Mavzu: Algoritmlarning qiymat qabul qilish va o‘zgarish sohalarini loyihalashtirish va tahlil


Download 1.71 Mb.
bet4/8
Sana21.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1374643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-mavzu

6-masala. Ishlab chiqarish korxonasi 4.5 tonnalik va yem-xashak tarqatuvchi tirkamalarni mos ravishda 40.3 ming va 74.3 ming so‘mdan ishlab chiqaradi. Bozorni o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ldiki, birinchi turdagi tirkamaga 1 yilda 1200 ta talab mavjud. Tirkamalarni ishlab chiqarish uchun po‘lat va chugun xomashyolaridan foydalaniladi, ularning zahirasi mos ravishda 25000 va 4500 tonnani tashkil etadi. Minggta tirkamani ishlab chiqarish uchun 1615 tonna po‘lat va 385 tonna chugun sarflanadi. Yem-xashak tarqatuvchi tirkamaning har ming donasi uchun esa 2022 tonna po‘lat va 478 tonna chugun sarflanadi. Birinchi turdagi tirkamaning tannarxi 34.66 ming so‘m, yem-xashak tarqatuvchi tirkamaning tannarxi 63.9 ming so‘mni tashkil etdi. Tirkama va yem-xashak tarqatuvchi tirkamalarni ishlab chiqarishning optimal yechimini quyidagi shartlar asosida topish kerak:
a) ishlab chiqariladigan mahsulotlarning soni maksimal bo‘lishi;
b) ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foyda maksimal bo‘lishi;
v) ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi minimal bo‘lishi.
7-masala. Ta’mirlash zavodi ikki turdagi nasos ishlab chiqaradi: yoqilg‘i va suv. Mahsulotlar komplektiga to‘rt turdagi qismdetallar ishlatiladi: asosiy qobiq, plastik, manjet, tishli g‘ildirak. Yoqilg‘i nasosini ishlab chiqarish uchun bitta asosiy qobiq, 4 ta plastik, 4 ta manjet, bitta tishli g‘ildirak, suv nasosiini ishlab chiqarish uchun esa mos ravishda 1, 2, 4 va 3 ta komplekt detallari sarflanadi. Bitta yoqilg‘i naososini sotish natijasida zavodga 50 so‘m, suv nasosi esa 200 so‘m foyda keltiradi. Zavod zahirasida quyidagi qism detallar mavjud: Asosiy qapqoq - 6 dona; plastik – 8 dona; manjet - 12 dona; tishli g‘ildirak - 9 dona. Zavod maksimal foyda olish uchun ishlab chiqarish rejasini tuzing.
8-masala. Ikki xil turdagi ozuqa uchun bioqo‘shimchalarni ishlab chiqarish uchun uchta guruhdagi vitaminlardan foydalaniladi. Bunda “Buzoqcha” nomli bioqo‘shimchani tayyorlash uchun 16 kg A vitamini, 8 kg V1 vitamini va 5 kg E vitamini sarflanadi. “Qo‘zichoq” nomli bioqo‘shimchani tayyorlash uchun 4 kg A vitamini, 7 kg V1 vitamini va 9 kg E vitamini sarflanadi. Firma omborida hammasi bo‘lib, 784 kg A vitamini, 552 kg V1 vitamini va 567 kg E vitamini mavjud. “Buzoqcha” nomli qo‘shimchani sotishdan 4000 so‘m, “Qo‘zichoq” nomli qo‘shimchani sotishdan esa 7200 so‘m foyda olinadi. Ikki turdagi bioqo‘shimchalarni sotishdan olinadigan maksimal foydani aniqlang.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling