Mavzu: Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub" asarida komillikning badiiy talqini
Download 268.27 Kb.
|
Fayziyeva Farangis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy
- M.Muhiddinovning «Alisher Navoiy va uning salaflari ijodida inson kontsepsiyasi»
- M.D.Pardayevaning
Ammo, Alisher Navoiy asarlarida ma’naviy-ma’rifiy tomondan, komil inson tasviri masalasi juda ko‘p o‘rganilgan bo‘lsada, uning «Mahbub ul-qulub» asari yuzasidan «komil inson» tasviri muammosi adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot tarzida hozirga qadar alohida o‘rganilmagan.
Bu tadqiqotlar ichida adabiyotshunos M.Muhiddinovning «Alisher Navoiy va uning salaflari ijodida inson kontsepsiyasi» (Toshkent, 1995) nomli doktorlik dissertatsiyasi va shu asosda «Komil inson-adabiyot ideali» nomli monografiyasi alohida ahamiyatga egadir. «Xamsa» dostonlarini qiyosan o‘rganish asosida yaratilgan bu dissertatsiyada komil inson tushunchasining sufiyona talqini va ifodasi asosli va atroflicha tahlil qilinib, badiiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati xususida muhim ilmiy-nazariy xulosalar bayon etiladi. Bundan tashqari M.D.Pardayevaning «Alisher Navoiy asarlarida komil inson g‘oyasi»(Toshkent, 2010) nomli nomzodlik dissertatsiyasida ham komil inson masalasi ijtimoiy va falsafiy asosda o‘rganilgan. Alisher Navoiy asarlaridagi komil inson g‘oyasi falsafiy jihatdan yaxlit holda tadqiq qilingan ushbu dissertatsiyada mutafakkir yashagan davr, hayoti va ijodining muhim jihatlari, komil inson haqidagi qarashlarida insonparvarlikning o‘rni, odil shoh va komil inson g‘oyasi umumiy va ilmiy-nazariy tomondan tadqiq etilgan.
Download 268.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling