Mavzu: Akme tushunchasining mohiyati. Akmeologiva fani borasidagi psixologik qarashlar. Reja
Diagnostikada tanlovni ko‘rilishning spetsifikasi
Download 38.7 Kb.
|
Akme tushunchasining mohiyati. Akmeologiva fani borasidagi psixologik qarashlar.
6. Diagnostikada tanlovni ko‘rilishning spetsifikasi
Tanlash maqsadi obyektlarni jadal yig‘indisini tadqiqlash massivini maksimal reprezentatsiya qilishga erishishdir. Bunda asosiy parametrlar bo‘yicha tekshiruv tarkibi ma’lum proporsiyalar bo‘yicha jadal to‘plamga yaqinlashib borishi zarur. Qat’iy rezentatsiyaga erishish murakkab bo‘lgani uchun ma’lumotlar analizini asosiy yo‘nalishlariga mos tanlovlarini qurish kerak. Massiv hisoblar bilan shug‘ullanmasdan boshqa tadqiqotlarni ushbu sohadagi hisoblarga murojaat etish kerak. Misol uchun V.I. Paniotto 5 % xatoga yo‘l qo‘ygan holda prezentativ tanlovni quyidagi hisobini keltiradi: Ma’lum stabilizatsiya va jamiyatni ijtimoiy bir tabaqaga sharoitida bu tanlov hisobi (odnorodnosti) xarakterlaydi. Davrimizda fanning asosiy e’tibori mikro ijtimoiy, ijtimoiy- psixologik jarayonlarga mikromuhit shaxsni o‘zini- o‘zi namoyon etish muammolariga va boshqalariga qaratilgan. Bu kuzatuv birligi sifatida respendensiyalarini kichik guruhlarini tashkil qilish ko‘nikmasi bo‘lishni tahlil etadi. Shuning uchun tanlov qurilishi boshqa aktualroq yo‘li mavjud: ammo qoidaga muvofiq (logik) tanlovlar reprezentativ emasligiga qaramay jadal yig‘indisiga bog‘liq bo‘lmagan holda mantiqiy kostruktorlash yo‘lidir. Misol diagnostikani titrial logik darajasida biz erkak va ayol, oilali va bo‘ydoq bolali va bolasiz va boshqa tanlovlar hisobida proporsional munosabatlardan foydalandik natijada umumsayuz va Rossiyaning diagnostik tekshiruvlarga aprobatsiya qilingan quyidagi tanlov miqdorini oldik. 100- respodent- millioner shaharlar uchun 70- respodent- yirik shaharlar uchun (300 ming- 1 mln. gacha) 50- respodent- o‘rta shaharlar uchun (100 ming- 300 ming) 35- respodent- kichik shaharlar , shaharcha, qishloqlar uchun Yaxshi aprobatsiyalangan va biz tomondan tadqiqotlarda tez- tez qo‘llaniladigan tanlov “O‘rta arifmetik” degan nomni oldi. Anketaning yoki intervyuning oxirgi blokiga ko‘pincha taalluqli ijtimoiy demografik ko‘rsatkichlardan xar biri “O‘z haqingizda ma’lumot”da belgilarni eng ahamiyatlisi tanlab olinadi. Misol: standart yoshi shkalasi ko‘pincha 7- 8 yoshni guruhidan iborat. Davlat xizmatchilarini shaxsiy professional rivojlanishi tadqiqoti tekshirish uchun general yig‘iniga uchun tipik bo‘lgan yoshliklarini ajratib olish muhimdir. Misol uchun 3 ta yoshi kategoriyasi; yoshlar, 30 va 40 yoshlilar va pensiya yoshiga yaqin qariyalar. Ta’lim darajasi shkalasidan biz 2 ta belgini: o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli. Kasbiy lavozim ko‘rsatkichidan, ya’ni respondentni ijtimoiy ahvolini belgilovchi 3 ta belgini ajratamiz. “Oilaviy ahvol” ko‘rsatkichi bo‘yicha oilaning mavjudligining o‘zi muhimdir, shuning uchun 2 belgi (“ha” va “yo‘q”) ajratamiz va h.k. Yoshi – uchta belgi Ma’lumoti – ikkita belgi Ijtimoiy ahvoli – ikkita belgi Oilaviy ahvoli – ikkita belgi (1*3) + (2*2) + (3*3) + (4*2) = 24 24 kishi oz bo‘lsa-da yetarli, bu vokal so‘rov uchun asoslangan guruh. Keyin so‘rov olib borishni joyi texnik yo‘l tanlanadi va u 24 ku ko‘paytiriladi. Misol uchun 24*3, bu yerda 3, uchta tashkilotni yoki territorial boshqaruvni uchta darajasini (oblasti, shahar, rayon) bildiradi. Demak tanlov yig‘indisi jami 72 kishi bo‘ladi. Tanlovni bunday konstruktorlab unga qo‘yiladigan talabga javob bermog‘i kerak. Tanlov birinchi navbatda o‘rganilayotgan obyektni sifatli vakilligini ta’minlashi darkor Tanlov soni o‘rganilayotgan obyektni turli yoki uni odnorodnosti darajasidagi raznorod bog‘liq bo‘ladi. Qanchalik u odnorod bo‘lsa tanlov kam, qanchalik u raznorod shunchalik belgilarning soniga qarab ko‘p bo‘ladi, va har bir ko‘rsatkichni ajratish kerak, shunda tanlov ko‘p bo‘ladi. Rezyume Diagnoz obyekti har doim protsessual o‘zgarishda turadi. Shuning uchun obyektni holati haqidagi yakun bir tarafdan harakatchanligi, o‘zgaruvchanligi, o‘zlashtirilmaganligi va ikkinchi tomondan barqarorligi, stabilligi, o‘zlashtirilganligi jihatdan baholar oladi. Diagnozni uchta tipi ajratiladi: obyektni normadan chetga chiqayotganini o‘rnatuvchi obyektni u yoki bu sinfga, tipga, guruhga mansubligini belgilovchi obyektni unikal holat sifatida, ya’ni uni xususiyatlarini yoritib beruvchi, qoidaga muvofiq diagnostik tekshiruv diagnozini uchta tipini o‘z ichiga oladi. O‘zgarayotgan obyektlarni spetsifikatsiyaga qobiliyati mana shunday o‘zini-o‘zi belgilash, identifikatlash, qayta (takroriy) ishlash, o‘zaro harakat va h.k. xarakteristikalarga ega. Shunday yo‘l bilan, diagnostika ilmiy bilim instrumentidan o‘zgaruvchanlik, amaliy faoliyatni konstruktorlash protseduralariga aylanadi. Faoliyatni konkret sohasining shaxsiylik – professionallik rivojlanishda muammoli vaziyatlar diagnozi quyidagi ko‘rsatkichlarda ifodalanishi mumkin: o‘zgaruvchanlik darajasi (uroven), odamni o‘zgarishlar intensivligiga munosabati; o‘zgarishlar yo‘nalishi (o‘zgarishlar zonasi va maksimal ta’siri, odamni unga munosabati), potensial nizomi, vaziyatlar va kuchlanishni darajasi va lokalizatsiyalash, keskinliklar zonasida aktivlik formasi va darajasi (passiv, nizom, konstruktiv), keskinliklar zonasida ishlatilayotgan vositalarni baholash, (adaptiv, chetdan olingan namuna va resurslar, o‘z resurslari bazasida yangi vositalar yaratilayotgan) qadriyatli ko‘rsatmalar sohasidagi o‘zgarishlarga odamni munosabati va ustuvorliklarni bahosi (o‘zgarishlarga yoki saqlanib qolishga yo‘nalganlik). Diagnostik baholashni dixotomik tamoyili o‘zgarish jarayonini yaxshi yoki yomon tomonga kuzatishni imkon beradi, obyektni asosiy holatini aniqlaydi va har bir holat uchun tashkillashtiradi; institutsional tashkiliy, tartiblangan holat, inqiroz, parchalanish, qayta o‘zgarish, holatni tartiblashtirish hamda “darajaviy” bahoni chiqaradi. (oliy, o‘rta, past) Diagnostika predmeti obyektni o‘zgarish jarayonini shartlovchi mexanizmlar va omillar harakatini o‘rganish hisoblanadi. Nazorat savollari va topshiriqlar. Diagnostikadagi asosiy konseptual yondashuvlar o‘zaro nimalar bilan farqlanadi (predmetli, muammoli, vaziyatli, tizimli – irsiy)? Akmeologik diagnostikaning asosiy muhim so‘zlarini aytib bering, izohlang? Diagnostikaning etapli (bosqichma-bosqich) vazifalarini gapirib bering. Diagnostikaning uchta asosiy tipini tushuntirib bering. Qandaydir tadqiqotni diagnostik tanlovini hisobini bajaring. Adabiyotlar ro‘yxati Logika i klinicheskaya diagnostika. Kompyuternыy praktikum. M: Nauka 1994. Logika i klinicheskaya diagnostika. Teoreticheskiye osnovы. M: Nauka 1994 Paniotto V. I. Kachestvo sotsialnoy informatsii. Kiyev 1986 Ruslova ye. A. Diagnostika professionalnoy i mejlichnostnoy kommunikatsii: sotsionicheskiy podxod Razvitiye professionalnoy i psixologicheskoy kulturы gosudarstvennыx slujashix. M: RAGS 2000 Ruslova ye. A. Sotsiokulturnaya diagnostika: teoretiko-metodologicheskiye i prikladnыe aspektы. Nauka o kulture. Itogi i perspektivы. M: 1998 Download 38.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling