Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. Mundarija


Download 0.92 Mb.
bet2/9
Sana02.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1147013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akustika

Fiziologik akustika – odam va hayvonlarning tovush chiqaruvchi va tovush eshituvchi a’zolarining tuzilishi va funksiyasini o‘rganadi.
Elektroakustika – turli o‘zgartirgichlarning nazariyasi, hisoblash uslub-lari va ularni loyihalash masalalari bilan shug‘ullanadi. Elektroakustik o‘zgartirgichlar elektr energiyani akustik energiyaga (elastik tebranishlar energiyasiga) va teskarisiga o‘zgartiradi. Eng ko‘p tarqalgan o‘zgartirgich-larga mikrofon va radiokarnaylar kiradi. Elektroakustika, akustika fanining bir bo‘lagi bo‘lib, radiotexnikaga yaqinroq va akustikaning yuqorida qayd etilgan deyarlik barcha bo‘laklarini o‘z ichiga oladi.
1. Tovush signallari


1.1 Shovqin va xalaqitlar. Chiziqli buzilishlar

Shovqin va xalaqitlarning ta’siri, ikkilamchi akustik signallarning kelib chiqishidan qat’iy nazar, ularni niqoblashga olib keladi. Shovqinlar, eshitish bo‘sag‘asini siljitadi, u agarda «tekis» bo‘lsa, vaqtga bog‘liq emas. Bu shovqinlarga turli fluktuatsiya shovqinlarikiradi, masalan toshni maydalashdagi shovqni effekti, bir vaqtda bir necha odamlarning so‘zlashuv shovqinlari va h.k. kiradi.


Elektr shovqinlarning spektrlari bir tekis, akustik shovqinlarning spektrlari esa, nutq spektrlariga yaqinroqdir. Shuning uchun birinchisining eshitish bo‘sag‘asi yuqori chastotalar tomon o‘sishga moyildir. Nutq shovqinlari eshitish bo‘sag‘asida deyarlik chastotaga bog‘liq emas.
Traktning uzatish koeffitsienti umumiy ko‘rinishda aniqlanadi,
K=p2/p1 =|K|ej 1.1
bunda, p1 va p2-traktning kirish va chiqishidagi tovush bosimlari;
K -uzatish koeffitsienti moduli;  -traktdagi faza siljishi. Uzatish koeffitsienti odatda chastotaga bog‘liq. Eshitish a’zosi signallarning faza siljishiga ta’sir ko‘rsatmaganligi sababli ularni tahlil etmaymiz va «uzatish koeffitsienti» iborasida uning modulini tushunamiz.
Uzatish koeffitsientining chastotaga bog‘liqligi uzatish traktining chastota tavsifi deb ataladi. U birlamchi signal chastotalari tarkibiga kiruvchi amplitudalar nisbatining o‘zgarishiga olib keladi. Bu buzilishlar sub’ektiv birlamchi signalning tembri o‘zgargandek seziladi. Masalan, past chastota tarkiblari bostirilganda, eshittirishlar jarangdor bo‘ladi, yuqori chastota tarkiblari bostirilganda esa tovush bo‘g‘iq bo‘ladi.
Buzilishlar chiziqli yoki amplituda - chastotali bo‘lib, chastota tavsifining notekisligi bilan baholanadi
M = Kmax Kmin 1.2
bunda, Kmaks va Kmin- berilgan chastota diapazonidagi maksimal va minimal uzatish koeffitsientlari.
Notekislik, odatda logarifmik masshtabda o‘lchanadi, unda
L  Lmax- Lmin 1.3
Bu yerda Lmax va Lmin - ikkilamchi signalning maksimal va minimal sathlari
Amplituda - chastota tavsiflarini tahlil etganda, eni 1/8 oktavadan tor cho‘qqi va cho‘kmalar inobatga olinmaydi. Bu shart eshitish a’zosining keng kritik polosalari hamda birlamchi signal tez o‘zgarganda uning spektri kengayib, bu cho‘qqi va cho‘kmalar tekislanishi hisobiga kiritilgan

1.1-rasm. Chastota diapazoni va chastota tavsifining
notekisligini aniqlashga oid

Amplituda - chastota buzilishlari odatda, buzilishlarga moyil bo‘lgan zvenolarida paydo bo‘ladi. Chastota buzilishlarining normalari tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Past chastotali buzilishlar yuqori chastotali buzilishlarga nisbatan ko‘proq seziladi. Buzilishlar chastota korreksiyasi yo‘li bilan yo‘qotiladi.


Tovush bosimi o‘zgarishini elektr signalga o‘zgartirish va uzatish 1.2-rasmda ko‘rsatilgan.

1.2 – rasm. Tovush bosimi o‘zgarishini elektr signalga o‘zgartirish


va uzatish :
a) chiziqli qurilma orqali o‘zgartirish; b) elektr signalga nochiziqli buzilishlar bilan o‘zgartirish



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling