Mavzu: Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar reja
Download 118 Kb.
|
Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Mavzu: Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar REJA: Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. Faraz qilishga doir masalalar. Vaqtni hisoblashga doir masalalar. Tayanch iboralar: almashtirish, usul, masala, faraz qilish, vaqt, hisoblash. Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. Bu tip masalalarining bunday nomlanishiga sabab, masalada ikki yoki bir necha miqdor qatnashib ularning biri ikkinchisiga almashtirib olib yechiladi. Masalada miqdorning qaysi biri almashtirilgan bo’lsa dastlab o’sha miqdor topiladi. Quyidagi masalani yechaylik. 1- masala. Temir yo’lning qo’shimcha izida 14 ta pasajir vagoni va 48 ta yuk vagoni qator turibdi. Ularning uzunligi 521m. Pasajir vagoni yuk vagonidan 4m uzun. Har qaysi xil vagonning uzunligini topish .(ikki xil usul bilan yeching) Masalaning qisqa sharti. (chizma) 1 ta p.v. 1 ta yuk v. dan 4m uzun. 1 ta p.v. -? 1 ta yuk v. dan v -? Yoki ushbu masala qisqa shartini jadval qo’rinishida ham byerish mumkin.
Yechish: 1-usul yuk vagonini passajir almashtirib olib yechamiz. 1) Barcha yuk vagonlari passajir vagonlari bilan almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr ortiq bo’lar edi. 4 * 48 =192 (m) 2) jami vagonlar soni qancha? 14 + 48 =62 (ta passajir vagon) 3) 62 ta passajir vagon uzunligi necha metr? 521 + 192 =713 (m) 4) 1 ta passajir vagon uzunligi necha metr? 713 : 62 =11,5 (m) 5) bitta yuk vagonining uzunligi necha metr? 11.5 – 4 =7,5 (m) Javob: 11,5 metr; 7,5 metr. 2 – usul. (Passajir vagonini yuk vagoniga almashtirib olib yechamiz.) 1) Barcha passajir vagonini yuk vagoniga almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr kam bo’lar edi? 4 * 14 =56 (m) 2) jami vagonlar soni qancha? 14 + 48 =62 (ta yuk vagon) 3) 62 ta yuk vagonlar vagon uzunligi necha metr? 521 – 56 =465 (m) 4) bitta yuk vagonining uzunligi qancha? 465 : 62 =7,5 (m) 5) 1 ta passajir vagon uzunligi qancha? 7,5 + 4 =11,5 (m) Javob: 7,5 metr; 11,5 metr. Quyidagi masalalarni yeching. 18 soat poyezdda, 6 soat avtmobilda va 72soat paraxodda yurib, 2540km yo’l bosib o’tilgan. Avtomobilning tezligi poyezd tezligidan 2 marta va paraxod tezligidan 4 marta ortiq paraxodning xarakat tezligini aniqlang. Uchta chorvachilik jamoa xo’jaligi 6810 bosh qo’ydan bir yo’lda 25800kg jun olgan. Birinchi jamoa xo’jaligining qo’ylari ikkinchi jamoa xo’jaligidan 930 ta va uchinchi jamoa xo’jaligidan 2 marta kam. Qo’ylarning zotiga va boshqa sabablarga ko’ra ikkinchi jamoa xo’jaligining har 16 qo’yidan oligan jun birinchi jamoa xo’jaligininig har 21 qo’yidan olgan juniga teng keladi, uchinchi jamoa xo’jaligininig har 28 qo’yidan esa jamoa xo’jaligininig har 21 qo’yidan olingan miqdorda jun olingan. Ikkinchi jamoa xo’jaligininig har bir qo’yidan yiliga qancha jun olingan? Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling