Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. Mundarija


Download 0.92 Mb.
bet4/9
Sana02.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1147013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akustika

1.3 Ikkilamchi signal

Ideal holatda ikkilamchi signal birlamchi signalni aniq qayta eshittirishi kerak, ammo bunday aniqlik hamma vaqt kerak emas, chunki odam eshittirishdagi noaniqliklarni sezmasligi mumkin. Undan tashqari amalda bunday aniqlikni ta’minlash yoki saqlash ancha mushkul. Badiiy eshittirishlarda, televidenie va ovoz yozishda moslikka imkoniyat boricha harakat qilish kerak, unda tinglovchilarda hosil bo‘ladigan tovush eshitilishi, tinglovchi aynan shu tovushni akustik sharoitlari yaxshi bo‘lgan joyda eshitganiga mos bo‘lsin. Eshittirishiing axborot vositalari va telefon aloqasi uchun bu moslik faqatgina nutq aniqligini ta’minlash bilan keyinchalik esa, eshittirish sifatini oshirish bilan bog‘liq. Faqat shu hollardagina ikkilamchi signalni birlamchi signalga mosligini ta’minlash zarur. Ikkala holatda ham iqtisodiy ko‘rsatkichlar alohida ahamiyatga ega.


Eshittirish aniqligining buzilishi turlicha bo‘lishi mumkin. Ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Akustik kelajakning yo‘qolishi. Tovush signalini bir kanalli tizimdan uzatganda, xonada bir necha mikrofonlar bo‘lishiga qaramay eshitish bir quloq bilan tinglagandek tuyuladi. Eshitish a’zosi uchun tovush manbai har doim amaldagi ikkilamchi manbalarga nisbatan qandaydir o‘rtacha holatda joylashgandek tuyuladi, chunki vaqt siljishi va tinglovchining ikkala qulog‘idagi sathlar farqi birlamchi manbaning joylashgan joyiga bog‘liq emas. Bu buzilishni qisman stereofonik uzatish tizimi, ya’ni signallarni ko‘pkanalli uzatish tizimi yordamida tuzatish mumkin.
Sathlarning siljishi. Signallarni uzatish trakti bo‘yicha irlamchi signal jarangdorligining absolyut sathi bo‘yicha axborot berilmaganligi tufayli, tinglovchi ikkilamchi signal sathi to‘g‘risida o‘zicha fikr yuritadi. Bundan tashqari qabul qilish tomonidagi apparaturaning quvvati yetmasligi, hamda tinglash sharoiti o‘zgarishi natijasida birlamchi sitnal sathini tiklab bo‘lmaydi. Sathlarning siljishi birlamchi va ikkilamchi signallarning past va o‘rta chastotali tarkiblarini nurlatayotgan radiokarnaylar o‘rtasidagi nisbat o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Chunki, ikkilamchi signal o‘rtacha sathining birlamchi signal o‘rtacha sathiga nisbatan yuqoriga siljishi past chastotali signallar tarkibini sub’ektiv ko‘tarilishiga, pastga siljishi esa, ularning pasayishiga olib keladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling