Mavzu: Akademik litsey, kasb hunar kollejlari matematika o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar
Matematik ta’limning maqsadi uning mazmunini tanlashga xizmat qilishi lozim, u quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi
Download 28.84 Kb.
|
Akademik litseylarda Matematika
Matematik ta’limning maqsadi uning mazmunini tanlashga xizmat qilishi lozim, u quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi: son tushunchasi, ifodalarn i ayniy almashtirish, tenglama va tengsizliklarni, matematik analiz elementlarini, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlarini, geometrik almashtirishlarni , vektorlarni, koordinatalarni, aksiomatik metodlarni, matematik ta’limning mazmuni o’quvchilar tomonidan tafakkur madaniyatini egallashni nazarda tutadi. Albatta, matematik ta’limning mazmuniga nafaqat aksiomalar, teoremalar, ta’riflarni kiritish kerak, balki ularga adekvat bo’lgan xatti-harakatlarni ham, masalalar yechish usullarini ham kiritish lozim.
Akademik litseylarda matematikani o’qitishda va o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish, aniqlash va baholash va nazorat qilishda; - matematika o’qitishda maqsadlar, vazifalar mazmunning mosligi, ta’lim tamoyillari va shakllari vositalarining birligi ta’minlansa va shu asosida o’quvchilar bilimi va ko’nikmalarini tekshirish, korrektsiyalash va nazorat qilishning asoslari ishlab chiqilsa; - ta’lim standartlari va dasturiga mos ravishda o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan matematik bilimlar modeli ishlab chiqilsa va bu modelni egallashga ta’sir etuvchi omillar aniqlansa; - matematikadan o’quvchilarning bilimini tekshirish, korrektsiyalash va nazorat qilishning yangi kompyuterli testlarga asoslangan tizimi ishlab chiqilsa va amaliyotga tadbiq etilsa; - matematikadan o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini tekshirish, korrektsiyalash va nazorat qilishga qaratilgan zamonaviy pedogagik texnologiyalar va monitoring usullaridan muntazam foydalanilsa matematika o’qitishning sifat va samaradorligi ta’minlanadi. Akademik litseylarda matematika kursining mazmuni va uni modernizatsiyalash muammolari Ma’lumki, ta’lim mazmuni quyidagilarni qamrab oladi: 1.Tabiat, jamiyat, texnika, faoliyat usullari haqidagi bilimlar tizimini. 2. Umumiy intellektual va amaliy ko’nikma hamda malakalarni . 3. Ijodiy faoliyat tajribasini. 4. O’quvchilarning dunyoga va bir-biriga bo’lgan emotsional tajribalarini. Akademik litsey o’quvchilarining matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarining tekshirish, aniqlash, baholash va nazorat qilishning turlari va shakllari aniqlandi; - matematikadan akademik litsey o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarining aniqlashning mazmuni shakllantirildi, oraliq nazorat (ON) vayakuniy nazorat (YaN)larning variantlari ishlab chiqildi; - akademik litsey o’quvchilarining matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish, aniqlash va baholash muammosi , pedagogik texnologiyalarning muhim komponenti, teskari aloqani amalga oshirishning muammosi sifatida qaralib yaxlit tadqiq etildi; - o’quvchilarning matematikadan bilim , ko’nikma va malakalarini aniqlash, nazorat qilish va korrektsiyalashda yangi axborot texnalogiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, yo’llari ishlab chiqildi; O’quvchilar bilimlarini kompyuter texnikasidan foydalanish asosida nazorat qilish Oldin ta’kidlanganidek, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, o’qitishning muhim bo’g’inidir. Nazoratning qanday tashkil qilinganligi, nima maqsadida o’tkazilganligi o’quv jarayoni samaradorligini aniqlaydi. Shuning uchun amaliyotda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat etishni tashkil qilish va uning mazmuniga jiddiy e’tibor qaratiladi. O’quvchilarning matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash, baholash va nazorat qilish bugungi kunda odatiy tusga kirib qolmoqda. Biz quyida kompyuter yordamida o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning o’ziga xos xususiyatlarini sanab o’tamiz: Download 28.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling