Mavzu: Algoritmlarning qiymat qabul qilish va o‘zgarish sohalarini loyihalashtirish va tahlil


Download 1.71 Mb.
bet5/8
Sana21.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1374643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-mavzu

9-masala. Firma ikki turdagi «Kuprum-I» va «Kuprum-II» o‘g‘itlar to‘plamini ishlab chiqaradi. «Kuprum-I» to‘plami tarkibiga 3 kg azotli, 1 kg kaliyli va 1 kg misli o‘g‘itlar kiradi. «Kuprum-II» to‘plami tarkibiga 1 kg azotli, 2 kg kaliyli va 6 kg misli o‘g‘itlar kiradi. Botqoqlik tuprog‘ining hosildorligini oshirish uchun kamida 9 kg azotli, 8 kg kaliyli va 12 kg misli o‘g‘it talab qilinadi. «Kuprum-I» to‘plami narxi 4 shartli pul birligida, «Kuprum-II» to‘plamining narxi esa 6 shartli pul birligida. Tuproqning hosildorligini oshirish uchun qancha miqdorda o‘g‘itlar to‘plami zarur bo‘ladi va tannarxini qanday minimallashtirish mumkin?
10-masala. Tishli g‘ildirak ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonasida ikkita stanok bor: tish chiqaruvchi va charxlovchi. Uchta turdagi tishli g‘ildiraklar ishlab chiqarish talab etiladi. Ularning soni birinchi turdan 80 dona, ikkinchi va uchinchi turdagilardan mos ravishda 110 va 140 donadan ishlab chiqarish kerak. Har bir tishli g‘ildirak stanoklardan ixtiyoriy bittasida tayyorlanishi mumkin. Birinchi turdagi g‘ildirakni tish chiqaruvchi stanokda tayyorlash uchun 20 minut, charxlovchi stanokda tayyorlash uchun 34 minut vaqt sarflanadi. Ikkinchi turdagi g‘ildirakni tayyorlash uchun tish chiqaruvchi stanokda 12 minut, charxlovchi stanokda 14 minut, uchinchi turdagi g‘ildirak uchn esa mos ravishda 10 minut va 8 minut vaqt sarflanadi. Tish chiqaruvchi stanokning kesuvchi asbobini almashtirmasdan 180 ta g‘ildirak, charxlovchi stanokda charxlash asbobini almashtirmasdan 150 ta g‘ildirak tayyorlash mumkin. Stanoklarning asboblarini almashtirmasdan minimal vaqt sarfini ta’minlovchi optimal yuklanishini aniqlang.
11-masala. Avtotransport korxonasi ikkita zavodda ishlab chiqariladigan uchta qurilish ob’ektini qurilish materiallarin bilan ta’minlab berish bo‘yicha buyurtma qabul qildi. Birinchi zavodda 120 tonna qurilish materiallari jo‘natma uchun tayyorlangan, ikkinchi zavoddan esa 180 tonna qurilish materiallari tayyorlangan. Birinchi qurilish ob’ektiga 70 tonna qurilish materiali, ikkinchi va uchinchi qurilish ob’ektiga esa mos ravishda 140 tonna va 90 tonna qurilish materiallari zarur bo‘ladi. Quyidagi matritsa bo‘yicha berilgan:

a) har bir zavoddan bir tonna qurilish materialini har bir qurilish ob’ektiga yetkazib berish uchun foyda miqdori;
b) har bir zavoddan bir tonna qurilish materialini har bir qurilish ob’ektiga yetkazib berish tannarxi.
Yetkazib berishning optimal rejasini tuzing: a) foydani maksimallatiruvchi; b) tannarxini kamaytiruvchi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling