Mustaqil yechish uchun masalalar.
Quyigi chiziqli dasturlash masalalarini simpleksusuli bilan yeching.
1-masala. Ishlab chiqaruvchi ikki turdagi va modellarini ishlab chiqaradi. Har bir modelni silliqlash uchun 4 soat va ranglash uchun 2 soat vaqtni, har bir model silliqlash uchun 2 soat va ranglash uchun 5 soat vaqtni talab qiladi.
Ishlab chiqaruvchida 2 ta silliqlovchi va 3 ta ranglash stanoklari bor. Har bir silliqlash stanogi haftasiga 40 soatdan, har bir ranglash stanogi esa haftasiga 60 soatdan ishlaydi. modeldan foyda 3 dollar, modeldan esa foyda 4 dollarni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchi ikki turdagi modellarni ishlab chiqarish quvvatini qanday taqsimlasa, u haftasiga maksimal foyda oladi.
2-masala. Yaxna ichimlik ishlab chiqaruvchi zavodning rejalashtirish bo‘limida qo‘llaniladigan quyidagi masalani ko‘rib chiqamiz. Zavodda ikkita ichimlikni idishlarga quyuvchi va mashinalar mavjud. mashina 8 unsiyalik idishlarga, mashina esa 16 unsiyalik idishlarga ichimlik quyush uchun ishlatiladi. Biroq har biri ikkala turda ham samaradolikning ba’zi yo‘qotishlari mavjud. Quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Mashinalar
|
8 unsiyalik idish
|
16 unsiyalik idish
|
|
100/minut
|
40/minut
|
|
60/minut
|
75/minut
|
Quyish mashinalari bir kunda 8 soat, haftasiga 5 kun ishlashi mumkin. 8 unsiyalik idishlardan foyda 15 tiyin, 16 unsiyalik idishlardan foyda 15 tiyin. Haftalik ichimlik ishlab chiqarish miqdori 300 000 unsiyadan oshmasligi kerak va bozorda haftasiga 25 000ta 8 unsiyalik idishda, 7 000 ta 16 unsiyalik idishda ichimlik talab qilinadi. Rejalashtiruvchi barcha ishlab chiqarish va marketing shartlarini qo‘llagan holda haftalik daromad (foyda)ni maksimallashtirishni istaydi. Ushbu vaziyatni chiziqli dasturlash masalasi sifatida shakllantiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |