Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. Mundarija


Download 0.92 Mb.
bet8/9
Sana02.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1147013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akustika

2.3. Tovush balandligi va uning sathi
Tovush balandligini his etish o‘lchamini birinchi bo‘lib G.Barkgauzen kiritgan. Keyinchalik uning taklifi xalqaro ko‘lamda qabul qilindi. Shunga binoan, tovush balandligi sathi kattalik o‘lchami sifatida kiritildi.
Tovush balandligi sathining etaloni sifatida 1000 Gs chastotali sof ton jadalligi olingan. Tovush balandligining o‘lchov birligi fon deb ataladi. Fonlarda o‘lchangan 1000 Gs chastotadagi tovush balandligi sathi uning desibellardagi jadalligi sathiga teng. Qandaydir tovushning balandlik sathini aniqlash uchun 1000 Gs chastotali sof ton olib uning balandligini aniqlanayotgan tovush balandligi bilan barobar bo‘lguncha o‘zgartirish yetarli, bunda etalon ton jadalligi son jihatdan aniqlanayotgan tovush balandligi sathiga teng bo‘ladi.
Sub’ektiv statistik usul bilan teng balandlikdagi sof tonlar jadalligining chastotaga bog‘liqligi egri chizig‘i aniqlangan. Bu egri chiziqlar tovushning teng balandlik egri chiziqlari deb ataladi
Masalan, nolinchi sathli tovush balandligi uchun (eshitish bo‘sag‘asida) 100 Gs chastotali ton jadalligi 38 dB teng, 500 Gs chastotali ton esa 7 dB teng. 80 fonga teng bo‘lgan tovush balandligini olish uchun (1.7 - rasm 80 dB egri chiziq), shu tonlar-ning jadallik sathiga mos holda 83 va 80 dB teng bo‘lishi kerak, ya’ni ikkala ton amalda bir xil jadallik sathiga ega bo‘lsa, tovush balandligi ham teng bo‘ladi. Demak, yuqori chastotalarda tovush balandligining chastota tavsifi bir muncha tekis bo‘lib, fizik va sub’ektiv tavsiflar bir biriga yaqin. Bu holat ikkita amaliy tavsiyaga olib keldi.
Faraz qilaylik, tovush 80 fonga teng bo‘lgan sathda tinglanayapti, biz tembr boshqargichini o‘zimizga optimal bo‘lgan eshitish holatiga o‘rnatganmiz. Endi kuchaytirgichni 30 dB pasaytiramiz, tovush yangrashi jadalligi ham 30 dB ga pasayadi. Buning natijasida 1000 Gs chastota yaqinida joylashgan chastota tarkiblari 50 fonga teng balandlik sathiga ega bo‘ladi, 100 Gs chastota yaqinida joylashgan chastota tarkiblari balandligi sathi esa, 22 fongacha pasayib ketadi, ya’ni ular o‘rta chastota tovushlaridan pastroq yangraydi.
Past chastotalarning yangrash balandligi o‘rta chastotalarnikidek qolishi uchun tovush uzatish traktining past chastotalardagi sezgirligi chastota tavsifini korreksiyalash kerak (100 Gs da 17÷20 dB ga ko‘tarish kerak). Radio qabulqilgichlarda kuchaytirish koeffitsienti kamaysa past chastotalarda ularning kuchayishi avtomatik ravishda korreksiyalanadi.
Yuqori sathli shovqin balandligini o‘lchaganda shovqin o‘lchovchi asbob (shumomer)ning sezgirligi chastotaga bog‘liq bo‘lmasligi kerak, bu tovush balandligini sub’ektiv eshitishga mos keladi. Past chastota tovush balandligini o‘lchaganda esa, shovqin o‘lchagichning ko‘rsatkichi eshitish a’zoimizning past chastotalardagi sezgirligi o‘rta chastotalardagi sezgirligiga nisbatan pastroqligi inobatga olingandagina sub’ektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shovqin o‘lchagichlarda tovush balandligini past chastotalarda o‘lchaganda kuchaytirish koeffitsienti pasaytirilib korreksiya kiritiladi. Masalan, 30 fonlik tovush balandligi o‘lchanayapti, bunda 100 Gs chastotada 1000 Gs chastotadagiga nisbatan tovush balandligi sathining pasayishi taxminan 30 dB bo‘lishi kerak.
Tovush balandligi sathi tovushni sub’ektiv eshitishni xarakterlasa ham haqiqiy sub’ektiv eshitish masshtabiga mos emas. Masalan, tovush balandligini 40 fondan yuqori diapazonda 10 fonga oshirish, tovush balandligi sub’ektiv sezgirligini ikki barobar oshishiga teng. Fon, tovush balandligining o‘lchov birligi sifatida noqulayligi shundaki masalan, ikkita har xil chastotali sinusoidal signallarning tovush balandligini bilgan holda ularni oddiygina qo‘shib ikki tonalli signalning tovush balandligini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun tovush balandligi S o‘lchov birligi sifatida - son kiritilgan. S=1 son 1000 Gs chastotada qiymati 40 dB bo‘lgan sinusoidal tovush bosimiga mos keladi.
1-jadval

T/R


Tovush yoki shovqin manbai va o‘lchash joyi

Balandlik sathi,
fon

Balandlik
sathi, son

1.

5 m masofadagi aviatsiya motori

116÷120

346÷556

2.

Metro poezdining harakatdagi shovqini

85÷90

25÷38

3.

Harakatdagi avtobus, 5 m masofada

85÷88

25÷32,2

4.

10÷20 m masofadagi tramvay

80÷85

17,1÷25

5.

20 m masofadagi xushtak ovozi

70

7,95

6.

Shovqin ko‘cha

60÷75

4,35÷11,4

7.

Ko‘chadagi o‘rtacha shovqin

55÷60

3,08÷4,35

8.

Tinch ko‘cha, kunduzi

40

1,0

9.

Tinch bog‘

20

0,097

10.

Qozonxona sexi

100÷103

88÷116

11.

Tikuv sexidagi umumiy shovqin

96÷100

62÷88

12.

Daraxtni qayta ishlovchi fabrika

96÷98

62÷74

13.

Simfonik orkestr

80÷100

17,1÷88

14.

Qarsaklar

60÷75

4,4÷11,4

15.

Radio orqali baland musiqa

80

17,1

16.

Radiomarkaz (studiya - ijro vaqtida)

40÷50

1÷2,2

17.

Kutubxona

25÷30

0,2÷0,36

18.

Kasalxona

20÷30

0,1÷0,36

19.

Notiq, 1 m masofada

70÷80

10÷22

20.

1 m masofadagi oddiy suhbat

55÷60

3,08÷4,35

21.

1 m masofada shivirlab so‘zlash

20

0.1

22.

Shovqin majlis

65÷70

5,87÷7,95



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling