Mavzu
|
Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash
|
Maqsad va vazifalar
|
Maqsad: O‘quvchilarga aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash bo`yicha amaliy mashg`ulotlar bajarish bosqichlari haqida tushuncha berish. O‘quvchilarni izometrik va dimetrik proyeksiyalarda qirqimlarni bajarishda x, y, z o`qlaridan foydalanishga o`rgatish. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlashni amaliy jihatdan bajarish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Vazifalar: o`quvchilarga aksonometrik proyeksiyalar qirqimlar qo`llash bo`yicha amaliy mashg`ulot chizish uchun kerak bo`ladigan chizmachilik qurollaridan ratsional foydalanishga o`rgatish. Aksionometriya qirqim bajarish tartibini tushuntirish.
|
O`quv jarayoning mazmuni
|
O‘quvchilarga aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlar bajarish haqida tushuncha berish. Detallarning modellari, slaydlar, ko`rgazmali o`quv plakatlar, chizmalar orqali tushuntirish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: so`zlab berish, amaliy mashg`ulot, interfaol usullar: “Aqliy hujum”, “Zanjir mashqi”, “Intellektual o`yin”, “Kompyuter grafikasi”
Shakl: guruhlarda ishlash, doskada va kompyuteda grafik ishlar bajarish
Vosita: Gotovalnya, qalamlar , chizg`ich, ucburchakliklar, A4 format, tarqatma materiallar.
Usul: Yangi bilim beruvchi dars
Nazorat: chizmalarni tekshirish, og`zaki nazorat , savol va javoblar, o`z-o`zini nazorat qilish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |