Mavzu: Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub" asarida komillikning badiiy talqini
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiy
Download 268.27 Kb.
|
Fayziyeva Farangis
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Mahbub ul-qulub»
- «Mahbub ul-qulub»
- M.Belen
- Y.E.Bertels
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiy asarlarida ma’naviy-ma’rifiy tomondan, komil inson tasviri masalasi juda ko‘p o‘rganilgan bo‘lsada, uning har bir asari jihatidan alohida o‘rganilmagan. Jumladan, «Mahbub ul-qulub» asari yuzasidan komil inson tasviri muammosi adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot tarzida hozirga qadar alohida o‘rganilmagan. Navoiy asarlari yuzasidan mustaqillik davridan so‘nggina yangicha talqinda tadqiq etilmoqda. Lekin mazkur masalaning qirralari haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, ayrim ilmiy-pedagogik kuzatishlar paydo bo‘ldi. Ammo, «Mahbub ul-qulub» asarining badiiy xususiyati jihatidan bir qancha ilmiy ishlarda murojat qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Alisher Navoiyning g‘arb ilmiy jamoatchiligiga ma’lum qilingan ilk fransuz sharqshunosi M.Belen tomonidan nashr ettirilgan "Xamsat ul-mutahayyirin" (1861-yilda) va "Mahbub-ul-qulub" (1866-yilda) dan parchalardir. Bu haqda rus navoiyshunos olimi Y.E.Bertelsning «Navoiy» monografiyasida hamda akad. B.Valixo‘jayevning «Mumtoz siymolar» kitoblarida ancha batafsil ma’lumot berilgan. Buning natijasida, Alisher Navoiyning nasriy asarlarini til va adabiy manba sifatida tadqiq etish g‘arb adabiyotshunosligida XIX asrning oxirlaridayoq jadal rivojlandi.
Download 268.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling