvchida real hayotdan bilimlarni olish, nostandart jarayonlarda harakat usullariga, muammolarni yechishning evristik metodlariga, o’lchash malakalariga, bilishning boshqa metodlaridan foydalana olish layoqatini hosil qilish. Matematik bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetentsiyasi - o’quvchida o’rganilgan bilim va ko’nikmalarni kundalik amaliy hayotda qo’llay olish layoqatini hosil qilish. Axborot – o’quvchida turli darajadagi o’quv, kasbiy masalalarni yecha olish, masalalarni yechishda ma’lumotlarni izlash, og’zaki mashqlar, krossvordlar, elektron darsliklar, slaydlar, mustaqil ishlar, interaktiv testlar, didaktik materiallar bilan ishlay olish layoqatini hosil qilish. Matematik savodxonlik kompetentsiyasi – o’quvchida mantiqan to’g’ri nutqni rivojlantirish, matematik diktantlar yoza olish, matematik formulalarni to’g’ri o’qiy olish va yoza olish layoqatini hosil qil ish. Mantiqiy fikrlash – o’quvchida mantiqan matematik to’g’ri fikrlash (matematik ta’rif, teorema, aksiomalarga asoslangan holda) layoqatini hosil qilish. Kim matematikani bilmasa, haqiatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi. Kim matematikani bilmasa, haqiatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi. (Rene Dekart) E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! Download 28.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling