Mavzu: Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub" asarida komillikning badiiy talqini


Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiy


Download 268.27 Kb.
bet3/8
Sana06.04.2023
Hajmi268.27 Kb.
#1330406
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fayziyeva Farangis

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiy asarlarida ma’naviy-ma’rifiy tomondan, komil inson tasviri masalasi juda ko‘p o‘rganilgan bo‘lsada, uning har bir asari jihatidan alohida o‘rganilmagan. Jumladan, «Mahbub ul-qulub» asari yuzasidan komil inson tasviri muammosi adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot tarzida hozirga qadar alohida o‘rganilmagan. Navoiy asarlari yuzasidan mustaqillik davridan so‘nggina yangicha talqinda tadqiq etilmoqda. Lekin mazkur masalaning qirralari haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, ayrim ilmiy-pedagogik kuzatishlar paydo bo‘ldi. Ammo, «Mahbub ul-qulub» asarining badiiy xususiyati jihatidan bir qancha ilmiy ishlarda murojat qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.

  • Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiy asarlarida ma’naviy-ma’rifiy tomondan, komil inson tasviri masalasi juda ko‘p o‘rganilgan bo‘lsada, uning har bir asari jihatidan alohida o‘rganilmagan. Jumladan, «Mahbub ul-qulub» asari yuzasidan komil inson tasviri muammosi adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot tarzida hozirga qadar alohida o‘rganilmagan. Navoiy asarlari yuzasidan mustaqillik davridan so‘nggina yangicha talqinda tadqiq etilmoqda. Lekin mazkur masalaning qirralari haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, ayrim ilmiy-pedagogik kuzatishlar paydo bo‘ldi. Ammo, «Mahbub ul-qulub» asarining badiiy xususiyati jihatidan bir qancha ilmiy ishlarda murojat qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
  • Navoiy dahosi Sharqda avvalambor benazir lirik merosi, devonlari hamda «nazirai benazir» «Xamsa»si tufayli shuhrat taratgan bo‘lsa, g‘arb madaniyati uni ilk marotaba aynan nasriy asarlari vositasida tanidi.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Alisher Navoiyning g‘arb ilmiy jamoatchiligiga ma’lum qilingan ilk fransuz sharqshunosi M.Belen tomonidan nashr ettirilgan "Xamsat ul-mutahayyirin" (1861-yilda) va "Mahbub-ul-qulub" (1866-yilda) dan parchalardir. Bu haqda rus navoiyshunos olimi Y.E.Bertelsning «Navoiy» monografiyasida hamda akad. B.Valixo‘jayevning «Mumtoz siymolar» kitoblarida ancha batafsil ma’lumot berilgan. Buning natijasida, Alisher Navoiyning nasriy asarlarini til va adabiy manba sifatida tadqiq etish g‘arb adabiyotshunosligida XIX asrning oxirlaridayoq jadal rivojlandi.

  • Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Alisher Navoiyning g‘arb ilmiy jamoatchiligiga ma’lum qilingan ilk fransuz sharqshunosi M.Belen tomonidan nashr ettirilgan "Xamsat ul-mutahayyirin" (1861-yilda) va "Mahbub-ul-qulub" (1866-yilda) dan parchalardir. Bu haqda rus navoiyshunos olimi Y.E.Bertelsning «Navoiy» monografiyasida hamda akad. B.Valixo‘jayevning «Mumtoz siymolar» kitoblarida ancha batafsil ma’lumot berilgan. Buning natijasida, Alisher Navoiyning nasriy asarlarini til va adabiy manba sifatida tadqiq etish g‘arb adabiyotshunosligida XIX asrning oxirlaridayoq jadal rivojlandi.
  • Yuqorida tilga olingan olim Y.E.Bertels o‘zining «Navoiy» monografiyasida buyuk shoir va mutafakkir hayoti va adabiy merosini tavsif va tahlil etish asnosida uning nasriy asarlari, xususan, «Mahbub ul-qulub» asariga ham alohida to‘xtaladi. Olim asar mazmuni va ayrim fasllarini Navoiy hayotining so‘nggi oylaridagi voqeliklar bilan birga talqin etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 268.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling